Solishtirish imkonining mavjudligi
– bu bir turdagi axborot ichida emas, balkim ikki xil
turdagi axborot orasidagi munosabatga xos belgidir. U foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlarning
ikki to‘plamidagi berilgan axborotlar orasidagi o‘xshashliklar va farqlarni topish imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobining tamoyillari
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonuning 6 – moddasida buxgalteriya hisobining qo‘yidagi tamoyillari huquqiy
jihatdan asoslandi.
- buxgalteriya hisobining ikki yoqlama yozuv
-
usulida yuritish;
2
Ushbu Qonun 4-modda
16
-
uzluksiz;
-
xo‘jalik operasiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi;
-
aniqlik;
-
hisoblash;
-
oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik yoki korservatizm);
-
mazmunning shakllardan ustunligi;
-
ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;
-
moliyaviy axborotning betarafligi;
-
hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
-
aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
1998 yil 14 avgustda 475 – son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro‘yxatga
olingan O– BHMS (buxgalteriya hisobining milliy standarti) da buxgalteriya hisobining qo‘yidagi
asosiy tamoyillari belgilab berildi:
-
hisoblash;
-
ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish;
-
uzluksizlik;
-
xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash;
-
ishonchlilik;
-
ehtiyotkorlik (konservatizm);
-
mazmunning shakldan ustunligi;
-
ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;
-
betaraflik ;
-
hisobot davri daromadlari bilan xarajatlarning muvofiqligi;
-
aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;
-
tushunarlilik;
-
ahamiyatlilik;
-
muhimlilik;
-
haqqoniy va xolis taqdim;
-
tugallanganlik;
-
izchillik;
-
o‘z vaqtida taqdim etish.
Hisoblash tamoyili.
Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida pul mablag‘larini olish
yoki to‘lash asosida emas, balki ularning hisoblanishi yoki paydo bo‘lishi bilan e’tirof etiladi va
moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
17
Ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyili
, xo‘jalik yurituvchi subyekt
buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama yozish tizimi asosida yoritilishi kerakligini bildirada. Ikki
yoqlama yozish tizimi sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bo‘yicha tegishli summani bitta schyotning
debet tomoniga va aynan shu summani ikkinchi schyotning kredit tomoniga qayd qilishdan iborat
bo‘ladi.
Uzluksizlik tamoyili
. Xo‘jalik yurituvchi subyekt doimiy faoliyatini noma’lum uzoq
muddatgacha davom ettiruvchi sifatida qaraladi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat
ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi.
Xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash tamoyili.
Moliyaviy hisobotlarda
axborotlarni umumlashtirish maqsadida barcha xo‘jalik muomalalari yoki voqealar pul birligida
o‘lchanishi kerak.
Ishonchlilik tamoyili
. Axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli hisoblanadi.
Muomalalar yoki voqealarning ishonchliligi birlamchi hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi
kerak.
Ehtiyotkorlik tamoyiliga
rioya qilish, qarorlar qabul qilishda aktiv va daromadlar bo‘rttirib
ko‘rsatilmasligi va majburiyatlar va xarajatlarni yetarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslikni
anglatadi.
Mazmunining shakldan ustunligi tamoyili
.
Agar hisob hujjatlari va moliyaviy hisobotlardagi axborotlar muomalar va voqealarning
mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborotlar uning huquqiy shakli bilangina emas,
balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.
Ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligi tamoyili.
Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot, boshqa
hisobot davridagi xuddi shunday axborot bilan taqqoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar
xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotlarini tayyorlashda foydalanadigan hisob
siyosatidan, undagi barcha o‘zgarishlardan va ushbu o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishi
kerak.
Bartaraflik tamoyili
.
Moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan holi bo‘lishi
kerak.
Hisobot davri daromadlari bilan xarajatlarning muvofiqligi tamoyili.
Hisobot davri
daromadlari bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot
davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi tamoyili.
18
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash ularning tannarxi yoki sotib olingan narxini
baholash uchun asos bo‘lishni nazarda tutadi.
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq qilishi
mumkin.
Tushunarlilik tamoyili.
Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilar uchun
tushunarli bo‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik tamoyili
.
Moliyaviy axborotdan foydalanuvchilar tomonidan qarorlarni qabul qilish jarayonida, ularning
ehtiyojlarini qondirish va ularga subektning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatiga baho berishda
ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak.
Muhimlilik tamoyili.
Moliyaviy hisobotlarda axborotni kiritmaslik yoki noto‘g‘ri taqdim etish axborotdan
foydalanuvchilarning qabul qilgan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etsa, u muhim hisoblanadi.
Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati (muhimligi) ham ta’sir
etishi mumkin.
Haqqoniy va xolis taqdim etish tamoyili
.
Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli,
muomalalarning natijalari, pul mablag‘larining xarakati to‘g‘risida haqqoniy va xolis tasavvur
yaratishi kerak.
Tugallanganlik tamoyili.
Moliyaviy hisobotlarning ishonchligini taminlash maqsadida, hisobot davridagi axborot
yetarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak.
Izchillik tamoyili.
Hisob siyosati bir davrdan boshqa davrga izchil o‘tkazilishini nazarda
tutadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishning
yo‘nalishlarini aniqlanashi uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash imkoniyatiga ega
bo‘lishlari kerak.
O‘z vaqtida taqdim etish tamoyili.
Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi
natijasida u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun
bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo
bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot ba’zi jihatlar
ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta naf
keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: |