Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ekologik tarbiyani tashkil etish yo'llari ilm-fan markazida ishlash



Yüklə 392,89 Kb.
tarix25.09.2023
ölçüsü392,89 Kb.
#123847
MAKTABGACHA TA\'LIM TASHKILOTLARIDA EKOLOGIK TARBIYANI TASHKIL ETISH YO\'LLARI ILM-FAN MARKAZIDA ISHLASH

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA EKOLOGIK TARBIYANI TASHKIL ETISH YO'LLARI ILM-FAN MARKAZIDA ISHLASH


Reja
1. Ilm fan va tabiat markazini jihozlash va oʻyinli taʼlim faoliyatini tashkil etish
2. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishning shakllari va ahamiyati
3. Maktabgcha tarbiya yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish muammosini taxlili
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, bu jarayonning samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-xunar dasturlarini ongli ravishda tiklash va huquqiy, psixologik-pedagogik sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ma’naviy yetuk, axloqli, pok insonlar qilib voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi.
Uning maqsadi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga extiyotkorona munosabatda bo‘lish,
Vatanga mehrli bo‘lish, ekologik ta’limtarbiyani amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasining vazifasi o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirish usullari, ish shakllari, shuningdek pedagog, psixolog olimlar va mutafakkirlarning tabiatning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlari bilan tanishtirish va nazariy bilimlar berishdan iborat.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani pedagogikaning bir qismidir, chunki tabiat bilan tanishtirish orqali barcha tarbiya turlari amalga oshiriladi.
Tabiat bilan bolalarning yosh xususiyatlari, fiziologik tuzilishlarini hisobga olgan holda tanishtiriladi.
Shu bilan birga turli yosh guruhlarda ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, ehtiyojlari, xarakter hislatlari, iste’dodlari hisobga olinadi.
Bola a’zolarining tuzilishi - oliy nerv sistemasi, ichki a’zolari, tana tuzilishi, yoshga qarab hosil bo‘ladigan o‘zgarislilar tabiat bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega.
Bundan ko‘rinib turibdiki bu kurs bolalar fiziologiyasi fani bilan ham bevosita bog‘langan.
Biologiya fani tabiat bilan tanishtirish metodikasining asosini tashkil etadi. Chunki biz bolalarni jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, yilning turli fasllari bilan tanishtiramiz.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani falsafa, biologiya, pedagogika, psixologiya, fiziologiya va barcha metodikalar bilan bog‘liq holda bir-birini to‘ldirib, mustahkamlaydi.
Yüklə 392,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə