Maktabgacha ta'lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatining ahamyati qurbonmurodova Marjona Abduvohidovna Maktabgacha ta'lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi Annotatsiya



Yüklə 21,59 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü21,59 Kb.
#167763
MAKTABGACHA TA\'LIM TASHKILOTIDA SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINING AHAMYATI


MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINING AHAMYATI


Qurbonmurodova Marjona Abduvohidovna
Maktabgacha ta'lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotida sahnalashtirilgan o'yin faoliyati shakllari, turlari va ularni tashkil etish usullari haqida mulohazalar yuritilgan. Keltirilgan ma'lumotlar maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachi pedagoglari, metodistlarning ish faoliyati, tajribalarini o'rganish tufayli yoritildi.
Tayanch so'zlar: o'yin faoliyati shakllari, sahnalashtirish faoliyati, ijrochilik ijodiy faoliyat, faollashuv, tashabbuskorlik, emotsional rivojlanish.
Аннотация: В статье обсуждается важность постановки в дошкольном образовании, формы постановочной игровой деятельности и способы ее организации. Описания уточнены благодаря изучению опыта педагогов дошкольного образования, а также методистов.
Ключевые слова: формы игровой деятельности, постановочная деятельность, творческая активность, активизация, инициативность, эмоциональное развитие, перформанс.
Abstract: This article discusses the importance of staging in preschool education, the types of staged play activities and ways to organize them. The descriptions were clarified due to the study of the experience of teachers of preschool education, as well as methodologists.
Keywords: staging activities, forms of play activities, creative activity, activation, initiative, emotional development, performance.

Yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-ma'naviy islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarishning keskin rivojlanib borayotganligi - jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasi zamon talabi ekanligini ko'rsatmoqda.


Albatta, kelajakimiz poydevori bo'lgan, har jihatdan mas'uliyatli, ma'naviy yetuk, axloqan pok, jamiyat taraqqiyoti uchun munosib hissa qo'sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimi uyg'un rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning kelgusidagi butun hayotini belgilab beradi. Keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim-tizimini rivojlantirish va samarali faoliyat ko'rsatishiga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, O'zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari va farmonlari qabul qilindi.
«Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi qarorida milliy-madaniy, tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqishni uyg'otuvchi o'quv metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatiga joriy etish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari" to'grisidagi 1059-son qarori shuningdek O'zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'grisida»gi qonunihg 4-moddasida har bir bolaning iste'dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi, maktabgacha bo'lgan yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish oila hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyabiy ta'sirining birligi keltirilgan.
Maktabgacha yosh-shaxsning dastlabki kamol topish davridir. Har bir bola shaxsining rivojlanishi, jumladan ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda uni adabiyotga, san'atga qiziqish va xalqimizning boy madaniy merosiga nisbatan hurmatni tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishda pedagog yetakchi rol o'ynaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyaning turli metodlarini qo'llash va «Ilk qadam»davlat o'quv dasturida belgilab berilganidek, o'quv tarbiyaviy faoliyatning o'zaro uyg'unligini ta'minlash, ularni o'yin tarzida tashkil etish lozim.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish borasida sahnalashtirilgan o'yin faoliyati turlari amalgam oshiriladi. Sahnalashtirilgan o'yin faoliyati shakllari bir necha xil bo'lib u o'zining barcha turlari bilan bolalarni badiiy tarbiyalash, estetik rivojlantirishga ko'maklashadi. Ularni yangi taassurotlar bilan boyitadi, avval egallagan bilimlarini mustahkamlaydi, faollashtiradi, tashabbuskorligi, nutqi, badiiy didini rivojlantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ijodkorligini rivojlantirish sahnalashtirilgan faoliyatning mazmunidan kelib chiqib quyidagi shakllarga bo'linadi (1-sxemaga qarang). Maktabgacha ta'lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini o'tkazish vaqti belgilanmagan, ushbu faoliyatni pedagogik faoliyatdan kelib chiqib ya'ni integrativlik prinsipiga tayangan holda tashkil etish lozim.
Ta'limiy faoliyatlar. Ta'limiy faoliyat bir vaqtning o'zida ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini bajarishi kerak. Uning mazmuni, shakli va metodi uch maqsadga erishishi uchun qaratilgan bo'lishi lozim: nutq va teatr-ijrochilik faoliyati ko'nikmalarini rivojlantirish; ijodkorlik muhitini yaratish; bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlantirish. Shuning uchun bunday mashg'ulotlarning mazmuni nafaqat qandaydir badiiy adabiyot asari yoki ertak matni bilan tanishuv, balki imo-ishora, mimika, harakat, kostyum, mizanstsena (spektaklning ayrim paytlarida dekoratsiya va aktyorlarning joylanishi), ya'ni vizual «belgilar» bilan tanishishdir.
Ko'ngilochar o'yinlar. Ko'ngilochar o'yinlar san'atning barcha shakllarini birlashtiradi. Ularning ko'p turlari mavjud bo'lib konsertlar, qo'g'irchoq teatri tomoshasi, bolalar, tarbiyachi-xodimlar va ota-onalar hamkorligida tayyorlangan sahna teatri yoki qo'g'irchoq teatri tomoshalarini o'z ichiga oladi.
Ko'ngilochar o'yinlarda ham kattalar, ham bolalar teng huquqli sherik sifatida harakat qilishadi. Umuman olganda, sahna tomoshasi yoki konsertda bola tabiiy ravishda kattalarning boy tajribasini o'zlashtiradi, xatti-harakatlarini qabul qiladi. Bundan tashqari, tarbiyachilar o'yin-kulgu va bayramlarda bolalar xarakterlarining o'ziga xos xususiyatlarini, orzu va istaklarini bilib oladilar. Bola shaxsini hurmat qilish, unga g'amxo'rlik qilish, kattalar va ular o'rtasida o'zaro munosabatlarda iliqlik muhiti yaratiladi.
Bayramlar. Tashkil etilgan bayramlar bolalarga quvonch bag'ishlab, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatini berishi lozim.
Bayram tadbirlari, avvalo bolalar uchun quvonch berishini tarbiyachi yodda saqlashi kerak. Bayramlar bolalarning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan taassurotlar manbayidir. Shu sababli bayramga tayyorgarlik jarayonida, eng avval, yaxshi toyyorlangan ssenariy, har bir bolaning bayram tadbirlaridagi ishtiroki, kayfiyati va san'at turlarining o'zaro uyg'unligiga e'tibor qaratish muhim. Bayram tadbirida bolalar o'zlarini quvnoq, xursand his qilishi va erkin bo'lishi kerak.
Professional teatr studiyalarining namoyishlari. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida professional teatr studiyalarining (sirk, qo'girchoq teatri, sahna teatri) namoyishlarini tashkil etilishi.
To'garak ishi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalaming sahnañashtirilgan faoliyatini tashkil etishning ya'na biг shakli to'gaгak ishidiг. U quyidagi masalalami hal etishda yoгdam beгadi: bolalaming fantaziyasi, tasavvuгi, baгcha tuгdagi xotiralari, ijodkoгliklaгini (badiiy nutq, musiqali o'yin, raqs, sahna) гivojlantiгadi. Agarda maxsus teafr to'gaгagi tashkil etilgan bo'lsa, teat- to'gaгagi гahbaгi ishtiгok etishni xohlagan bolalaг bilan ish olib boradi. Bunda гahbaг гejissoг bo'ladi bola^ esa aktyoг vazifasini bajaradi. Rahbaг o'z oldiga maqsad qo'yadi, bola^ bilan ishlashda ssenaгiy, rejissoriik va sahnalashtiгilgan ish bilan chegaralanmaslik, maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tadigan davri davomida bolalaгda ijodkoгlik qobiliyatini shakllantirishi lozim. To'gaгak ishining asosiy mazmuni qo'g'irchoq teatгi ustida ishlashni tashkil etadi, asar mazmunining tahlili, mllami taqsimlash, syujetdagi haгakatlaгni o'zlashtiгishga yoráam beгadigan etyud o'yinli mashqlar. Butun spektaklning sahnalashtiгish ishi esa maxsus mashg'ulotlaráa, haftada biг maгotaba 30-40 daqiqa davomida kunning biгinchi yoki ikkinchi yaгimida o'tkaziladi. Mashg'ulotlami tashkil qilish jarayonida shunga e'tiboг qaratish joizki, agar bolada bilim ko'nikma bo„lsa-yu, qiziqish, xohish bo'lmasa faollik bo'lmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalaг bilan sahnalashtirish faoliyatini гivojlantiгish masalalaгidan kelib chiqib uning mazmuni aniqlanadi va tashkil etish shakllari belgilanadi.
REFERENCES
1. "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarari. PQ-4312-son 08.05.2019
2. "Maktabgacha ta'limda o'quv-taгbiyaviy ishlami tashkil etishning samaгadoгligi: muammolaT va yechimlaг" Respublika ilmiy-amaliy anjumani . ADU. Andijon - 2019.
3. O'zbekiston Respublikasi Vaz^^ Mahkamasining 2019 yil 31 dekabráagi "Uzluksiz ma'naviy taгbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbiriari" to'grisidagi 1059-son qaгoгi
4. Mavlonova R., M.Satbayeva. "O'quv ustaxonasida amaliy mashg'ulot" T. Ilm-ziyo. 2011y.
4. Qayumova N. "Maktabgacha Pedagogika" T.: TDPU 2013 O'quv qo'llanma
5. Qodiгov M., S.Qodiгova. "Qo'girchoq teatгi taгixi". "Talqin" T., 2006
Yüklə 21,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə