maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)


II-BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishi yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ahamiyati va samaradorligi



Yüklə 240 Kb.
səhifə2/10
tarix31.05.2023
ölçüsü240 Kb.
#114455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi.Rushanaga

II-BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishi yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ahamiyati va samaradorligi……………………............................................................

26

2.1. Mashģulotlarda bola psixikasini rivojlantirish usullaridan
foydalanishning ahamiyati ......……………………………………………..

26

2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishida ta'lim-tarbiyaning samaradorligi …………………………………………..………

32

Xulosa…………………………………………….……………………………..

41

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………..……..…………………...……

44



KIRISH.
Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta'lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir . Barkamol shaxsni tarbiyalashda bo'lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar , pedagoglar va psixologlar, ota - onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Kurs ishida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, ya'ni bola tuģilganidan boshlab, maktab yoshigacha bo'lgan davrni qamrab olgan. Psixik taraqqiyot - tug'ilgandan boshlab yosh davrlarini o'tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida tòplagan bilim va tajribalarini o'zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida maktabgacha ta'limga juda katta e'tibor qaratilgan. 1
Ana shu vazifalarni amaliyotda o'z ifodasini toptirishda bolalar psixologiyasi fani muhim rol o'ynaydi . Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi kuzatilmoqda. Bularning barchasi psixologik funksiyalarning yanada takomillashayotganidan darak beradi albatta.
Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti 2 asosiy yo'nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o'rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy hal etish deganda ushbu muammo bilan shug'ullangan asosiy psixologik maktablar va yo'nalishlar vakillarining qarashlari tushiniladi. Bola psixikasini òrganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat qiladigan metodlarni ishlab chiqishni anglatadi. Bola psixikasini o'rganishda tadqiqotchi bir qator prinsiplar, qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo'ladi.

Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə