“Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ingliz tilini o‘rgatishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari”



Yüklə 47,5 Kb.
tarix01.06.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#114801
Tashqi taqriz


Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi bitiruvchi bosqich magistiranti Normatova Nilufar Komilovnaning 70110201-mutaxassisligi TTNM “Maktabgacha ta’lim” mutaxassisligi bo’yicha magistrlik ilmiy darajasini olish uchun “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ingliz tilini o‘rgatishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiyaishiga
TAQRIZ
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa, o’z navbatida, maktabgacha ta’lim tizimining integratsiyalashgan mazmuniga zamonaviy yondashuvlarni singdirish, bolalarning fikrlash faolligini ta’minlashning pedagogik-psixologik yo’nalishlarini aniqlash, maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlashtirish, bolalarning fikrlash faolligini rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon modelini maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilaning o’zaro hamkorligini ta’minlash hamda ustuvor printsiplar asosida ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Dissertant Normatova Nilufar Komilovnaning magistrlik dissertatsiyasining kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligini asoslab, muammoning o’rganilganlik darajasini, tadqiqotning maqsadi va vazifalarini, ob’ekti va predmetini aniqlagan, shuningdek, tadqiqot ishining maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishning muhim yo’nalishlariga mosligini ko’rsatib bergan hamda tadqiqotining ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlarini kiritgan.
Dissertatsiyaning “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ingliz tili o‘qitishni tashkil etishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili o‘qitishni pedagogik muammo ekanligi va ushbu yoshdagi bolalarning ingliz tilini bilish ko‘nikmasini rivojlantirilayotganligining hozirgi holati haqida batafsil yoritib bergan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o‘rgatishga doir adabiyotlar tahlili asosida muammoga doir olimlarning ilmiy qarashlari va yondoshuvlari tahliliy o‘rgannilgan va tizimlashtirgan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tili o‘qitishni tashkil etisgning bugungi kun holati haqida misollar yordamida yoritib berilgan.
Xursanova Dilshoda Bahodir qizining mazkur dissertatsiyasining “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ingliz tiliga o‘qitishning metodikasi va texnologiyasi” deb nomlangan bobida maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ingliz tiliga o‘qitishning usul va vositalari, uni amalga oshirishda interaktiv usullardan foydalanish imkoniyatlari, bolalarni ingliz tiliga o‘qitishning metodikasi, texnologiyasi xususida fikr yuritgan hamda o’z tadqiqotida foydalangan “Olmaxonning sarguzashti”, “Marosim o‘yinlar”, “Men buni qanday qildim?” kabi o’yinlarning va pedagogik texnologiyalarning mazmuni, vazifalari, qo’llanishi tartibi va talablari, ahamiyati haqida batafsil to’xtalib o’tgan. Ushbu diagnostik vositalarning ishning ilovasida to’liq berilganligi foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratgan.
Shuningdek, magistr Xursanova Dilshoda Bahodir qizining “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ingliz tilini o‘rgatishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tajribada o‘rganish” deb nomlanuvchi 3 bobida olib borgan tajriba sinov ishlari amalga oshirilgan. Tajriba - sinov ishlaridan olingan natijalar grafiklar va diagrammalar yordamida tahlil qilib, yoritilgan hamda muallif tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu magistrlik ishida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar katta guruh bolalarini ingliz tiliga o‘qitishda “Olmaxonning sarguzashti”, “Marosim o‘yinlar”, “Men buni qanday qildim?” kabi didaktik o‘yin vositalardan va pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi tajriba natijalariga ko’ra asoslanganligi bilan ahamiyatga molikdir. Shuningdek, muallif har bir bolaning ingliz tilini bilish natijalari bilan kichik, o’rta, katta va tayyorlov guruh tarbiyachilarini tanishtirib borishning muhimligini ko’rsatgani holda, pedagoglar olingan natijalarga qarab ular bilan tavsiya etiladigan metodikalar, pedagogik texnologiyalar, o’yinlar bilan alohida ishlashni yo’lga qo’yish texnologiyasini asoslaganligi ishning amaliy qimmatini ko’rsatadi.
Yana bir muhim jihati, maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan pedagogic-xodimlarga, qolaversa ota onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha trening va faoliyatlar olib borish ko’nikma va malakalarini shakllantirish kabi dolzarb vazifani amalga oshirishning ahamiyatini asoslaganligidir.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, magistr magistr Normatova Nilufar Komilovnaning mazkur dissertatsiya ishi tugallangan tadqiqot sifatida magistrlik dissertatsiyasi talablariga to’la javob beradi, o’zining ilmiy amaliy ahamiyatiga ega, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar kelgusida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga hissa qo’shadi.
70110201-Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
2-kurs magistri Normatova Nilufar Komilovnaning “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ingliz tilini o‘rgatishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari” mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasi yakunlangan ish deb xisoblansin va keyingi bosqichga tavsiya etilsin.
Termiz davlat universiteti
Psixologiya kafedrasi mudiri p.f.n., dots. H.Sharofiddinova
Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə