Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiya faoliyatining mikro va makroiqtisodiy ahamiyati



Yüklə 63,44 Kb.
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü63,44 Kb.
#149486
1   2   3
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiya va innovatsiya faoliyatining ahamiyti

1-jadval





2016 y

2017y

2018y

2019y

2020 y

Davlat byudjeti(%)

4.3

4.8

4.5

8.5

6.5

Tijorat
kreditlarii(%)

10.8

12.6

17.8

15.7

14.1

Chet el
investisiyalari(%)

20.7

23.8

24.3

39.2

42.9

Investisiyalar moliyalashtirish manbalari2
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investision muhitni yanada yaxshilash, ishlab chiqarishni kengaytirish va uning samaradorligini oshirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, jahon amaliyoti va tajribasidan kelib chiqib, biznesning investisiya va innovasion faoliyatiga to’sqinlik qilayotgan muammolarni endi oddiy vositalar bilan, ya’ni imtiyozlar berish yoki yangi deklarativ me’yorlarni nashr etish bilan hal qilishning imkoni yo’q. Xususiy investisiyalarni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish talab etiladi. Biznes bilan doimiy muloqot, muayyan sektorlarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan to’siqlarni aniqlash va yengib o’tish bo’yicha astoydil ish olib borish kerak. Shu munosabat bilan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faol ish olib borish orqali xorijiy investisiyalar oqimini ko’paytirish mumkin. Birinchidan, iqtisodiy o’sishning bir maromdagi yuqori va barqaror sur’atlarini saqlab qolish uchun mamlakat iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh, bank tizimi aktivlarining katta qismi xususiy investorlar qo’lida bo’lgan modelini shakllantirish zarur. Ikkinchidan, investisiyaviy jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o’sishning asosiy omillaridan biri bo’lgan infratuzilmaga yo’naltirilgan investisiyalarining jadal o’sishini ta’minlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni moliyalashtirish vositalarini rivojlantirish orqali investisiyaviy faoliyatni rag’batlantirish ham faol tarzda olib borish.
Uchinchidan, raqamlashtirish va davlat xizmatlarini masofaviy taqdim etish orqali investisiya loyihalarini amalga oshirishda byurokratik to’siqlar va cheklovlarni to’liq bartaraf etish uchun investorlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar optimallashtirilmoqda. Shaffoflikni maksimal darajada ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish uchun xorijiy investorlarning murojaatlari va so’rovlari bilan ishlashni tashkil etish sifati yaxshilash.
To’rtinchidan, ish kuchi va kapitalning iqtisodiyotning qonuniy sektorlaridan yashirin iqtisodiyotga oqib ketishiga olib keladigan tranzaksiya xarajatlarining kamaytirish.
Beshinchidan, kelgusida texnologik yutuqlarga erishish nuqtasiga aylanishi va keyingi 20-30 yil davomida mamlakat ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlanishi uchun zamin yaratishi mumkin bo’lgan O’zbekistonning eng istiqbolli sohalariga yo’naltirilgan investisiya siyosati strategiyasi ishlab chiqish.
Investisiya muhiti mamlakatdagi barcha faoliyat sohalariga ta’sir ko’rsatishini inobatga olgan holda, islohotlar ko’lami iqtisodiy, institusional, ta’lim, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi, suv ta’minoti, energetika, transport va boshqa yo’nalishlarni qamrab oladi.


Xulosa
Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlatning markazlashtirilgan kapital quyilmalari faqat quyidagilarga ajratiladi;

  • respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha investisiya loyihalarini davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;

  • egasining nomi ko’rsatilgan uy-joy obligatsiyalari bo’yicha uy-joy qurilishiga;

  • aholi yashaydigan joylarning, birinchi navbatda, yakka tartibda qurilgan uy- joy mavzelarining muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;

  • yangi yerlarni o’zlashtirish va sug’oriladigan yerlarni tiklashga, suv xo’jaligi qurilishi va kichiq gidroenergetikani rivojlantirishga;

  • maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infrato’zilmasining boshqa tarmoqlari ob’ektlarini qurilishiga;

  • davlat boshqaruvi organlari, xuquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy muassasalarining moddiy texnika bazasini rivojlantirishga va mustahkamlashga;

  • umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshoatlarini qurishga.

Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirildigan arkazlashtirilgankapital qo’yilmalar limitlari quyidagilar hisobiga belgilanadi:

  • davlat byudjeti va davlat byudjetidan tashqari fondlar mablag’lari belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetini shakllantirish chog’ida va yig’ma byudjet tarkibida tasdiqlanadi. Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy investisiyalar va kreditlar esa, alohida ustuvor investisiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosida tasdiqlanadi. Mmlakatimiz hududidagi korxonalarning asosiy vositalariga kiritilayotgan investisiyalarda xorijiy investisiyalarning salmog’i yildan yilga ortib bormoqda. Yillar kesimida asosiy vostilarga kiritilayotgan investisiyalar miqdorini tahlil qiladigan bo’lsak, 2016 yilda 51232.0 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yilga kelib 72155.2 mlrd so’mga yetdi, ya’ni 20923.2 mlrd so’mga oshgan. 2018 yilda esa 124231.3 mlrd so’m, yani 2017 yilga nisbatan 72999.3 mlrd

so’mga oshgan va 2019 yilda 195927.3 mlrd so’mni, 2020 yilda esa 202000.1 mlrd so’mni tashkil etgan. 2020 yil yakuniga ko’ra, asosiy kapitalga qo’yilgan investisiyalar hajmi real qiymatida 2019 yilga nisbatan 8,2 foizga kamaygan va 202 trln so’mni tashkil qilgan. Markazlashtirilgan manbalardan moliyalashtiriladigan investisiyalar hajmi 34,9 foizga kamayib, 39,3 trln so’mni tashkil etgan. Shuningdek, byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan investisiyalar 33,6 foizga, O’TTJ mablag’lari 75,7 foizga, hukumat tomonidan ta’minlangan xorijiy investisiyalar va kreditlar 28 foizga kamaygan. 2020 yilda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar hajmi 32,7 foizga (kafolatlanmagan xorijiy kreditlarni inobatga olmagan holda) kamayib, 2,9 mlrd dollarni (dollar ekvivalentida pasayish 33,8 foizga yetdi) tashkil etgan.



Yüklə 63,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə