Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarida innovatsion faollikning ahamiyati



Yüklə 35,65 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü35,65 Kb.
#142418
  1   2   3
11.1 11.2


Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarida innovatsion
faollikning ahamiyati
Maktabgacha ta’limda innovatsion menejment
MTT muassasalari pedagoglarining innovatsion faoliyatini tashkil
etish va boshqarishda bog‘cha rahbarlarini innovatsion faoliyatga undovchi va
mazkur yo’nalishdagi harakatlarini ta’minlovchi asoslar to‘rtta asosiy
guruhga ajratiladi:
- birinchidan, bu yangilik kiritish natijasida vujudga keladigan,
hurmat-e’tibor, xokimiyat, vakolat va mavke bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq
bo‘lgan shaxsiy moddiy qiziqishlar;
- ikkinchidan, tashkiliy tizimning samarali rivojlani- shiga mos
ravishda o‘zinn-o‘zi kasbiy rnvojlantirishga intilish;
- uchinchidan, jamoaning ma’naviy-psixologik muhitida innovatsion
jarayonlarning ahamiyatini anglash;
- to’rtinchidan. tezkor boshqaruvning mazmun va mohiyatini tushunish va
mantiqan zaruriyatini qabul kilnsh.
Bu jarayonda quyidagi qator vazifalar ta’lim jarayonini
takomillashtirish, yangiliklar kiritishni amalga oshirishda ta’lim
muassasasi rahbarlarining asosiy vazifalari va ularning boshqaruv
faoliyatinnng hamda pedagogik innovatsiyalar samaradorligining asosiy
shartlari hisoblanadi:
bog‘cha jamoasi uchun yangilik kiritishning dolzarbligi muammolarini
uzil-kesil hal qilish va strategik rivojlanishni ta’minlashning asosiy
omillari sifatida belgilanishi;
tanlangan innovatsion vositalarning mazkur bog‘chaning
imkoniyatlariga mos kelishi;
innovatsiyalarning to’la ilmiy asoslanganligi;
innovatsion jarayonlarning ahamiyatliliga va tizimliligi;
yangilik yaratuvchi va undan foydalanuvchilarning shaxsiy professional xususiyatlarini xisobga olish va innovatsiyalarning
ahamiyatini anglash, har bir sub’ektning yuqori darajadagi mas’uliyati
hamda javobgarligini ifodalash:
innovatsion jarayonlarda pedagogik va boshqaruv tavakkalchilikning
minimal darajada bo‘lishi uchun yetarli sharoitlar yaratish,
tavakkalchilikning darajasini tushunish va ularning asoslanganligining
zaruriyati;
boshqaruv funksiyalari va boshqaruv mexanizmlarida, ta’lim
jarayonining mazmunida pedagogik texnologiyalarda, ta’lim tashkilotining
dasturi va konsepsiyasida o‘zgartirishlar hamda rivojlanish
tamoyillarining o‘z ifodasini topishi; rahbarlarning boshqaruv faoliyati metodologiyasining innovatsion jarayonlarni boshqarish shartlari va tamoyillariga mos kelishi
Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bugungi kunda tarbiyachi
uzluksiz innovatsion izlanishda bo‘lishi, fikrlashi, psixologik
munosabatlarini o‘zgartirishi, shuningdek.
Tarbiyachilar bunday faoliyatga alohida tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘lib. bu o‘z navbatida ta’lim tashkiloti rahbarlarining asosiy funksiyalaridan biri bo‘lgan ta’limni rivojlantnrishning uzoq muddatli strategik rejalarini tuzishda asosiy e’tiborni tarbiyachilarning u yoki bu asosda ijodiy faoliyat yuritishlari uchun tushuntirish ishlariga qaratishi lozim. Bu o‘z navbatida tarbiyachilarning kasbiy qiziqishlari ko‘lamini kengaytirishga ya’ni ularning metodik adabiyotlarni o‘qib o‘rganishdan to nazariy psixologik-pedagogik va fundamental tadqiqotlar olib borishiga ham imkoniyatlar yaratadi. Yaxshi ilmiy-pedagogik tayyorgarlik innovatsion faoliyatning sampradorligini ta’minlaydi. Innovatsion jarayonlarda faol
ishtirok etuvchi tarbiyachilar muntazam ravishda o‘zini-o‘zi rivojlantirishi
va ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishining katalizatoriga
aylanadi ya’ni mazkur jarayonlarning tezlashishida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bunday pedagoglar bilan ishlash ya’ni jamoani ichiga ergashtira
oladigan xodimlarni boshqarish va ularning faoliyatini tashkil etish o‘ziga
xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun ta’lim tashkiloti rahbarlari yangilik
yaratish va ularni tatbiq etish. Ixtirochilar saloxiyatidan samarali
foydalanish, ularning tajribasini targibot qilish ommalashtirish.
innovatsion faoliyatlarining natijalarini ayniqsa bog‘cha va pedagogik
jamoa darajasida zaruriy bilim ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi zarur
bo‘lib. bu ularning integrativ maxoratlarini belgilaydi maqsadini
tizimli rsjalashtirish va amalga oshirishi zarur hisoblanadi. Umumiy holda, muassasalarda innovatsion faoliyatni tashkil etishga ob’ektiv va sub’ektiv omillar sabab bo‘ladi.
MTTga yangicha yondashuvlarni joriy etish birinchi navbatda ta’lim
mazmunini yangilash ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o’qitishning
zamonaviy metodlarini tatbiq etish, ta’lim jarayonini ilmiy asosda
tashkil etish va uni boshqarishni zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlarning talablariga mos o‘zgartirish pedagogik xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini yaratish va takomillashtirish hamda innovatsion ta’lim tashkilotsalarining barcha turlariga xos innovatsion faoliyatning tuzilish komponentlariga asoslanishiga bog‘liq.
Ta’lim tashkilotining innovatsion faoliyati jarayonini tashkil
etishning pedagogik shartlari sifatida quyidagilar belgilanadi:
Innovatsion faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariy pedagogik qoidalar majmuasini ishlab chpkish. Nazariy-pedagogik qoidalar majmuasi innovatsion faoliyatning asoslari bilan belgilanib, innovatsion faoliyatning maqsadi, vazifasi, mazmuni hamda uni tashkil etish tamoyillarini o‘z ichiga oladi. O‘quv muassasasini innovatsion faoliyatga jalb etuvchi omillar innovatsion faoliyatni motivlashtirishga sabab bo‘ladi. Innovatsion faoliyatni tashkil etish nshlari asosiy maqsadga erishnshga yo’naltirilgan bo‘ladi va shu munosabat bilan o‘quv muassasasida asosiy o‘zgarishlar vujudga keladi.
Mazkur maqsadlarga erishishda qator vazifalarni bajarish zarur:
-jamiyatning ijtimoiy-ikgisodiy ehtiyojlariga mos, bilimli va
qobiliyatli tarbiyachilar modelini amalga oshirishga asoslanish (ta’lim
mazmunini yaigilash);
- yangilangan texnologik va dasturiy-metolik mahsulotlarni yaratish
nazariy ishlab chikilgan uzluksiz ta’lim g‘oyalarini amalga oshirishning
dolzarb ehtiyojlarini ifodalaidi. Mazkur g‘oya ta’lim va tarbiyaning
zamonaviy texnologiyalarini izlash muammolarini vujudga keltiradi va
bular sub’ekt-sub’ekt bola va tarbiyachi munosabatlariga asoslanadi, bu
munosabatlar shaxsning qiziqishlari qobiliyatlari va sifatlarini
anglashga yo’naltirilgan umumiy rivojlanish shartlarini belgilovchi
asoslar hisoblanadi;
- ko‘proq samarali xisoblangan o’qitish vositalarini tanlash.
Muassasa sharoitida innovatsion faoliyatni tashkil etishning muhim
asoslari ta’lim tashkilotining ilmiy-tadqiqot salohiyatini
shakllantirish hisoblanadi hamda u tarbiyachi va o‘quvchilarning hamkorligi
asosida rivojlanadi.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishni ta’minlashning asosiy
shartlari alohida boshqaruv jixatlari, ya’ni mazkur faoliyatni tashkil
etishga yo‘naltirilgan, yangilangan boshqaruv strukturasini shakllantirish
hisoblanadi. Innovatsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati
bilan ta’lim jarayonnga innovatsiyalarni kiritishda barqarorlik vujudga
keladi. Bunda eng muhimi, pedagogik jamoaning innovatsion faoliyatga
tayyorgarligi va ehtiyojlarini inobatga olib yangiliklarni tanlash
hisoblanadi.
Ta’lim tizimining rnvojlanishini tizimli boshqarish ta’lim
muassasalarining me’yoriy funksiyalarini bajarish bilan alohida
innovatsion loyihalarni birlashtiruvchi yagona maqsadga qaratilgan
dasturlar doirasida pedagogik jamoa a’zolarini birlashtirishga
yo’naltiriladi.
Shuningdek, bog‘cha rivojlanishini boshqarishning yangilangan
strukturasini amaliyotga tatbiq etish jarayoni quyidagilarni nazarda
tutadi:
MTT lari pedagoglarining innovatsion faoliyatini tashkil etish va boshqarishda bog‘cha rahbarlarini innovatsion faoliyatga undovchi va mazkur yo’nalishdagi harakatlarini ta’minlovchi asoslar to’rtta asosiy guruhga ajratiladi:
 birinchidan, bu yangilik kiritish natijasida vujudga keladigan,
hurmat-e’tibor, xokimiyat, vakolat va mavqe bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq
bo‘lgan shaxsiy moddiy qiziqishlar;
 ikkinchidan, tashkiliy tizimning samarali rivojlanishiga mos
ravishda o‘zini-o‘zi kasbiy rivojlantirishga intilish;
 uchinchidan, jamoaning ma’naviy-psixologik muhitida innovatsion
jarayonlarning ahamiyatini anglash;
 to‘rtinchidan. tezkor boshqaruvning mazmun va mohiyatini tushunish va
mantiqan zaruriyatini qabul kilish.
Bog‘cha jamoasi uchun yangilik kiritishning dolzarbligi muammolarini
uzil-kesil hal qilish va strategik rivojlanishni ta’minlashning asosiy
omillari sifatida belgilanishi;

tanlangan innovatsion vositalarning mazkur bog‘chaning
imkoniyatlariga mos kelishi;
innovatsiyalarning to‘la ilmiy asoslanganligi;
innovatsion jarayonlarning ahamiyatliliga va tizimliligi;
yangilik yaratuvchi va undan foydalanuvchilarning shaxsiy professional xususiyatlarini hisobga olish va innovatsiyalarning
ahamiyatini anglash, har bir sub’ektning yuqori darajadagi mas’uliyati
hamda javobgarligini ifodalash:
Tarbiyachilar bunday faoliyatga alohida tayyorgarlik ko‘rishi kerak
bo‘lib. bu o‘z navbatida ta’lim tashkiloti rahbarlarining asosiy
funksiyalaridan biri bo‘lgan ta’limni rivojlantirishning uzoq muddatli
strategik rejalarini tuzishda asosiy e’tiborni tarbiyachilarning u yoki bu asosda ijodiy faoliyat yuritishlari uchun tushuntirish ishlarnga qaratishi lozim.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining innovatsion faoliyati jarayonini
tashkil etishning pedagogik shartlari sifatida quyidagilar belgilanadi:
Innovatsion faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi
nazariy-pedagogik qoidalar majmuasini ishlab chiqish;
yangilangan texnologik va dasturiy-metolik mahsulotlarni yaratish;
ko‘proq samarali hisoblangan o‘qitish vositalarini tanlash;
maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishini tizimli boshqarish
ta’lim tashkilotlarining me’yoriy funksiyalarini bajarish bilan alohida
innovatsion loyihalar.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kadrlarni


rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari


Yüklə 35,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə