Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə14/143
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#133236
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Maktabgacha ta’limda innovatsion pedagogikani tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning jamiki imkoniyatlarini ochish uchun sharoitlar yaratish. Innovatsion pedagogik texnologiyarning bosqichlari va usullari haqida ma’lumotlar berish.
2-asosiy savolning bayoni:
Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish – innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. “Innovatsion pedagogika” termini va unga xos bo‘lgan tadqiqotlar G‘arbiy Yevropa va AQShda 60-yillarda paydo bo‘ldi. Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo‘lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I.Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. Tadqiqotchilar innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o‘rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o‘zaro ta’siri mikrosathi.
Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o‘rnini ikkinchisi egallashdir. Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi.
6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini qisqartirish bosqichi.
Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar. Birinchi shaklga yangilik kiritishni oddiy ishlab chiqish kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o‘zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir. Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko‘lamda ishlab
chiqish taalluqlidir. Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o‘zaro ta’sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
Pedagogik innovatsiyada “yangi” tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub’ektiv yangilikka qiziqish uyo‘otadi. Xususiy yangilik joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko‘zda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma’lum unsurlarning yio‘indisi shartli yangilik hisoblanadi. Mahalliy yangilik konkret ob’ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi. Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ekt uchun ob’ektning o‘zi yangi bo‘lishi bilan belgilanadi. Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:
− pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;
− nihoyat amalga oshish qonuni;
− qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;
− pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni.
Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va hodisalar to‘g‘risidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo‘linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning ahamiyati va qimmatini keng yoyadi. Nihoyat amalga oshish qonuni yangilikning hayotiyligi bo‘lib, u erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi. Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipga tushirish va amaliy harakatga o‘tish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Bunday holatda pedagogik qolip (stereotip) qoloqlikka, boshqa yangiliklarning amalga oshish yo‘liga to‘siq bo‘lishga majbur bo‘ladi. Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
Ta’lim innovatsionlari quyidagi o’zgarishlarga olib keladi (I.P.Podlaso’y):
- pedagogik tizimning tamomila o’zgarishi;
- o’quv jarayonining o’zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o’zgarishi;
- o’qituvchi faoliyatining o’zgarishi;
- o’quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning o’zgarishi;
- ta’lim mazmunining yangilanishi;
- o’qitish shakl, metod va vositalarining o’zgarishi;
- ta’lim tizimi boshqaruvning o’zgarishi;
- ta’lim maqsadi va natijalarning o’zgarishi.
Pedagog va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu tarbiyach va tarbiyalanuvchilarning ijoddagi hamkorligidir. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
− kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
− me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
− kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
− dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish;
− o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish. Demak, pedagog yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida tarbiyachi innovatsiya faoliyatiga bo‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan o‘lchanadi:
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda pedagoglarning innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishdan iborat bo‘ladi;
• ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo tarbiyachining yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
• pedagogik yangilikni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan tarbiyachining munosabati harakteri o‘zgarishi. Tarbiyachining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samardorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga - yangilik, maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi Yangilik pedagogik yangilik me’yori sifatida o‘zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo‘llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko‘ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, sub’ektiv darajalarini farqlaydilar. Maqbullik me’yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi. Natijalilik, pedagogik yangilik o‘z mohiyatiga ko‘ra ommaviy tajribalar mulki bo‘lib qolishi lozim.
Pedagogik yangilik dastlab ayrim pedagoglarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so‘ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
Pedagoglarning innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. Pedagogni innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:
− yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
− yangicha harakat qila olishga o‘rgatish.
Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat ko’nikma, malakalariga ega bo’lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofatsion faoliyat ko’nikma, malakalarini o’zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega bo’lishlari talab etiladi. O’z mohiyatiga ko’ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko’nikma, malakalarining o’zlashtirilishi ularda innovatsion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi. Pedagoglarda innovatsion yondashuvning qaror topishi ham murakab jarayon bo’lib, u bir necha bosqichda kechadi. Ya’ni:
1-bosqich: tayyor metodik tavsiyanoma (mavjud innovatsiya)lardan foydalaniladi.
2-bosqich: mavjud tizimga yangi g’oyalarni, metodlarni kiritadi.
3-bosqi: yangi g’oyani amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlarini tizimlashtiradi.
4-bosqich: pedagog o’qitish va tarbiyalashga oid o’z kontseptsiyasi yoki metodikasini yaratadi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə