M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006


mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/62
tarix14.05.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#110244
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
9d843e06fb34a3a01123a047cb6bdf63 MULOQOT PSIXOLOGIYASI

mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Maktabning o'rta va yuqori sinflarida yozma nutq mazmunli, ta’sirli
bo‘lib, grammatik jihatdan tobora to‘g‘ri, mukammal tuzilib boradi
va natijada bunday nutq og'zaki nutqning o ‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata
boshlaydi. Bolalar nutqi bevosita kattalar nutqi ta’sirida o‘sadi. Shuning
uchun 
0
‘qituvchi nutqi o ‘quvchilar nutqini o'stirishda namuna bo'lib
xizmat qilishi kerak.
O'quvchilar tafakkurini rivojlantirmay, ulaming nutqini o'stirib
bo'lmaydi. Og'zaki gapirish, bayon yoki insho yozishda o'quvchilarning
reja tuzib olishlariga e ’tibor berish kerak. Yozma va og'zaki nutqni o'stirish
uchun kitob ustida muntazam ishlash, o'qigan matnlaming tezisi (asosiy
m azmuni)ni, konspekti(qiqacha matn bayoni)ni tuzish, ma’ruza,
referatlar tayyorlash, adabiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrashish
muhim ahamiyatga ega. Nutq shartli reflekslar paydo bo'lishining
umumiy qonunlari asosida o'sadi. Agar kishi biror bir tovushni noto'g'ri
talaffuz qilishga o'rganib qolgan bo'lsa, unda bu kamchilikni tuzatish
qiyin bo'ladi. Shuning uchun bolalarda yoshligidanoq ijobiy nutq
odatlarini tarbiyalashga ahamiyat berish zarur.
Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri — muloqotga bo'lgan
ehtiyoj. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj qondirilmasa, ong ham rivojlanmaydi.
Shuning uchun biz doim o m uloqotga bo'lgan ehtiyojim izn i
qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir muloqotdan qoniqish, ba’zi
hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Katta yoshdagi kishilar rasmiy va
norasmiy munosabatlarga kirishadilar. Rasmiy munosabatlar ish, xizmat
yuzasidan bo'ladi. Norasmiy muloqot esa ishdan boshqa paytlarda, uyda

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə