M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/62
tarix14.05.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#110244
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
9d843e06fb34a3a01123a047cb6bdf63 MULOQOT PSIXOLOGIYASI

Ota-onalik holati (O) 
— butun mas’uliyatni o'z zimmasiga oluvchi, 
talablar va shart qo'yadigan, nazorat o'rnatadigan holat. Bu holatning 
jismoniy belgilari: qoshlarni uyish, ko'rsatkich barmoqni yuqoriga 
ko'tarish, qo'llarni ko'krakda chalishtirish, «uf» tortish, suhbatdosh 
yelkasini qoqib qo'yish. Ota-onalik holatidagi kishi ko'pincha quyidagi 
so'zlardan foydalanadi: «yaxshilab miyanga quyib ol», «hech 
qachon...», «unutmagin», «qancha gapirish kerak», «qani qo'lingni 
tekkizib к о 'г -chi» (doim, hech qachon, mumkin, mumkin emas 
so'zlari ota-onalik holatidagi kishi tomonidan ko'p ishlatiladi).
Baholovchi fik rla r — qoralash, maqtash ma’ nosidagi fik rla r 
(«ahmoq», «jinnivoy», «erkatoyim», «bechoragina» kabi) ota-onalik 
holatidagi kishiga xos. Ota-onalik holati quyidagilarga bo'linadi: mehribon 
ota-onalik «M EN»i (yordam beruvchi, to 'g 'rilo vch i, ovutuvchi), 
tanqidchilik «MEN»i (tanqid qiluvchi, buyruq beruvchi, qo'rqituvchi).
Katta odam holati (K) 
— vaziyatni inobatga ola biladigan
boshqalarning manfaatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydigan, 
mas’uliyatni o'zgalarning va o'zining o'rtasida adolatli taqsimlay 
oladigan holat. Bu holatning jism oniy belgisi: tinglayotganda yuz,
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko‘ z, tananing harakatlanishi (har 3—5 soniyada ko‘ zlar pirpirashi). 
Bolalik holatiga xos qiziquvchanlik va berilib ketish ham katta odam 
holatidagi inson yuzida aks etishi mumkin. Katta kishi holatidagi 
inson ko'pincha quyidagi so'zlardan foydalanadi: «nima uchun?», 
«kim?», «qanday qilib?», «qachon?», «balki», «menimcha», «mening 
tushunishimcha» (masalan: «mening fikrim cha, yoshlar kattalarni 
hurmat qilishlari kerak, shart»).
E. Bern fikricha, shaxsning yetukligi insonda katta odam EGO 
holatining qanchalik shakllanganligiga bog'liq bo'ladi. Transakt 
tahlilga ko'ra, muloqot davomida ishtirokchilar har bir EGO holatga 
muvofiq keluvchi nuqtyai nazarda turib kontaktga kirishadilar. Ayrim 
transaksiyalar ijobiy munosabat shakllanishiga, ba’zilari nizoga olib 
keladi. Transaksiyalar quyidagi tu rla rg a b o 'lin a d i: 

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə