Maktabgacha ta`lim muassasasida mehnat tarbiyasining mazmuni Mehnat


Bog‘cha yoshidagi bolada mehnatga ijtimoiy-psixologik tayyorligining shakllanishi



Yüklə 129,61 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü129,61 Kb.
#161528
1   2   3
Maktabgacha ta`lim muassasasida mehnat tarbiyasining mazmuni Meh-fayllar.org

Bog‘cha yoshidagi bolada mehnatga ijtimoiy-psixologik tayyorligining shakllanishi
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma’lum maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning mehnati biror jarayonga oid harakat bo‘lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga oshirilishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o‘ziga xos tomonlaridan biri bolalar mehnatining o‘yin bilan bog‘liqligidir.
O‘yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o‘yin shakliga aylantirishadi. Shu bilan birga o‘zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko‘ra mehnat va o‘yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo‘yiladi, uni amalga oshirish, natijaga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi. O‘yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O‘yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi. O‘yinda mehnat singari biror aniq natijaga eriilmaydi, ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bag‘ishlaydi, ular o‘zlarida qonoqish hissini sezadilar. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o‘z-o‘ziga xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o‘rgatishda ko‘pincha o‘yin vaziyatlaridan foydalaniladi. Avvaliga bolalar o‘yin obrazi orqali mehnatga o‘rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan harakat qilishni o‘rganadilar. Asta-sekin bu yoshdagi bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikma, malakalari shakllanib boradi.
Mehnat faoliyatining bola ruhiy rivojlanishiga ta’siri
Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Ta’lim-tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, mehnat va o‘quv faoliyatlaridir.
Faoliyat turlarining o‘zi ijtimoiy-tarixiy tajribaning bo‘lagidir. U yoki bu faoliyatni o‘zlashtirayotib bola faollik ko‘rsatadi, shu bilan bir vaqtda shu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarni egallab oladi. Buning asosida bolada har xil shaxsiy qobiliyat va xususiyatlar shakllanib boradi. Ta’lim va tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilar, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida asta-sekin egallab boradilar.
Bolalarning har xil faoliyatlarni muvaffaqiyatli egallab olishlari asosan oilada, bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya ishining qay darajada tashkil etilishiga bog‘liqdir.
Inson hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bola bilan bo‘ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridayoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi.
Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga ham bog‘liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi.bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni sekin-asta buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yo‘l bilan bola buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradi. Bu vaqtda munosabatning o‘zi narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatga aylanib qoladi.
Bolaning narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatini tashkil etish bolaga dastlabki yoshidan boshlab oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiya va ta’lim berishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday faoliyatlarda bolalar tarbiyachi rahbarligida narsa va buyumlarning xususiyatlari to‘g‘risidagi dastlabki bilimlarni, ular bilan bo‘ladigan harakatlar, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash kabi eng oddiy jarayonlarni egallab oladilar.
2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko‘rsatkichlarga erishadilar va ularning o‘yin hamda tasviriy faoliyatga o‘tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o‘z-o‘zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.
Bola jamoada o‘zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Bola taraqqiyotining mana shu bosqichida ular kattalarning ko‘rsatmasisiz, mustaqil harakat qilishini xohlaydilar. Bolada xulq-atvor sababining paydo bo‘lishi va uni o‘z xohishiga bo‘ysundira olishi unda ongning shakllanganligidan dalolat beradi. Agar boladagi faollik va mustaqillik kattalar ta’sirida uyg‘otilgan bo‘lsa, u holda 4-6 yoshli bolalar ancha mustaqil bo‘lib qoladilar va har xil faoliyatlarga tezda kirishib keta oladilar. Bunda bolalar ongliligining roli ortadi, u ba’zan hatto ijodiy xususiyat kasb etadi.
Bu davrdagi bolaning asosiy faoliyati bo‘lgan o‘yinda bolalar tarbiyachining rahbarligida har xil harakat usullarini, narsa va buyumlar to‘g‘risidagi bilimlarni, ularning sifat va xususiyatlarini bilib oladilar. Bolalar, shuningdek fazoviy, vaqt munosabatlarini, o‘xshashlik, tenglik kabi tushunchalarni ham egallab boradilar.
Birgalikda bajariladigan harakatli o‘yinlar orqali bolalar kishilar hayotidagi, ular o‘rtasidagi munosabatlarni, kelishib harakat qilishni bilib oladilar, ularning tevarak-atrof to‘g‘risidagi tasavvurlari kengayadi. Bu yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyati bilan bir qatorda faoliyatning amaliy shakllari ham rivojlana boshlaydi: rasm yopishtirish, narsalar yasash va hokazo. Bular bolalarda xayolni, amaliy tafakkurni, badiiy qobiliyatni, ijodkorlikni rivojlantirishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Muntazam ravishda berib boriladigan mehnat topshiriqlari bolalar faoliyatini ijtimoiy manfaatlarga bo‘ysundirishga, ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug‘ullanishiga, mehnatdan kelgan umumiy natijadan quvonish kabi sifatlarni tarbiyalashga olib keladi.
Bolalar o‘z tengdoshlari jamoasiga intiladilar. Biroq, har doim ham ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatishga erishavermaydilar. Ba’zi bolalar guruhda ancha faol bo‘lib, o‘zlarini go‘yo "suvdagi baliqday" his etadilar. Ayrimlari anchagina noqulaylikni, o‘zlariga nisbatan ishonchsizlikni, boshqalarga tobelikni his etadilar. Nega shunday? Tengdoshlar bilan bo‘lgadigan ijobiy munosabatlar bolada birdamlik hissini kuchaytirib, uning guruhga qattiq bog‘lanib qolishiga sabab bo‘ladi. Biroq, ijobiy munosabatlarning yo‘qligi bolani tushkunlika solib, uni xavotirlanuvchi yoki agressiv qilib qo‘yishi mumkii. Bu esa unda bolalarga, umuman, odamlarga nisbatan salbiy munosabatni shaklantirishi, ularni yakkalanuvchanlikka moyil qilib qo‘yishi ham mumkin.
Ko‘p bolali oilalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola shaxsining rivojlanishiga aka-ukalari, opa - singillar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Aka-ukalar va opa - singillar bolaga eng yaqin bo‘lgan mikromuhit tarkibiga kirib, unda markaziy o‘rinni egallaydi. Ba’zi tadqiqotchilar, hatto, shunday fikrdaki, oila azolarining soni ko‘paygan sari bolalarga ota-onaning ta’siri susayib, aka-ukalar opa-singillar ta’siri kuchayib boradi. Katta akalari va opalari davrasida bola o‘zini emotsional himoyalanganday his qiladi. Aka-opalar esa o‘zlarini mehribonlik his-tuyg‘ularini, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ular o‘rtasida bola o‘zining tashvishlari, qiziqishlari bilan o‘rtoqlashishi mumkin. Akalaru, opalar esa uning ehtiyojlari, jumladan, muloqotda bo‘lish extiyojini qondirishlari mumkin.
Demak bog‘cha yoshdagi bolalarning boshqa bolalar bilan bo‘lgan ancha murakkab va xilma-xil munosabat turlari shakllanadi va ana shu munosabatlar ma’lum miqdorda uning shaxs shakllanishini belgilab beradi. O‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishiga qiynalayotgan, muloqotda bo‘lish ehtiyoji yetarlicha shakllanmagan bolalarning tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabatlarini faollashtirmaslik lozim. Yaxshisi, dastlab umumiy qiziqishlarga ega bo‘lgan 1- 2 ta sherikni topish, keyinchalik asta-sekin muloqot doirasini kengaytirib borish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda noto‘g‘ri shakllanib ulgurgan muloqot motivlarini qaytadan qurish avvalo, boshqalarning fikri bilan hisoblashishga o‘rgatish ancha foydalidir.
Kattalarning bog‘cha yoshidagi bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri bolaning boshqa faoliyatlari masalan, rasm chizish, turli narsalar yasashi, applikatsiyalar tayyorlashi, o‘quv vazifalarini bajarishi vaqtida ham amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatlarni bajarishi davrida bolalarda kattalar va tengdoshlari tomonidan ijobiy bahoga sazovor bo‘ladigan narsani yaratishga yo‘nalganlik qaror topadi, ijtimoiy yo‘nalganlik shakllanib boradi, bilish motivlari va boshqa shaxsiy xususiyatlari tarkib topib boradi.
http://fayllar.org
Yüklə 129,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə