“TA’lim to‘G‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati o‘RQ–637



Yüklə 239,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix27.09.2023
ölçüsü239,04 Kb.
#123948
  1   2   3   4   5   6
ta-lim-to-g-risida-gi-qonunning-mazmun-mohiyati



 
“O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” 
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
 
369
“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI 
(O‘RQ–637, 23.09.2020) 
Normurodova Aqida Yigitali qizi 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Aniq va tabiiy fanlar” fakulteti
“Matematika va fizika” kafedrasi 3-kurs talaba 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7361616
 
Annotatsiya. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yangi “Ta`lim to`g`risida”gi 
qonunga imzo qo`yildi. Bu albatta biz yoshlar uchun muhim qadam hisoblanadi. Men shuni 
aytishim kerakki, ta`lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish kerak, chunki ta`lim tizimi 
samarali olib borilsa mamlakat rivojlanadi. Mana shu kundan boshlab Yaponiya, Koreya, 
Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqqan 
holda ta`lim tizimi va samarali o`qitish tubdan o`zgardi. Ta`lim mamlakat kelajagining hayot-
mamotidir. Har bir davlat aynan kuchli ta`lim tizimini yaratish va uni muntazam takomillashtirib 
borish haqida bosh qotiradi. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni 1997-yil qabul 
qilingan bo`lib, bugungi zamon shiddatlariga, umuman yangilanish, rivojlanishlarga javob 
bermay qolgan edi. 
O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni 11 bob, 75 ta moddadan iborat 
bo`lib, amaldagi qonunning 34 ta moddasidan 33 tasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar 
kiritilgan. Qonunning asosiy maqsadi, ta`lim sohasidagi faoliyati, jumladan ta`limning turlari, 
shakllari, tizimni boshqarish, sifatni nazorat qilish, ta`lim-tarbiya ishtirokchilarining samarali 
hamkorlik qilish mexanizmlarini ta`minlashdan iboratdir. Qonunning asosiy jihatlaridan yana 
biri shuki, mamlakatimizda ta`limni tashkil etishda alohida etibor qaratib kelinayotgan ta`lim va 
tarbiyaga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi, shu paytgacha asosiy 
prinsip sifatida belgilanmagan edi. Endilikda ushbu prinsip qonun bilan belgilandi. 
Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek 
investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy-
iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi. 
Kalit so`zlar: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonun, Professional ta’lim, Boshlang‘ich professional 
ta’lim, O‘rta professional ta’lim, O‘rta maxsus professional ta’lim, Imtiyozli kontingent uchun 
qo‘shimcha qabul parametrlari. 

Yüklə 239,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə