Mamajonova zulayho ahadjon qizining ilmiy amaliyot hujjatlari


-bob. Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə17/21
tarix31.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114770
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
00 Stajirovka Mamajonova

7-bob. Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi
44. Magistratura talabasi stajirovka o‘tab bo‘lgandan so‘ng, stajirovka bo‘yicha yozma ravishda hisobot tayyorlaydi.
45. Stajirovka yakunlari bo‘yicha hisobotda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim:
stajirovka muddati, stajirovka o‘talgan tashkilotning nomi, joylashgan yeri;
OTMdagi stajirovka rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari haqida qisqacha ma’lumotlar,;
stajirovka dasturida ko‘rsatilgan tadbirlarning bajarilganlik holati, bajarilmagan tadbirlar bo‘yicha magistratura talabasining asosli tushuntirishlari va tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar;
stajirovka xorijda o‘talgan bo‘lsa, OTM xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limining xorijda o‘talgan stajirovka bo‘yicha xulosalarini aks ettiruvchi ma’lumotlar;
stajirovka bo‘yicha hisobotning ilmiy konfrensiyalarda ma’ruza qilinganligi va mazkur ma’ruzaning muhokama natijalariga ko‘ra ijobiy baholanganligini, ilmiy nashrlarda chop etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar, agar mavjud bo‘lsa;
magistrlik dissertatsiyasi (dissertatsiyaning rejalashtirilgan qismi) bo‘yicha amalga oshirilgan tajriba sinovlari yoki tadqiqot ishlari natijalari haqidagi ma’lumotlar;
sohani takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan asosli amaliy takliflar;
stajirovka o‘tash bo‘yicha boshqa muhim masalalar.
46. Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi stajirovka yakunlangandan so‘ng, bir oy ichida OTMda tashkil etiladi.
47. Stajirovka natijalari bo‘yicha magistratura talabasi tomonidan stajirovka yakunlangan kundan e’tiboran 3 kun ichida OTM buxgalteriyasiga stajirovka davomida qilingan maqsadli xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (borish-kelish yo‘l xarajatlari chiptalari, turar joy (mehmonxona) to‘lovlari kvitansiyalari va boshqa hujjatlar) ilova qilingan holda xarajatlar haqida hisobot taqdim etiladi.
48. Magistratura talabasi OTMda stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi o‘tkazilgunga qadar stajirovka bo‘yicha hisobotni dastlab mutaxassislik kafedrasi yig‘ilishida himoya qiladi. Himoya yakunlari bo‘yicha mutaxassislik kafedrasi tomonidan yozma ravishda xulosa beriladi.
49. Magistratura talabasi stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi o‘tkazilishidan kamida 5 kun oldin OTMdagi stajirovka rahbariga stajirovka yakuni bo‘yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
stajirovka bo‘yicha hisobot;
stajirovka kundaligi;
stajirovka o‘tash vaqtida to‘plangan materiallar yig‘majildi (ularning ro‘yxati stajirovka kundaligida aks ettirilgan bo‘lishi lozim). To‘plangan materiallar yig‘majildi stajirovka bo‘yicha baho qo‘yilgandan so‘ng, kelgusida o‘quv va amaliy faoliyatda foydalanish uchun magistratura talabasiga qaytarib beriladi.
50. OTMdan stajirovka rahbari stajirovka yakuni bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib, stajirovka kundaligida stajirovka o‘tash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.
51. Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi OTM rektori (direktori) buyrug‘i bilan OTMning malakali va tajribali pedagog xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan OTMda o‘tkaziladi.
52. Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasida qabul qiluvchi tashkilot vakili ishtirok etishi mumkin. OTMning xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi xodimi (magistratura talabasi xorijda stajirovka o‘tagan bo‘lsa), OTMdan stajirovka rahbari stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasida ishtirok etishi shart, ular uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan hollar bundan mustasno.
53. Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi komissiya a’zosining stajirovka bo‘yicha rahbarlar xulosalarini o‘qib eshittirishidan boshlanadi.
Stajirovka rahbarlari xulosalari o‘qib eshittirilgandan so‘ng, magistratura talabasining stajirovka bo‘yicha xulosasi, stajirovka davomida to‘plagan materiallari, shuningdek stajirovkaga oid taklif va mulohazalari tinglanib, komissiya tomonidan muhokama qilinadi.
54. Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi quyidagi mezonlariga asosan baholanadi:
magistratura talabasining nazariy va amaliy bilimlari darajasi;
magistratura talabasi tomonidan stajirovka davomida to‘plangan materiallarning tuzilishi darajasi va sifati hamda stajirovka o‘tash davomida o‘rganilgan masalalarning yoritib berilishi;
bildirilgan takliflarning asosliligi va amaliy ahamiyati.
55. Stajirovka bo‘yicha hisobot himoyasi natijalari 100 (yuz) ballik tizimda baholanadi va shu kunning o‘zida magistratura talabasiga e’lon qilinadi.
56. Magistratura talabasi stajirovka bo‘yicha hisobotni ilmiy konfrensiyalarda ma’ruza qilsa va mazkur ma’ruza muhokama natijalariga ko‘ra ijobiy baholansa, shuningdek ilmiy maqola sifatida ilmiy nashrlarda chop ettirsa, u hisobotni rasmiy himoya qilgan hisoblanadi.
57. Stajirovka bo‘yicha hisobot ilmiy konfrensiyalarda ma’ruza qilinganligi va mazkur ma’ruza muhokama natijalariga ko‘ra ijobiy baholanganligini, ilmiy nashrlarda nashr etilganligini tasdiqlovchi hujjat(lar) komissiyaga taqdim etiladi. Bunda hisobotni himoya qilish talab etilmaydi hamda u ma’ruza va maqolaning sifatiga qarab komissiya tomonidan baholanadi.
58. Stajirovka bo‘yicha qo‘yilgan ball fanlar bo‘yicha qo‘yiladigan ballarga tenglashtiriladi va umumiy o‘zlashtirish yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi.
Stajirovka yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho qo‘yilganda, magistratura talabasi stajirovka bo‘yicha hisobotni bir oy ichida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta himoya qilish huquqiga ega. Bunda OTM rektorining (direktorining) tegishli buyrug‘i chiqarilishi lozim.
Stajirovka bo‘yicha hisobotni qayta himoya qilish yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho qo‘yilganda, shuningdek stajirovka uzrli sabablarsiz o‘talmaganda magistratura talabasi akademik qarzdor deb hisoblanadi va belgilangan tartibda talabalar safidan chetlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Magistratura talabasi stajirovkani uzrli sabablarsiz o‘tamaganda, stajirovka o‘tash bilan bog‘liq barcha xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
(59-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Magistratura talabasining og‘ir kasalligi, favqulodda holatlar (yaqin qarindoshining vafot etganligi yoki uning oilasiga jiddiy moddiy (ma’naviy) zarar yetkazgan voqea va shu kabi boshqa holatlar) yuz berganligi sababli, stajirovka o‘tashga bora olmaganligi yoki stajirovka dasturini to‘liq yakunlay olmaganligi uzrli holatlar deb topiladi. Bunda magistratura talabasi ushbu holatlar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə