Malakaviy amaliyotini o’tkazish



Yüklə 29,26 Kb.
səhifə2/4
tarix26.05.2023
ölçüsü29,26 Kb.
#113279
1   2   3   4
Amaliyot hisoboti kirish

Bo’linma nomi: “YUNUSOBOD TUMAN SHAROB SAVDO” MCHJ buxgalteriya bo’limi
Bo’linma funksiyalari
- Buxgalteriya hisob raqamlarida xo‘jalik operatsiyalarini, vositalar harakatini, daromad va harajatlarni shakllantirishni va majburiyatlarni bajarishni aniq va o‘z vaqtida aks ettirish;
- Tovar moddiya zaxiralarini harakati hisobini o’z vaqtida va to’g’ri tashkil etish, omborxonaga kelgan va omborxonadan chiqib ketayotgan tovar moddiy zaxiralarini modiy javobgar shaxslar tomonidan o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirilishini va hisobini yuritishni, omborxonadagi tovar moddiy zaxiralari qoldiqlarini har oyda ichki nazoratdan o’tkazish;
- Tashkilot tomonidan mehnat uchun haq to‘lash fondining sarflanishini va ishchilarga haq to‘lash hisoblarining to‘g‘riligini, inventarizatsiya o‘tkazishni, buxgalteriya hisobi va hisobotlar yuritish tartibini hamda qonuniy taftishlar o‘tkazilishini nazorat qilish;
- Tashkilot ichki auditida buxgalteriya hisobi va hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida moliyaviy tahlil o‘tkazishda va soliq siyosatini shakllantirishda ishtirok etish;
- Korxonaning moliyaviy faoliyati natijalarini yaxshilashga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish, moliyaviy yo‘qotishlarni va ishlab chiqarishga qaratilmagan harajatlarni yo‘q qilish;
- Moliyaviy va buxgalteriya tartib qoidalariga rioya etishni ta’minlash, yetishmovchiliklarning, debitorlik qarzdorliklarning va boshqa yo‘qotishlarning buxgalteriya hisobi hisobotlaridan chiqarishni qonuniyligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borish.
- Soliqlar va yig‘imlar bo’yicha hisobotlarni o’z vaqtida topshirish va ularni respublika, mintaqaviy va mahalliy byudjetlarga, sug‘urta badallarini davlat byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlarga, o‘z vaqtida o‘tkazib berish;
- Korxona ta’sischisiga korxonaning moliyaviy holati to’g’risidagi axborotlarni taqdim etish.
Ushbu mavzu bo‘yicha bitiruv oldi malakaviy amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. Amaliyot obyektining Nizomi;
2. Korxonaning hisob siyosati;
3. Amaliyot obyektining tashkiliy tuzilmasi.

Yüklə 29,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə