Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion


Umumta’lim maktablarida psixologik– pedagogik tashxis daftarlarini



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/54
tarix28.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#99632
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
5df7d0fa043eea03d0e0388e5d5cf903 Psixologik xizmat

Umumta’lim maktablarida psixologik– pedagogik tashxis daftarlarini 
yuritish bo’yicha tavsiyalar 
 
Ta’lim xodimlari oldiga qo’yilgan vazifalardan biri har tomonlama yetuk, 
barkamol shaxsini tarbiyalash va ularga bilim berish asosida kasb-hunarga 
yo’naltirish hamda mustaqil hayotga tayyorlashdir. Bunday mas’uliyatli vazifalarni 


31 
bajarish uchun o’quvchi shaxsini har tomonlama chuqur o’rganish zarur. Buning 
uchun o’qituvchi o’quvchilarning qiziqishi, qobiliyati, layoqati va boshqa 
individual sifatlari shakllanishining psixologik qonuniyatlarini bilishi hamda 
ulardan ta’lim jarayonini tashkil etishda to’g’ri foydalana olishi lozim. Bunda 
psixologik – pedagogik tashxis daftari yordam beradi, chunki mazkur daftar 
o’qituvchiga har bir o’quvchining individual psixologik xususiyatlarini, ko’nikma 
va malakalarini, qobiliyat va layoqatlarini aniqlash, uning rivojlanish dinamikasini 
kuzatish hamda zarur hollarda oquvchiga korrektsion yordam ko’rsatish imkonini 
beradi. 
Joylarda tashxis daftarini yuritishda bir qator qiyinchiliklar va 
tushunmovchiliklar vujudga kelganligi sababli, mazkur tashxis daftarini yuritish 
bo’yicha tavsiya ishlab chiqildi. 
Tavsiyalarda daftarning bandlarini to’ldirishda qanday ko’rsatkichlarga 
ahamiyat berish kerak hamda qanday tashxis metodikalaridan foydalanish 
mumkinligi ko’rsatildi va daftarni yuritish namunasi etiboringizga havola etildi. 
Birlamchi tashxis bolani 1-sinfga qabul qilish vaqtida o’tkaziladi. Mana 
shu tashxis natijalari hamda sentyabr oyida olib borilgan psixologik – pedagogik 
kuzatuvlar asosida o’quvchilar bilan I-II o’quv choraklarida “Psixologik 
salomatlik” maktabi korrektsion Dasturi asosida rivojlantiruvchi mashg’ulotlar olib 
boriladi. II chorak oxirida olti yoshli o’quvchilarning maktabga moslashuvi 
chuqurlashtirilgan psixologik – pedagogik tashxis yordamida o’rganiladi. 
Shuningdek, mazkur tashxis ishlarini yetti yoshli o’quvchilar bilan ham o’tkazish 
tavsiya qilinadi. Mazkur daftar maktab shifokori, maktab logopedi, sinf rahbari 
hamda maktab psixologi hamkorligida to’ldiriladi: 
-PPT daftarining 1- bandida ko’rsatilgan ma’lumotlarni, maktab shifokori, 
bolaning salomatlik kartasida ko’rsatilgan xulosalar asosida to’ldirib boradi; 
-PPT daftarining 2- bandini (nutqi)- bolaning nutqi qay darajada 
rivojlanganligini, nutqida nuqsonlari mavjudligi, ulani korreksiyaga muhtojligi 
haqidagi ma’lumotlarni, va birgalikda to’ldirib borishadi;
-bolaning barcha psixologik jarayonlarining rivojlanganlik darajasi haqida 
maktab psixologi yil davomida o’tkazgan psixologik metodikalari yordamida 
to’plangan ma’lumotlarni daftarga qayd qilib boradi; 
-PPT daftarining 3- bandida so’ralgan ma’lumotlarni sinf rahbari bolaning 
yil davomida namoyon bo’lgan sifatlari va hususiyatlari haqidagi ma’lumotlar 
bilan to’ldirib boradi; 
-sinf rahbari yil davomida bola bilan ishlash jarayonida aniqlagan natijalari 
va xulosasini daftarning 4- bandida qayd etib boradi; 
Umumiy tavsiyalarni yil oxirida maktab psixologi va sinf rahbari birgalikda 
daftarga qayd qilishlari lozim.
Olti yoshli hamda yetti yoshli o’quvchilarning maktabga moslashuv 
dinamikasini aniqlashda va psixologik – pedagogik tashxis xulosasini chiqarishda 
quyidagi ko’rsatkichlarga ahamiyat berish kerak: 
1.
Salomatligi – maktab shifokori bolaning salomatlik kartasida 


32 
ko’rsatilgan ma’lumotlarni yozib boradi. 
2.
Oilasidagi shaxslararo munosabatlar – ushbu ma’lumotlarni sinf 
rahbari bolaning ota-onasi bilan o’tkazgan suhbatlari, ota-onalar yig’ilishlarida, 
sinf soatlarda bildirgan fikr- mulohazalari, ota – onalarning bola hayotidagi 
ishtirokidan kelib chiqib to’ldirishi lozim. 
3.
O’quv fanlarni o’zlashtirishi- bolaning yil davomida fanlardan olgan 
chorak baholari bilan to’ldirishi lozim. 
4.
Yoqtirgan (yoqtirmagan) fanlari- bolaning chorak baholariga qarab, 
fanlarda ishtiroki, qiziqishlari va harakatlaridan kelib chiqib to’ldirilishi lozim. 
5.
Qiziqishlari- bolaning o’z hohishi bilan qatnashgan maktab va 
maktabdan tashqari to’garaklari, fan olimpiadalarida ko’rsatgan natijalariga qarab 
to’ldiradi. 
6.
Qanday kasblarga moyil- maktab psixologi o’quv yili davomida sinf 
bilan o’tkazgan.
7. Kasbiy o’yinlari, suhbatlari, test, kasblar haqida yozgan insho va 
bayonlari asosida chiqargan natija va hulosalarga qarab to’ldiriladi. 
8. 
O’quvchining yaqqol ifodalangan xarakter xususiyatlari- sinf rahbari 
yil davomida bolaning turli xil tadbirlarda, jamoat ishlarida, sport musobaqalarida 
va atrofdagilar bilan munosabatlaridan kelib chiqib to’ldirishi lozim.
9. Tuzatishni, yahshilshni talab etadigan xususiyatlari- sinf rahbari 
bolaning hatti harakatlarida kuzatgan kamchilik yoki nuqsonlarini (uyatchanlik, 
tajovvuskorlik, sirlilik, giper aktivlik, passivlik …) maktab psixologiga yozma 
ravishda bildirib, bolaning ota-onasini ogohlantirgan holda, bolaga maktab 
psihilogini biriktirishi lozim va daftarga qayd qilib qo’yish kerak bo’ladi. 
10-11. Shunga ko’ra maktab psixologi bola bilan ishlash davomida 
qo’llagan psixologik metodikalari natija va hulosalarini daftarga qayd etib borish 
lozim.
12. Dastlabki kasbiy maslahat- maktab psixologi bolaning test natijasiga va 
barcha o’tkazgan metodikalariga qarab natija va xulosalarni daftarga qayd qilib 
boradi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə