Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 268,64 Kb.
səhifə2/6
tarix12.04.2023
ölçüsü268,64 Kb.
#105091
1   2   3   4   5   6
3 Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari, (1)

Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq me’yorlari, kishilarni anglashi, Shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha Yoshidagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.

Bog‘cha Yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3-7 Yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:

Bog‘cha Yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3-7 Yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:

-predmetlarni o‘rganishi;

-individual predmetli o‘yinlar, jamoa syujetli-rolli o‘yinlar;

-individual va guruhiy ijod;

-musobaqa o‘yinlari;

-muloqot o‘yinlari;

-uy mehnati.

Yoshdagi bolalarning o‘yinlarini uchga bo‘lish mumkin:

Yoshdagi bolalarning o‘yinlarini uchga bo‘lish mumkin:

1)predmetli o‘yinlar(15-20 minut o‘ynaladi);

2)syujetli-rolli o‘yinlar (30-60 minut o‘ynaladi);

3) qoidali o‘yinlar (1soatdan -2kungacha davom etishi mumkin).

Bog‘cha Yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha Yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar

Bu Yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bilan boshqarish o‘yini, qonstruktiv tipdagi individual predmetli o‘yin, jamoaviy syujetli-rolli o‘yinlar, individual va guruhiy ijod, o‘yin-musobaqa, o‘yin-muloqot, uy mehnati. Kichik maktabgacha Yoshdagi bolalar asosan predmetlar, turli xil o‘yinchoqlar bilan yolg‘iz o‘zlari o‘ynaydilar. O‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yinlarida idrok, xotira, tasavvur, tafakkur jarayonlarini, Shuningdek o‘z harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik Yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida qonkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar xolos.


Yüklə 268,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə