Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobilyatlarini



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#134654
1   2   3   4
Altibayeva Gulbaxo r Majitovna


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1796 
tanishib o‘tamiz. “Mavsumni nomlang” o’yini bolalar rasmlarga qarab fasl alomatlarini
takrorlaydilar, undan so‘ng bu alomatlar qaysi faslga tegishli ekanligini takrorlaydilar. 
“Imo-ishoralarni to‘g‘ri ko‘rsating” o‘yini imo-ishoralarning ketma-ket chiziqlardan 
iborat, bolalar qisqa vaqt ichida ko‘rsatilgan ishoralarni takrorlashlari kerak. O‘yinda
sekundometrdan foydalanish o‘yinni yanada qiziqarli qiladi. 
O‘yin orqali bolada qo‘l matorikalari, harakat tezligi, xotira va diqqat rivojlanadi. 
“Uyushma gullari” o‘yini gulning yadrosi so‘zlari bola tomonidan namoyish etilgan
barglar mavzusidagi assotsiatsiyalar yordamida topiladi. O‘yin assotsiativ fikrlashni,
ob'yektlar o‘rtasidagi sabab oqibat munosabatlarini topishga o‘rgatadi. Kuzatuvchanlikni, 
diqqatni rivojlantiradi. “Aksini ayt” o‘yini тayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun
vazifa murakkablashishi mumkin. Bu mashg‘ulotni rasmlarni namoyish qilmasdan 
o‘tkazish maqasadga muvofiq. Ushbu o‘yin maktabgacha yoshdagi tayyorlov guruhi 
bolalar bilan ta'lim faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Uning yordami bilan tahlil
qilishni, mantiqiy xulosalar chiqarishni, antonimlarni tanlashni, iboralarni to‘g‘ri 
shakllantirshni o‘rganadilar. 
O‘yin xotirani, konsentratsiyani, fikrlash qobilyatini, eshitish qobilyatini
yaxshilaydi, so‘z boyligini boyitadi. Pedagogning maqsadi bolalarning shaxs sifatida
rivojlanishiga hissa qo‘shishdir. Bunga pedagogik texnologiyalar yordam beradi.
Maktabgacha ta'lim tizimida pedagoglarning asosiy vazifasi– bolalar bilan ishlashni
tashkil etish usullari va shakllarini, maqsadiga optimal darajada mos keladigan 
innovatsion pedagogik texnologiyalar tanlashdir. 
Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash kerakki, uzluksiz ta'lim tuzimining muhim bo‘g‘ini 
bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, yosh avlodni yuksak 
salohiyatli, intellektual qobilyatli shaxsni shakllantirish, maktab ta'limiga sifatli
tayyorlash maktabgacha ta'lim tizimining qolaversa, pedagog-tarbiyachilarning asosiy
vazifasi ekan, tizimni professional tashkil etish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari va 
zamonaviy innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish zarur.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə