Maktabgacha pedagogika


Bolaning shaxsiy–psixologik va aqliy rivojlanganligini tashxislash



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə3/4
tarix21.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#97532
1   2   3   4
3-mavzu

Bolaning shaxsiy–psixologik va aqliy rivojlanganligini tashxislash.
Tashxislash suhbati savollari:
1. Familiyangni, ismingni, otangni ismini ayt.
2. Ota – onangning familiyasi, ismi, otasining ismini ayt.
3. Sen qizmi yoki o‘g‘il ? Katta bo‘lsang kim bo‘lasan: xolami, tog‘ami?
4. Sening akang (opang) bormi, kim katta ?
5. Yoshing nechada ? Bir yildan keyin nechaga kirasan, iki yildan keyin- hi?
6. Hozir ertalabmi yoki kechqurun(kunduzimi yoki ertalabmi)?
7. Sen qachon nonushta kilasan-kechqurunmi, ertalabmi? Tushlikni ertalab
qilasanmi, kunduzimi? Tushlik oldin bo‘ladimi yoki kechki ovqat?
8. Sen qayerda yashaysan? Uy manzilingni ayt ( Qanday mamlakatda?
Prezident kim? Vatanimizning bayrog‘ini, gerbini ko‘rsat va boshq.)
9. Otang (onang) kim bo‘lib ishlaydi?
Tashxislashning qo‘shimcha shakllari.
1.Ko‘rib, yodda saqlash. Bolaga bir minut davomida 7-10 ta bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalarning, masalan, koptok, daraxt, avtobus, tuya, olma, qulqop, kitob, piyola, zontik, kapalak rasmi ko‘rsatiladi. So‘ngra ular teskari ag‘darilib qo‘yiladi, boladan ko‘rgan narsalarni aytib berish so‘raladi. Agar bola bir daqiqa davomida xohlagan tartibida ko‘rgan narsalaridan 5, 7 yoki 10 tasini aytsa, demak bu eng yaxshi natija.
2. Eshitib yodda saqlash. Bolaga 2-3 soniya oralatib 7-10 ta, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalar nomini ayting va undan eslab qolganlarini takrorlashni so‘rang. Uslubiyati xuddi ko‘rib, yodda saqlashning tekshiruvidagidek bo‘ladi.
3. Mazmunini yodda saqlash. Bolaga ma’lum bir mazmundagi hikoya (1-2 marta) aytib yoki o‘qib beriladi. So‘ngra boladan unda nima haqida gapirilayotganligini aytib berish so‘raladi. Agar bola hikoyani so‘zma-so‘z aytsa,demak, unda eshitib yodda saqlash rivojlangan, agar u hikoyani
o‘z so‘zlari bilan aytib, shu o‘rinda hikoyadagi asosiy narsani ajratsa, uning mazmunini etkaza bilsa, demak unda mazmunini yodda saqlash rivojlangan.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə