Hozirgi kunda inson faoliyatida
ma’lumotlar bazasi (MB)
kerakli
axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rolь o‘ynamoqda.
Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli
ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz.
Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining
eng dolzarb hal
qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining
tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi
holatlar insoniyatni bu
ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib
topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni
yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda.
Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar
bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’lumki,
MB tushunchasi fanga kirib
kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur
tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan
masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar
qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan
dasturlardan foydalanishni
qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari
haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi
- bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi
ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni
tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi.
Masalan, korxona, zavod,
ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va
boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda
ikkita muhim shartni
hisobga
olmoq
zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga
bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki
ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish
talab etilmasligi
lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror
programma tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal
qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz,
ya’ni axborot so‘zini umumiy
tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda
aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha
tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni
faqat
ma’lumotlar
tizilmalashtirilgan
holda
bajarish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: