mablag‘lari), mulkni tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi turli o‘lchov birliklaridagi batafsil
tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maqbul shakl va mazmunda taqdim etish tizimidir.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan
yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan
shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxslar qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobni yuritadi va buxgalteriya (moliya)
hisobotini taqdim etadi.
О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonuni 30.08.1996 yil 3- modda
15
obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlar jamlama hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Analitik
hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
2
Tushunarlilik, ahamiyatlilik, ishonchlik va solishtirish imkonining mavjudligi
buxgalteriya
axborotining to‘rtta asosiy xususiyati
dir.
Tushunarlilik.
Qaror qabul qilishda axborotdan to‘liqroq foydalanish maqsadida u tushunarli
bo‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik
. Moliyaviy hisobotlardan foydalanishda tashqi foydalanuvchilar to‘g‘ri qaror
qabul qilishi uchun buxgalteriya axborotlari yaroqli bo‘lishi kerak. Buxgalteriya axborotlari
quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
-
iqtisodiy kelajakni istiqbol qilish;
-
istiqbol qilishning kelgusi texnik uslublarini takomillashtirish maqsadida oldingi
istiqbollarning to‘g‘riligini tasdiqlash. Buxgalteriya axborotining ahamiyatlilik darajasini qo‘yidagi
uch jihati yordamida o‘lchash mumkin.
-
ayni paytlilik;
-
istiqbol
qilishning muhimligi;
-
teskari aloqa.
Ishonchlilik.
Buxgalteriya axborotining ishonchliligi, avvalambor, uning xato va
kamchiliklardan xolisligini bildiradi. U axborotning asosiy mazmunini to‘g‘ri ochib berishi kerak.
Axborotning uchta mezonga muvofiq tekshiriladi.
1.
To‘g‘ri aks ettirish, ba’zida ishonchlilik deyiladi;
2.
Tekshirish imkoniyatining mavjudligi, aniqligi tekshirilishi mumkin bo‘lgan hujjatlar
ma’lumotlar manbasining auditorlik tekshiruvini nazarda tutadi;
3.
Betaraflilik – moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga ta’sir etish uchun hisobotlarda
burttirilgan nuqtai nazarlar yoki asoslanmagan fikrlardan foydalanish mavjud bo‘lmaganda,
ma’lumotlar betaraflilik mezoniga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: