Maktabgacha yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasini berish hamda maenatga ijobiy munosabatini shakillantrish. Qo'qon universiteti, Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi Farangiz Anotatsiya



Yüklə 21,44 Kb.
səhifə2/2
tarix30.12.2023
ölçüsü21,44 Kb.
#164814
1   2
Ashuraliyeva Farangizxon Dilmurodjon qizi

Tadqiqot tuzilishi: 1.Kirish qism. 2.Adabiyotlar taxlili. 3.Tadqiqot metodologiyasi. 4.Natijalar. 5. Xulosa va tavsiyalar. 6. Adabiyotlar royhatidan iborat.
KIRISH: Bugun O’zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish rivojlantrish hamda tarbiya qilish davlat ta’lim siyosatining muhim vazifasi hisoblanadi. Uning asosiy yo’nalishlsri davlat va hukumat, Maktabgacha ta’lim vazirligining qator hujjatlarida aks etgan.
2019 yil 16 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Qonunchilik palatasi tomonidan 22 oktyabrda qabul qilingan va 14 dekabrda Senat tomonidan ma’qullangan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi Qonunni1 imzolandi. Qonun Maktabgacha ta’lim va tarbiya, bolalarni o’qitish va tarbiya qilish, ularni aqliy, ma’naviy-axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantrish hamda umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’limning bir qismi sifatida belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasida Prezident Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston respublikasi
Prezidentining 2017-yil 30-Sentabirdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtrish bo’yicha chora-tadbirlari haqida”gi 5198-Fa1rmoniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil
etildi.Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o’quv-metodik ta’minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish vazifasi yuklatildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy yo’naltrilgan yondashuv – bu ta’lim jarayoni markaziga faoliyat subekti sifatida ta’lim oluvchi qo’yiladigan yondashuvdir. Yetakchi ta’moyili bo’lib ta’lim oluvchining ehtiyojlari, motivlari, tajribasi va dolzarb rivojlanish darajasiga yo’naltrilganlik va yaqin istiqboldagi rivojlanish hududida o’qitish sanaladi.2 Bolalarning mehnat faoliyatlarini o‘zida qamragan mashg‘ulotlar asosan maktabgacha ta’lim yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan jarayonlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun xapakat qila boshladilar. Masalan.: qiz bolalar onalari kir yuvayotganda ayrim kichikroq narsalarni (dastrumolchalarni) chayishda qatnashadilar. Uy va xovlilarni yig‘ishtirib supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni mehnatining natijasiga qarab emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin degan ma’no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, 2uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan - emas balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday "falokat" yuz bergan paytda bolani "anqov, ko‘zingga qapacang bo‘lmaydimi" deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish lozim.Bog‘cha yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi hap bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bo‘lib mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar.Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiqishi mumkin. Bog‘chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo‘ladilar.Umuman, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalariga oilada kuchlari yetadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularni mehnatsevarlikka tarbiyalashda va ularda ayrim mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qilish, bog‘cha hovlisida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining mehnat faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan, ya’ni o‘simliklarga suv qo‘yish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug‘ullanadilar.


1 1 O’zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidag”gi Qonuni //O’RQ-595son 16.12.2019 y

2 ­­L.S. Vigotiskiy



Yüklə 21,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə