Maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish



Yüklə 59,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü59,97 Kb.
#182112
  1   2
maktabgacha-tarbiya-yoshidagi-duduqlanuvchi-bolalarda-mustaqil-nutqni-rivojlantirish



MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI DUDUQLANUVCHI 
BOLALARDA MUSTAQIL NUTQNI RIVOJLANTIRISH
 
Feruzaxon O’razova 
Zamiraxon Qirg’izboyeva 
Andijon shahar 40-IMTT 
 
Annotatsiya: 
maqolada
 
dudqlanuvchi bolalar nutqini о’rganish. Duduqlanuvchi 
bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullari, logoped, tarbiyachi va ota-onalar bilan 
suhbat о’tkazish, bolalarda mustaqil nutqni tekshirish, bolalar mustaqil nutqini 
rivojlantirishni takomillashtirish haqida bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: 
psixik rivojlanish, o‘ziga xos jins va yosh xususiyatlari, alaliya, 
afaziya, rinolaliya, nevrotik duduqlanish, nevrozsimon duduqlanish, kognitiv, kognitiv 
va affektiv jabhalar, genetik, ijtimoiy va shaxsiy omillar, diagnostikasi va korreksiyasi 
jarayonlari, fonetik, leksik va grammatik vositalar. 
DEVELOPING INDEPENDENT SPEECH IN STUPID CHILDREN OF 
PRESCHOOL AGE 
 
Feruzakhon Urazova 
Zamirakhon Kyrgyzbaeva 
Andijan city 40-SPO 
 
Annotation:
To study the speech of deaf children in the article. Methods of 
developing independent speech in children with stuttering, conversations with speech 
therapists, educators and parents, testing of independent speech in children, 
improvement of children's independent speech development are described. 
Keywords:
mental development, specific gender and age characteristics, alalia, 
aphasia, rhinolalia, neurotic stuttering, neurotic stuttering, cognitive, cognitive and 
affective aspects, genetic, social and personal factors, diagnostic and correction 
processes, phonetic, lexical and grammatical tools. 
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andozalari 
darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim 
masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan 
asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining 
ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Ayniqsa maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli 
maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
234


xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim 
tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3955-son 
qaroriga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, 
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning 
sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish 
imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan 
ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash[1], bugungi kunda ta’lim 
tizimining eng yuqori bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimida yosh avlodni 
tarbiyalash masalasi ko’ndalang turadi. Ularning tarbiyasidagi aynan axloqiy xatti-
harakatlarini psixologik jihatdan shakllantirish bugunning dolzarb masalasiga aylanib 
bormoqda. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi davri shu qadar mazmundor va faol davrdirki, bu 
davr bolaning kelgusi o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. Shuning uchun 
maktabgacha yoshidagi davr ta’sir o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat mas’uliyatlidir. 
Maktabgacha tarbiya yoshiga yetgach, uning psixik taraqqiyotida jiddiy 
o‘zgarishlar yuzaga keladi. Chunki, xuddi ana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil 
faoliyati anchagina kengayib boradi. Maktabgacha yoshidagi bola mustaqil faoliyatda 
bo‘la olishi uchun zarur bo‘lgan ikkita qudratli kuchga ega. Birinchidan ma’lum 
darajada o‘ziga bo‘ysundirilgan harakat apparatiga, ikkinchidan esa, atrofidagi katta 
odamlar va o‘z tengdoshlari bilan bir qadar erkin munosabatda bo‘la oladigan nutqqa 
ega. 
Mana shuning uchun bu yoshdagi bolalarning xulq-atvorlari, axloqiy sifatlari, 
xatti-harakatlari, qiziqish va ehtiyojlari ilk yoshdagi bolalarnikidan keskin farq qiladi. 
Bu esa, o‘z navbatida, ilk yoshdagi bolalar bilan maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-
tarbiyasiga ham turlicha munosabatda bo‘lishni taqozo qiladi. 
Maktabgacha yoshdagi davrda muhit bilan bo‘lgan munosabatlarida anchagina 
o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bir tomondan, bola kattalarning doimiy yordamlaridan 
ancha ozod bo‘lib, ulardan bir qadar uzoqlashadi, ikkinchi tomondan, kattalar bilan 
bo‘lgan munosabatlari murakkab, ko‘p tomonlama xarakter kasb eta boshlaydi.
Shuning uchun duduqlanuvchi balalar nutqini shakllantirish asosan balalar 
bog’chasida tarbiyachilar, logopedlar va deffektologlar tomonidan turli mashg’ulotlar 
orqali amalga oshiriladi. Mashg’ulotlarda bolalar yangi bilim va kо’nikmalarni 
oladilar, shu bilan birga umumiy va nutqiy hatti-harakat malakalarini о’zlashtiradilar 
va duduqlanishdan holi mustaqil nutqdan foydalanish malakalarini egallaydilar. 
Duduqlanuvchi bolalarda og’zaki kо’rsatmalar va namoyish yoki namunaning 
namoyishisiz birgina og’zaki kо’rsatmalarga mos ravishda о’quv faoliyatini bajarish 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
235


qobiliyati shakllanadi, idrok, xotira, tafakkur, bilishga bо’lgan qiziqishlari rivojlanadi 
va boshqaruv jarayonlari shakllanadi. 
Bolalar aniq va umumiy savollarga javob berishga о’rganadilar; logoped, 
tarbiyachining talabiga kо’ra qisqa va keng javob qaytarishni mashq qiladilar; normal 
tempda, atrofdagilar uchun tushunarli, yetarlicha baland, aniq, ma‘noga mos ravishda 
javob beradilar. Mashg’ulotlarda ot, sifat va tilning boshqa bо’laklarining grammatik 
shakllarini tо’g’ri qо’llash malakalari mustahkamlanadi. 
Diqqatning jamlanganligi, fahmlilik, eslash, dialog vaqtida faol ishtirok etish
lozim bо’lganda esa impulsiv bayondan о’zini tiyish kabi sifatlarni rivojlantirishga 
qaratilgan ishlar mashg’ulotlarning ajralmas qismi hisoblanadi. О’rtoqlaridan ilgarilab 
ketmay va ulardan ortda qolmay ishni bir vaqtda boshlash va yakunlash kо’nikmasi 
shakllanadi, faoliyatning normal tempi, harakatchanlik, kelishib, ketma-ketlikda 
ishlash odati, boshlangan ishni oxiriga yetkazish, faoliyatning ikki turi о’rtasida 
diqqatni taqsimlay olish, materialni (qog’ozni) ratsional sarflash, qо’llanmalar, 
qurollardan tо’g’ri foydalanish shakllantiriladi. 
Ijobiy shaxsiy sifatlarni va umumiy va nutqiy hatti-harakat malakalarini 
shakllantirish, 
shuningdek 
mustaqil 
nutqdan 
foydalanish 
malakalarini 
mustahkamlashga alohida e‘tibor beriladi. Shuningdek nafaqat jamoada, balki yakka 
tarzda о’ynash kо’nikmasini rivojlantirishga, о’yin qoidalariga mos ravishda о’z 
istaklarini bо’ysindirish yoki chegaralashga, iroda sifatlarini tarbiyalashga: о’z-о’zini 
nazorat etish, о’z hatti-harakatlariga javobgarlik, diqqatni jamlash, о’yinda faol bо’lish 
va bir vaqtning о’zida lozim bо’lsa, о’z hissiyotlari va hoxishlarini tiya bilishga katta 
e‘tibor beriladi[2]. 
О’yin jarayonida nutqni korreksiyalash. 
Duduqlanuvchi bolalarda ommaviy bolalar bog’chasidagi bolalar singari, 
mehnatga bо’lgan qiziqish va muxabbatni rivojlantirish, ularni mehnat topshiriqlarini 
harakatchan va puxta bajarishga о’rgatish, mehnat natijalariga erishishga bо’lgan 
intilishni, barcha bolalar bilan bir qatorda birgalikdagi mehnat faoliyatida ishtirok etish 
tayyorgarligini tarbiyalash lozim. Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarda onson 
mehnat turlari malakalarini, kattalar va о’rtoqlarining mehnatiga hurmat bilan 
munosabatda bо’lishni shakllantiradi va bir vaqtning о’zida mehnat qurollari haqidagi 
bilimlarni mustahkamlaydi. 
Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchilarda mehnat jarayonida kattalar nutqiga 
bо’lgan e‘tiborni tarbiyalash, ularda sabr, diqqatni jamlash, maqsadga yо’nalganlikni 
tarbiyalash juda muhim. Ular topshiriqni oxirigacha tinglay olishlari, sо’ng esa uni 
bajarishga kirishishlari kerak. Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan ishlarning 
umumiy vazifalari bilan bir qatorda rejim momentlarini ularning umumiy va nutqiy 
hatti-harakatlari singari nutqiy faoliyatni korreksiyalashda ham qо’llash lozim. 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
236


Kun tartibida duduqlanishsiz tо’g’ri nutqiy muloqotni tashkil etish uchun qator 
qulay fursatlar bо’lib, ular xususida bolalar bilan suhbatni tashkil etish mumkin. Bunda 
bolalarni muloqot vaqtida tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Bolalar birbirlarini 
yaxshi kо’rishlari uchun ularni tо’g’ri о’tkazish maqsadga muvofik (doira, yarim 
doira). Bolalar suhbat davomida ishtirok etishlari uchun barcha momentlarni aniq 
tashkil etish lozim: yuvinish, kiyinish, yechinish, navbatchilik, ekskursiya, kuzatish va 
b. Bolalarni barcha harakatlarni ortiqcha shovqinsiz bajarish, kattalar nutqini va 
о’rtoqlarining javoblarini tinglash, savol berilganda javob qaytarish va о’rtoqlarini 
gapini bо’lmaslikka о’rgatish lozim. 
Kattalar nutqiga alohida e‘tibor beriladi. Ular nutqi sokin bо’lishi, savollar 
bolaning savoli va javobi о’rtasida pauzalarga amal qilgan holda aniq shakllantirilgan 
bо’lishi kerak. Javobni о’ylab olish uchun vaqt berish, normal tempda sо’zlash, shaxsiy 
nutqni sekinlashtirmaslik va bolalardan nutqlarini sekinlashtirishni talab etmaslik 
kerak.
Duduqlanadigan bolalar bilan olib boriladigan logopedik mashg’ulotlarga 
quyiladigan asosiy talablar: 
1) Logopedik mashg’ulotlar duduqlanuvchi bolaning nutqi va shaxsiga 
pedagogik-tuzatish orqali ta‘sir etishning asosiy vazifalarini о’zida aks ettiradi. 
2) Logopedik mashg’ulotlar muayyan tartibda, uzluksiz, bosqichli, asosiy 
didaktik prinsiplarni hisobga olgan holda har bir bolaning shaxsiy xususiyatlariga 
bog’liq ravishda; bolalarning ongliligi va faolligiga tayangan holda olib boriladi; 
mashg’ulotlarda qо’llanmalar, ta‘limning kо’rgazmali, texnik vositalaridan 
foydalaniladi; mashg’ulotlar tarbiyalanayotgan tо’g’ri nutq va xatti-harakat 
kunikmalarining mustatahkam bо’lishiga yordam beradi. 
3) Logopedik mashg’ulotlar maktabgacha tarbiya yoshdagi va maktab yoshidagi 
bolalarni tarbiyalash va о’qitish dasturlari talablariga mos bо’ladi. 
4) Mashg’ulotlarda duduqlanadigan bolalarning turli sharoitlarda tо’g’ri nutqi va 
xatti-harakatini mashq qildirish zarurligi hisobga olinadi, masalan: logopediya 
kabinetida va undan tashqarida, turli hayotiy vaziyatlarda, tanish va notanish 
shaxslarning ishtirokida va hokazo. Shu maqsadda logopedik mashg’ulotlarning turli 
kо’rinishlari: nutqni rivojlantirishga doir kо’pgina ish shakllari, didaktik, harakatli, 
syujetli-rolli va ijodiy о’yinlar, sayohatlar, ertaliklar, konsertlarga tayyorlanish hamda 
ularda ishtirok etish, mikrofon oldida sо’zga chiqish va boshqalarda qо’llaniladi. 
5) Mashg’ulotlar shunday tashkil qilinadiki, ularda bola duduqlanishsiz va u bilan 
birga kelib chiqadigan buzilishlarsiz gapirishi lozim. 
6) Mashg’ulotlar boladagi yaxshi kayfiyatni, bardamlik, о’z kuchiga ishonchni 
mustahkamlaydi. 
7) Duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda tо’g’ri nutq 
namunalari logopedning, samarali shug’ullanadigan bolalarning nutqi, badiiy sо’z 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
237


ustalarining chiqishlari aks ettirilgan magnitofon yozuvlari va plastinkalar, logopediya 
kursini avval muvaffaqiyatli tamomlaganlarning tantanali chiqishlari va hokazolar 
muntazam ishtirok etadi. 
8) Mashg’ulotlar atrofdagilarning duduqlanadigan bolaga nisbatan tо’g’ri 
munosabatda bо’lishlari va uning tо’g’ri tarbiyalanishi asosida olib boriladi. 
Duduqlanadigan bolaning mustaqil ishlashini tashkil etish nutq tarbiyachisi 
vazifalarini oilaviy-maishiy, о’quv-tarbiyaviy sharoitlarda va uning tengdoshlari 
jamoasida bajarilishiga yо’naltiriladi [3]. 
Katta guruhda duduqlanuvchi bolalar bilan logopedik ish sistemasi.
Ish mazmuni. 
Nutqni rivojlantirish va atrofdagi olam bilan tanishtirishga doir mashg’ulotlar
Tasviriy faoliyat va qurishga doir mashgulotlar 
Sentabr, oktabr, noyabr. 
“Kuz”, “sabzavotlar”, “mevalar”, “daraxtlar” leksik mavzularida bolalar 
bilimlarini kengaytirish va aniqlashtirish. Bolalarni predmetlarni, rasmlarni (mevalar, 
sabzavotlar, о’yinchoqlar tasviri bilan) toifalarga guruhlash va ularni 
umumlashtiruvchi sо’zlar bilan nomlashga о’rgatish. Sabzavotlar va mevalar va 
ularning hosili, terib olinadigan yil fasllari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish. 
(Kuzda sabzavot va mevalar pishadi, ularni dehqonlar yetishtiradi va terib oladi. 
Qushlar uzoq о’lkalarga uchib ketadilar, kunlar qisqa, tunlar uzoq bо’ladi. Ob-havo 
о’zgaradi: kunlar soviy boshlaydi, quyosh kamroq sitadi, yomg’irlar yog’adi. Barglar 
sarg’ayadi va tо’kiladi.). 
Yil fasllarining о’zgarishini tо’g’ri ketma-ketlikda nomlashga о’rgatish: kuzdan 
sо’ng qish keladi va b. 
Nutqga bо„lgan diqqatini tarbiyalash. 
Bolalarni nutq namunalarini diqqat bilan tinglashga va kо’rsatilgan ketmaketlikda 
og’zaki topshiriqlarni aniq bajarishga о’rgatish: “Avval bodringni ber, о’ngra pomidor, 
sabzi, piyozni”, “...qо’y”, “...olib kelib ber”, “...olib borib ber”, “...berkitib qо’y‖” va 
b. 
Mustaqil vaziyatli nutqni mashq qildirish. 
Bolalarni natural predmetlar, о’yinchoqlar va predmetli rasmlarni kо’zdan 
kechirish davomida savollarga aniq javob berish, javoblarda predmet, uning qismlari, 
shakli va rangini, predmet hajmi va uning qismlarini, u tayyorlangan material, predmet 
harakati va holatini nomlashga о’rgatish. 
Bolalarni aniq savollarga kо’rgazmali materialga tayangan holda bir sо’z bilan 
javob berishga о’rgatish: “Bu kim?”, “Bu nima?” (qiz bola, archa, nok, bodring...), 
“Predmet hajmiga kо’ra qanday?” (katta, kichik...), “Predmet rangiga kо’ra qanday?” 
(oq, qora, jigarrang...), “Nima qilayapti?” (yotibdi, osilib turibdi, о’tiribdi, о’sayapti...), 
“Predmet qanday materialdan?” (taxtadan, plastmassa, temirdan, shishali...). 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
238


Bolalarni nutq modellaridan foydalanib, duduqlanishsiz sо’z birikmalari bilan 
javob berishga о’rgatish, masalan: Koptok qizil rangda. Shar dumaloq shaklda. Kuchuk 
yotibdi. О’rdak suzayapti. Mushuk gilam ustida yotibdi. О’rganilayotgan mavzu 
bо’yicha yakunlovchi mashg’ulotlarni о’tkazishda о’z javoblarida kо’rgazmalarga 
tayanmagan holda umumlashtiruvchi tushunchalardan foydalanishga о’rgatish.
- Bolalarning badiiy asarlarga bо’lgan qiziqishini va muhabbatini oshirish. 
- Bolalarni badiiy matn mazmuniga kо’ra aniq savollarga javob berishga 
о’rgatish. 
- She‘rlarni ifodali о’qishga о’rgatish. 
Qayta hikoyada asar xarakteri, qahramonlarning kechinmalariga mos ma‘noli 
pauzalar, intonatsiyalarga amal qilish. 
Tarbiyachi о’z mashg’ulotlarida faqatgina bolalarni nutqni tinglashga 
(tushuntirish, kо’rsatma berish) va og’zaki kо’rsatmaga mos ravishda topshiriqni aniq 
bajarishga о’rgatadi. Bolalar tomonidan mustaqil nutqni faol qо’llashdan mustasno 
holatlarda logoped roziligiga kо’ra va chegaralangan hajmda yо’l qо’yiladi. 
Nutqga bо„lgan diqqatini tarbiyalash. 
Bolalarning ishning namunasi namoyishi bilan birgalikdagi og’zaki topshiriqlarga 
diqqatini rivojlantirish. 
Predmetlarning qog’ozda joylashishi (markazda, о’ngda, chapda, tepada, pastda), 
ranglarning, shakllarning qо’llanilishi, predmetlarning ketma-ketligiga kо’ra 
topshiriqlarni esda saqlab qolish va aniq bajarish kо’nikmasini hosil qilish. 
Mustaqil nutqda mashq qildirish. 
Mashg’ulot jarayonida (mashg’ulotga tayyorgarlik, materiallarni tarqatish, 
topshiriqlarni tushuntirish va bajarish, ishni xulosalash) bolalarni savollarga javob 
berishga о’rgatish. 
Turli xarakterdagi faoliyatni bir vaqtning о’zida olib borish kо’nikmasi 
shakllantirish: eshitish va yasash, chizish, kesish; chizish va bir vaqtning о’zida 
savolga javob berish. 
Mashg’ulot davomida qо’llanilayotgan materialni (qalam, qog’oz, kley, plastilin, 
qaychi va b.), tasvirlanayotgan predmetlarni, ularning qismlari, predmet rangi, shakli 
yoki uning qismlari, shuningdek yasash, applikatsiya, chizish, qurish davomida 
bajarilayotgan harakatlarni bir sо’z bilan nomlashda egallangan nutq namunalaridan 
foydalanishga о’rgatish: “Sen nimani chizayapsan?” - Olmani. “Olma shakliga kо’ra 
qanday?” - dumaloq. “Sen nima bilan chizayapsan?” - qalam bilan va b. 
Savollarga sо’z birikmalari (Qog’oz ok. Plastilin yumshoq.), jumlalar (Men 
bodring rasmini chizayapman.) bilan javob berishga о’rgatish [4]. 
Tarbiyachi mashg’ulotlarida bolalar tomonidan mustaqil nutkdan foydalanish 
logoped roziligiga kо’ra chegaralangan miqdorda yо’l qо’yiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
239


Hulosa qilib aytganda bolalarda bunday nuqson asosan qо’zg’alish va 
tormozlanish jarayonlarining muvozanati buzilishlaridan kelib chiqadi. Logoped 
tavsiyalarida
 
bolaning nutqi kechikayotganini yoki tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz 
qilayotganini, duduqlanayotganini sezganingiz zahoti mutaxassislarga murojaat 
qilishingiz lozim. Qancha erta murojaat qilsangiz, nutq nuqsonlari shuncha samarali 
bartaraf etiladi. 

Yüklə 59,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə