Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati Reja


-chizma. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish shakli



Yüklə 43,57 Kb.
səhifə3/4
tarix19.04.2023
ölçüsü43,57 Kb.
#106189
1   2   3   4
Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati

1-chizma. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish shakli.
Zero, tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari muhim oʻrin tutadi. Bu masalada u aniq burch va vazifalarga ega.
Talabalar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi tutgan oʻrni , burchi va vazifalari boʻyicha koʻnikma, malaka va tajriba hosil qilishlari kerak. Shunda bu borada erishilgan natijalari kutilgan darajada boʻladi.
Sinf rahbari hozirgi kunda asosiy tarbiyachi hisoblanadi. Shu sababli uning maqomi bugungi kunda quyidagilardan iborat:
1) Sinfdagi tarbiyaviy ishlar uchun asosiy shaxs boʻlishi;
2) pedagogik jamoa va ota-onalarga nisbatan tarbiyaviy ishlarda mutloq-vakolatga ega boʻlishi;
3) sinfdagi tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlashi;
4) davlat va nodavlat tashkilotlarida bolalarning qonuniy vakili sifatida ishtirok etishi va h.k.
Demokratik jamiyat sharoitida sinf rahbarining ijtimoiy nufuzi yuqori boʻladi. Bu bir necha omillar bilan belgilanadi:
- bolani har xil salbiy ta’sir va holatlardan muhofaza qilish;
- bola huquqlarini roʻyobga chiqarish;
- bolani ijtimoiy himoyalash;
- bola tarbiyasi monitoringini amalga oshirish.
Hozirgi tezkor davrda ota-ona yoki oilada bola tarbiyasi bilan shugʻullanuvchilar bola tarbiyasi ishiga ishtiroksi sifatida qatnashmoqda, xolos. Sinf rahbari esa bola tarbiyasida ilmiy, ijtimoiy, gʻoyaviy, siyosiy talab va ehtiyojlar bilan ishtirok etadi. Buning uchun sinf rahbari quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim:
- oʻz kasbining ustasi boʻlishi;
- bolani sevishi va bola huquqlarini bilishi;
- tarbiya ishining asoslari, metodlari va texnologiyalaridan yetarli darajada xabardor boʻlishi;
- ijodkor, izlanuvchan va namunali boʻlishi.
Shunday qilib sinf rahbari tarbiyaviy ishlar sohasida keng qamrovli ishlarni olib boradi va oʻz sinf oʻquvchilarini barkamol avlod qilib tarbiyalashda asosiy shaxs hisoblanadi.
O‘quvchi hali zimmasidagi mas’uliyatni to‘liq his etmasligi, ilm olishning ahamiyati-yu o‘zining qanday qobiliyatga egaligini bilmasligi mumkin. Shu bois o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayot yo‘lini tanlaguncha kattalar ko‘magiga, g‘amxo‘rligiga muhtoj. Ularning asosiy vaqti maktabda o‘tishni e’tiborga olsak, bu borada sinf rahbari zimmasidagi vazifalar ko‘lami naqadar kengligi oydinlashadi. Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish, sinfda ahil jamoani shakllantirish, qobilyatini to‘liq namoyon etishi uchun o‘quvchilarga zarur sharoit yaratishda sinf rahbarining o‘rni katta. Chunki u yoshlar taqdiriga daxldor xalqlar, ota-onalar, fan o‘qituvchilari, maktab psixologi, umuman, har bir mas’ul odamning ta’lim-tarbiya maqsadlarini birlashtiruvchi asosiy vositachidir.
Yoshlarda borliqni anglash, fan sirlarini egallash, kelajakda yetuk shaxs bo‘lish ishtiyoqi kuchli. Ammo maqsadga qay yo‘l bilan erishish lozimligi xususida yetarli tajribaga ega bo‘lmaganlari bois ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash lozim. Buning uchun, avvalo, sinf rahbari o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘lsin. Chunki bola muallimning xatti-harakatlarini doimo kuzatib yuradi, shaxsiy hayotiga qiziqadi. Kiyinish va muomala madaniyati bilan, mahalla-ko‘yda, oilada o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lgan, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turgan pedagog o‘quvchilar ishonchi va hurmatini qozonadi. Masalan, o‘tmishda saxovatpesha va donishmandlikda mashhur olim bo‘lgan ekan. Kun kelib, olamdan o‘tar chog‘i o‘g‘illarini yoniga chorlab, ularga eng nodir adabiyotlar, bitmastuganmas xazina — kutubxona va bir dunyo boylikni meros qoldiribdi. Ota hayotdan ko‘z yumgach, katta o‘g‘il mol-dunyoni tanlab, boyligiga boylik qo‘shish maqsadida savdo karvonlari bilan safarga otlanibdi, kichigi esa umrini ilmga baxshida etibdi. Oradan yillar o‘tib, katta o‘g‘ilning karvonini qaroqchilar tunab, o‘zi ularning changalidan bazo‘r qochib qutulibdi. Bilimli, kamolga yetgan kichik o‘g‘il esa, o‘z aql-zakovati ila farovon hayot kechiraveribdi. Chunki ilmni qaroqchi ham, o‘g‘ri ham tortib ololmaydi-da. Boylik sarflangan sari kamayadi, bilim esa, aksincha, ortib boraveradi. Bu kabi rivoyatlar o‘quvchilarning maktabdagi eng muhim vazifasi faqat o‘qib-o‘rganish ekanini tushuntirishda asqotadi. Gohida ayrim yosh pedagoglar bolalarni fanga qiziqtirish uchun sinf rahbari ko‘magiga ehtiyoj sezadi. Bunday paytda sinf rahbari o‘quvchilarini o‘z farzandlaridek yaxshi bilsagina, kim bilan qanday ishlash kerakligini fan o‘qituvchisiga aniq ayta oladi. Boshqaruvchilik qobiliyati bor o‘quvchilarni sinf sardori, obodonlashtirish ishlari noziri, „Kamalak“ sardori, qatorboshi, o‘g‘il bolalar klubi yetakchisi, orasta qizlar malikasi etib tayinlash ham yaxshi samara beradi. Obodonlashtirish ishlari noziri sinfning doimo orasta va tartibli saqlanishini ta’minlasa, qatorboshilar bolalarni darslarda faol ishtirok etishga undaydi. Klub yetakchisi va qizlar malikasi esa tengdoshlarining maktab formasida bo‘lishi va xulqini jamoatchilik asosida nazoratga oladi. Ularning boshqa bolalar bilan munosabati hukmronlikka emas, aksincha, do‘stona muloqotga, hamkorlik, hamjihatlikka asoslanishini ta’minlash sinf rahbaridan o‘ta hushyorlikni talab etadi. Chunki sinfda sog‘lom raqobat muhitini yaratish juda muhim. Teatr, muzey va tarixiy obidalar bo‘ylab sayohatlar uyushtirish bolalarning tasavvur doirasini, dunyoqarashini kengaytiradi, ahil guruhni shakllantirishda qo‘l keladi. Umuman, mohir rahbar qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, jamoani misoli inoq oilaga aylantiradi. Sog‘lom muhit hukmron sinfda hamma birbirini qo‘llab-quvvatlaydi. Bola darslarda sustkashlikka yo‘l qo‘ya boshlasa, demak, oilada, o‘rtoqlari orasida biror muammo yuzaga kelgan yoki sog‘lig‘i yomonlashgan bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda sinf rahbari ota-onalar bilan ishlashi zarur. Otaona hamda o‘quvchilarning ma’naviy-madaniy, iqtisodiy qiziqishlari bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazib, fikrlarini o‘rganish kerak. Shunday ekan, sinflarning zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his eta oladigan har jihatdan munosib pedagoglarga biriktirish ta’lim-tarbiya smadorligini oshiruvchi muhim omillardan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Sinf rahbari nazoratchi — o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlaydi (davomatni nazorat qiladi, o‘quvchilar uchun kerakli sharoitni yaratishga ko‘maklashadi, o‘quvchilarning ota-onalarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlaydi, o‘quv-tarbiya jarayoniga e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik, sinfdoshlari va o‘qituvchilarga esa hurmatsizlik, manmanlik qilayotgan o‘quvchilar bilan yakka holda ish olib boradi). Sinf rahbari ilm mamlakatiga boshlovchi — o‘qishga bo‘lgan qiziqish va xohishni tashkillashtiradi (o‘quvchilarga qo‘yilgan talablar bilan ota-onalar va o‘quvchilarni tanishtiradi, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qiladi, mustaqil ishlashda o‘quvchilarga yordam ko‘rsatadi).
Sinf rahbari axloqli, namunali, ma’naviy ustoz — o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamda o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni hal etishda, o‘quv-tarbiya jarayonida ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlikda, ularni kerakli me’yorda bajarishlariga ko‘maklashadi (o‘zini tuta bilish, muomala qilish madaniyatiga o‘rgatadi, odob-axloq mavzularida suhbatlar, yakka holda ishlar olib boradi, axloqiy normalarni va ichki tartib-qoidalarni buzgan yoki buzayotgan o‘quvchilar bilan ularning haq-huquqlari va vazifalari to‘g‘risida yakka, jamoaviy suhbatlar o‘tkazadi, ularning tartib-intizomiga baho beradi, axloqiy, ijtimoiy, huquqiy mavzularda turli tadbirlar tashkil etadi va boshqalar). Sinf rahbari madaniyat sohibi — umuminsoniy va madaniy qadriyatlar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiladi (ekskursiya tashkil qiladi, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga jamoa bo‘- lib boradi, madaniyat mavzusida kecha va suhbatlar o‘tkazadi, maktabda tarbiyaviy tadbirlar, bahs-munozaralar o‘tkazadi).
Sinf rahbari ijtimoiy pedagog — o‘quvchilarning har xil ijtimoiy muammolarini yechishga ko‘maklashadi, (uy va maktabda o‘zaro muloqot uchun sharoit yaratadi, o‘quvchi huquqlarini himoya qiladi, o‘quvchilarda ijtimoiy hayot ko‘nikmasini shakllantiradi). Sinf rahbari o‘quvchilarning yaqin do‘sti — o‘quvchilarni turli xil faoliyatlarga kirishishlariga ko‘maklashadi, o‘quvchilarga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning bir qismini o‘ziga oladi (guruhda jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil qilishni shakllantiradi, o‘quvchilarga o‘zini-o‘zi tushunishida, o‘ziga-o‘zi baho berishida, biror-bir faoliyatga o‘z imkoniyati va e’tiborini qaratishiga yordamlashadi (suhbat, trening, o‘yinlar o‘tkazib, o‘quvchilar bilan yakka ishlaydi).
Sinf rahbarining tashkilotchilik qobiliyati. Tashkilotchilik qobiliyati — bu shaxs individual xususiyatlarining shunday birikuviki, kishiga u yoki bu ishni tez, ishonchli, o‘ziga ishongan holda tashkil etishga imkon beradi. Tashkilotchining umumiy shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi:
• Chuqur bilimga egalik — talab etilayotgan ishni tashkil etishni bilish;
• Faollik — amaliy vazifalarni bajarishda g‘ayrat-shijoat bilan harakat qila olish;
• Tashabbuskorlik — alohida ijodiy faollik ko‘rsatish, g‘oya va takliflar kiritish;
• Kirishimlilik — o‘zgalarga oshkoralik, muloqotga tayyorlik, kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji;
• Ziyraklik — hodisalarning mohiyatiga qadar yetish qobiliyati, ularning sabab va oqibatlarini ko‘ra olish, asosiysini belgilash;
• Qat’iyat — iroda kuchi, tirishqoqlik ko‘rsatish, ishni oxiriga yetkazish mahorati;
• O‘zini tuta bilish — murakkab vaziyatlarda o‘z hissiyotini, o‘z xulqini nazorat qila olish qobiliyati;
• Ishchanlik — chidamlilik, jiddiy ishlarni bajarish qobiliyati, uzoq muddat charchamaslik;
• Ko‘zatuvchanlik — ko‘ra olish mahorati, yo‘l-yo‘lakay diqqatga sazovor joylarini belgilash, xotirada tafsilotlarni saqlay olish; 175
• Mustaqillik — mustaqil hal etish, vazifani o‘zi tomonidan bajarish yo‘llarini topish mahorati, javobgarlikni o‘z ustiga ola bilish;
• Hamjihatlik (uyushqoqlik) — o‘zini ishning zarur tartibiga bo‘ysundira olish qobiliyati, o‘z faoliyatini rejalashtirish, izchillik, ixchamlikni namoyon etish. Tashkilotchilikning o‘ziga xos xususiyatlari: Tashkilotchilik — boshqa kishini tushunish qobiliyati, buning uchun go‘yo uning ichki dunyosiga kira olish, uning kayfiyati va ruhiy holatini sezgirlik bilan angay olishi. Faol ruhiy ta’sir etish qobiliyati — boshqa kishilarga istehzoli kulgidan qat’iy buyruqqacha bo‘lgan vositalardan foydalangan holda ta’sir ko‘rsata olish. Tashkilotchilik ishlariga bo‘lgan qobiliyat — bu o‘z ustiga ixtiyoriy ravishda tashkilotchilik majburiyatlarini yuklash bo‘lib, atrofni o‘rab turganlarning ixtiyoridan qat’i nazar, tashkilotchilik ishlariga mustaqil kirisha olish. Tashkilotchi shaxsining yo‘nalganligi — bu tashkilotchining axloqiy qiyofasi, uning fuqarolik yetukligi, g‘oyaviy e’tiqodi. Tashkilotchining individualligi. Tashkilotchilarning (shartli ravishda) „tashkilotchi-san’atkorlar“, „tashkilotchi-mutafakkirlar“, „tashkilotchi-amaliyotchilar“ tiðlari mavjud. „Tashkilotchi-san’atkorlar“ boshqalarga jo‘shqin nutqi va imo-ishoralar, „qalb harorati“, istiqbol yutuqlarining obrazli suratlari bilan ta’sir ko‘rsatadi. Unda orzular, xayollar, hissiy ko‘tarinkilik nihoyatda ko‘p. „Tashkilotchi-mutafakkirlar“ isbot etish mantiqiga, tafakkurdagi izchilikka tayangan holda harakat qiladilar, ishdagi qonuniyatlarni topishga intiladilar. Hodisaning tashqi tomoni ikkinchi darajaga surib qo‘yiladi. Muhimi — mazmun, maqsadga muvofiqlik topish, ishning oqilona mohiyatini ko‘ra olish. „Tashkilotchi-amaliyotchilar“ o‘zlarining namunalari bilan ishtiyoq uyg‘otishga, qanday ishlashni isbotlash va gapirishdan ko‘ra, uni amalda ko‘rsatishga intiladilar. Ularni amaliy tirishqoqlik, asoslilik ko‘proq xarakterlaydi. Sinf rahbarining ish faoliyati:
• O‘quv yili boshida: — sinf ro‘yxatini tuzadi va jurnalni rasmiylashtiradi (o‘quv haftasining birinchi yarmida); — o‘quvchilar bilan hamkorlikda guruhning ish rejasini tuzadi va maktabning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan muvofiqlashtiradi (sentabr oyi ichida).
• Har kuni: — sinf jurnalida qatnashmayotgan o‘quvchilarni belgilaydi, ularning darslarga qatnashishlari bilan qiziqadi; — sinf o‘quvchilarini o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga pedagogik yordam ko‘rsatadi; — o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishini nazorat qiladi; — sinfda navbatchilikni joriy etadi va uni nazorat qiladi.
• Har haftada: — fan o‘qituvchilari tomonidan sinf jurnalining olib borilishini nazoratdan o‘tkazadi; — tarbiyaviy soat haqida muloqot o‘tkazadi.
• Har oyda: — sinf jamoasining turli tadbirlar va ishlarda ishtirok etishini tashkil etadi; — maktabda sinf jamoasi uchun ajratilgan hududni tozalashni tashkil etadi.
• Yil davomida: — Sinfda uch oyda bir marotaba ota-onalar yig‘ilishini o‘tkazadi; — zaruriyat bo‘lsa, har oyda bir marotaba; — sinfda ota-onalar qo‘mitasi ishini tashkil etadi.
• Yil oxirida: — sinfning o‘tgan bir yil davomida o‘quv natijalari va faoliyatini yakuniy tahlil qiladi; — ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga bajarilgan ishlar haqida hisobot beradi; — sinf faoliyatining yakuniy natijalarini e’lon qilishni tashkil etadi; — o‘quv xonalarini ta’mirlashni tashkil etadi. 
Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi, bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. O‘quvchilarning ayrim xatti-harakatlariga bu xatti-harakatlar namoyon bo‘lishining tashkil etishi tajribalarini o‘rganish va tahlil qilish asosida o‘quvchilarni o‘rganishda amal qilishi lozim bo‘lgan talablarni shunday ifodalamoq mumkin: 1. Bolalarni o‘rganish ularga tarbiya va ta’lim berish sifatini oshirishga bo‘ysindirmog‘i lozim. O‘quvchilarni muntazam tarzda o‘rganish asosida boshlang‘ich jamoaga hamda alohida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning yanada samarali usul va metodlarini tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarning individual xususiyatlari, mayllari hamda qiziqishlarini qayd qilib borish bilangina cheklanib qolish noto‘g‘ri. Bu o‘rganish asosida o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ular bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni tashkil etish muhimdir. O‘z o‘quvchilarini yaxshi o‘rganish, demak, tashqi tomoniga emas, balki ularning xulq-atvor sabablarini o‘rganishga e’tibor bermoq darkor. 2. O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o‘rganish. O‘quvchi ta’lim jarayonida ijtimoiy foydali mehnatga va jamoat ishiga o‘rganishi lozim. O‘qituvchilarning o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-onalar va tevarak-atrofdagi kishilar bilan bo‘ladigan munosabatlarini o‘rganish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxsning qirralari yanada to‘la ochiladi. O‘quvchilarni tibbiy ish va kundalik xatti-harakat jarayonida o‘rganish o‘quvchiga haqiqiy baho berishga yordam beradi.
Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:

Yüklə 43,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə