Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarida innovatsion faollikning ahamiyati



Yüklə 35,65 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü35,65 Kb.
#142418
1   2   3
11.1 11.2


Reja:

1.Kadrlarni rivojlantirish xodimni yangi ishlab chiqarish funksiyalariga tayyorlash, yangi lavozimlarni egallash, yangi vazifalarni hal qilishga tayyorlash
2.Kadrlarni rivojlantirishni o‘rganishning asosiy vazifalari, ta’lim
tashkilotlarida mutaxassis kadrlarni rivojlantirish
Kadrlarni rivojlantirish xodimni yangi ishlab chiqarish
funksiyalariga tayyorlash, yangi lavozimlarni egallash, yangi
vazifalarni hal qilishga tayyorlash

Kadrlarni rivojlantirish shaxs qadriyatlarini o‘zgartirish bo‘lib, u
xodimning bilim va ko‘nikmalarini o‘zgartirishni talab etadi. Personalni
rivojlantirish — ishchi kuchi sifatini oshirishga qaratilgan. Ishchi kuchi
sifati iqtisodiy kategoriya sifatida insonning mehnatga layoqatini
shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan shaxs va jamiyat, xodim va ish
beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ushbu munosabatlarning ishlab
chiqarish faoliyatida namoyon etish darajasini ifoda etadi. Mehnat
jarayonida namoyon bo‘ladigan inson xususiyatlari muayyan tarkibni tashkil
etadi. Quyidagilar bu tarkib bo‘laklaridir:
— qiziqish (motivatsiya) xususiyatlari;
— kasbiy-malaka xususiyatlari;
— aqliy (intellektual) xususiyatlar;
— nufus (demografik) xususiyatlari, salomatlik. Ushbu xususiyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bevosita ishchi kuchiga, sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ishchi kuchi sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ular yo‘nalishiga qarab uch guruhga ajratish mumkin:
1. Bevosita ta’sir omillari. Ularga bevosita mexnat faoliyati bilan
bog‘liq hamda insonning mehnat faoliyati jarayonida qobiliyatlarini amalga
oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Bu omillar mehnat hayoti
sifati bilan bog‘liqdir.
Mehnat hayoti sifati esa insonning mehnat jarayonida qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, yuqori va doimiy ish xaqi
kafolatlangan ish joylari mavjudligi bilan belgilanadi.
Yuksak mehnat hayoti sifati quyidagilar hisobiga ta’minlanadi:
— ish qiziqarli bo‘lishi kerak;
— kadrlar mehnatiga munosib adolatli xaq olishi kerak;
— mehnat shart-sharoitlari qulay bo‘lishi kerak;
— rahbariyat tomonidan nazorat iloji boricha kamroq bo‘lishi, lekin
nazorat qilish zarurati bo‘lganda, albatta, nazorat amalga oshirilishi
lozim;
— xodimlar o‘z ishlariga taalluqli bo‘lgan qarorlar qabul qilinishida
ishtirok etishlari darkor;
— maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish vositalari bilan ta’minlangan
bo‘lishi kerak.
Mehnat hayoti sifati mehnatdan qoniqish hosil qilish hissini
kuchaytirish, o‘z malakasini oshirishga intilishda o‘z ifodasini topar ekan,
ya’ni ishchi kuchi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashar ekan,
shulardan kelib chiqqan holda mehnat hayoti sifati jihatlariga ishchi
kuchi sifatini oshiruvchi omillar, deb qarash mumkin.

Yüklə 35,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə