Majidov taxir shadmanovich


-BOB. ENERGETIK RESURSLAR



Yüklə 17,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/105
tarix28.11.2023
ölçüsü17,86 Mb.
#137932
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105
portal.guldu.uz-NOANA’NAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI

1-BOB. ENERGETIK RESURSLAR.
1.1 Fanning tarkibi va vazifalari.
«Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari» fani talabalarga
organik yoqilg‘ilarni yoqish bilan bog‘liq bo‘lmagan energetika to‘g‘risida bilim
beradi

«Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari» fanini o‘rganish
davomida
talabalarga
ana’naviy
va
noana’naviy, 
qaytalanuvchi
va
qaytalanmaydigan energiya manbalari haqida tushunchalar beriladi. Barcha
energiya manbalarining asosi bo‘lmish quyosh energiyasi va quyosh energiyasi
yordamida issiqlik hamda elektroenergiya ishlab chiqarish va elektroenergiya
ishlab chiqaruvchi quyosh elektrostansiyalarining sxemasi va ishlash tartibi
ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, fanning tarkibiga qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan - shamol energiyasi va energetikasi hamda elektrostansiyalari, 
to‘lqinlar energiyasi va elektrostansiyalari, suv ko‘tarilishi energiyasi hamda
elektrostansiyalari, geotermal energiya va elektrostansiyalar, toza energiyani
axtarish hamda energiyani tejash haqida ma’lumotlar kiritilgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari- dan
biri hisoblangan irrigatsiya tizimlarida foydalaniladigan suv eneriyasiga katta
e’tibor berilmoqda. SHuning uchun ushbu fanning tarkibiga gidroenergetikaning
rivojlanishi – O‘zbekiston Respublikasi va dunyoda gidroenergetikaning
rivojlanish tarixi, gidroenergetikaning hozirgi holati va kelajakdagi rivojlanish
istiqbollari, gidroenergetika asoslari, suv va suv resurslari, gidrologiyaning asosiy
tushunchalari, suv manbasining ishi, gidroenergetik resurslar, suv omborlari hamda
gidroelektrostansiya(GES) beflarining xarakteristikalari va boshqalar haqida
ma’lumotlar kiritilgan.
Ma’lumki har qanday GESni uning asosiy energetik jihozlari va gidrotexnik
inshootlari tashkil qiladi. SHuning uchun ushbu fanda gidravlik turbinalar va
gidrogeneratorlar, asosiy gidrotexnik inshootlari tarkibi, suv xo‘jaligi tizimi, suv
resurslaridan kompleks foydalanish, irrigatsiya tizimlari suv energiyasidan


17
foydalanish, GESni irrigatsion va energetik tizimda ishlashi to‘g‘risida
ma’lumotlar beriladi.
Fanning sunggida, energetika rivojlanishining muammolari, energe-tikaning
salbiy oqibatlari, energiyani tejash va tejash usullari beriladi.
Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni mamlakatlar va dunyo
energetikasining hozirgi ahvoli, muammolari va kelajakdagi rivojlanishi bilan
tanishtirishdan iboratdir. Fanning asosiy vazifasi, ana’naviy-qaytalanmaydigan
hamda noana’naviy – qaytalanuvchi energiya manbalari haqida ma’lumot berish, 
energiya ishlab chiqarish imkonini beruvchi manbalarning resurslari, ularni ishlab
chiqarish usullari va jihozlari, ularni hisoblash, tanlash, ekspluatatsiya qilish bilan
talabalarni tanishtirishdan iboratdir. Quyida talabalarni qisqacha dunyodagi
umumiy energetik resurslar bilan tanishtirib o‘tamiz

Yüklə 17,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə