Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobilyatlarini



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#134654
1   2   3   4
Altibayeva Gulbaxo r Majitovna


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1795 
Maktabgacha ta'lim tizimida yutuqlarga erishish, islohotlar olib borish, sog‘lom
va barkamol shaxsni tarbiyalashda davlat ta'lim dasturiga asoslangan holda ta'lim va
tarbiya jarayonini sifatli tashkil lozim. Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim va tarbiya
jarayonini sifatli tashkil etish uchun nimalarga e'tibor berish kerak? Avvalo, pedagog
o‘zini shakllantirishi va mashg‘ulot jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Undan
so‘ng esa ta'lim va tarbiya jarayoni uchun qulay va sog‘lom muhit tayyorlash lozim.
Shu sababli ham maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya jarayonida 
zamonaviy va innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanish talab qilinmoqda. 
Hozirgi vaqtda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagogik to‘plamlari intensiv
ravishda olib borilmoqda va o‘z ishlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etmoqdalar. 
Shu sababli, maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tarbiyachilarning asosiy vazifasi –bu 
bolalar bilan ishlashni tashkil etish usuli va shakllarini, shaxsni rivojlantirishning belgilangan 
maqsadga optimal darajada mos keladigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni
tanlashdir. 
Shu maktabgacha ta'limdagi zamonaviy pedagogik texnologiyalar, maktabgacha 
ta'limning davlat standartlarini amalga oshirish uchun yo‘nalish hisoblanadi. 
Pedagogik texnologiya o‘zi nima? Pedagogik texnologiya juda keng ma'no kasb 
etadi. “Pedagogik texnologiya–bu o‘qitishga xos yangicha innovatsion yondashuvdir. U 
pedagogikadagi ijtimoiy muhandislik, tafakkurning ifodalanishi, texno kratik ilmiy
ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta'lim jarayonining muayyan
standartlashuvi deyiladi”, - deb ta'riflaydi B.L.Farberman. Bolalar bilan muloqot qilishda
kattalar pozitsiyasiga rioya qilishadi: “Yonida emas, uning ustida emas, balki birga!”
Uning maqsadi bolaning shaxs sifatida rivojlanishiga hissa qo‘shishidir.
Yaponiyada maktabgacha ta'lim tizimi texnologiyasini olib qarasak, ular o‘z
oldiga avval maqsad qo‘yadi, keyin rejalar tuzishadi. Yaponiya maktabgacha ta'lim
tizimida bola shaxsini shakllantirishga qo‘yilgan qoidalar:
– tarbiyalanuvchilariningiz bilan ijobiy munosabatda bo‘lishingiz kerak; 
– qiziqish asosida sinfni tashkil eting
– buni ular uchun qilmang. Ularga o‘zlari buni qilishiga yordam bering; 
– aniq ko‘rsatma so‘zlar va qalb tilidan foydalaning; 
– har doim turli vaziyatllarga tayyor bo‘ling. 
Hozirgi kunga kelib maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim va tarbiya jarayonini sifatli 
tashkil etishda pedagoglar o‘yin texnologiyasidan keng foydalanishmoqda. Ayniqsa, 
bolaning intellektual salohiyatini, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda didaktik, syujetli-rolli, 
harakatli o‘yinlarning ahamiyati va o‘rni katta. Zamonaviy va innovatsion ta'lim 
texnologiyalardan to‘g‘ri va samarali foydalanish har bir pedagogning pedagogik 
mahoratiga bog‘liq. 
Didaktik o‘yinlar bolalarda mantiqiy fikrlashni, intellektual salohiyatini, diqqatini, 
xotirani kuzatishni rivojlantiradi. Quyida o‘yin texnologiyasining bir qancha turlari bilan


Международный
научный
журнал


(100), 
Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə