“TA’lim to‘G‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati o‘RQ–637


Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta`lim



Yüklə 239,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix27.09.2023
ölçüsü239,04 Kb.
#123948
1   2   3   4   5   6
ta-lim-to-g-risida-gi-qonunning-mazmun-mohiyati

Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta`lim 
umumta`lim o`quv dasturlarini, zarur bilim, 
malaka hamda ko`nikmalarni o`zlashtirishga qaratilgan. 
Umumiy o‘rta ta’lim I–XI sinflarni o‘z ichiga oladi. 
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil 
mobaynida amalga oshiriladi va ta`lim oluvchilarning intellectual qobiliyatlarining jadal 
rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-hunarga va shaxsga yo`naltirilgan 
ta`lim olishni ta`minlaydi. 
Professional ta’lim 
boshlang‘ich professional ta`lim, o‘rta professional ta`lim va o‘rta 
maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi. 
Boshlang‘ich professional ta’lim
kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari 
negizida kunduzgi ta’lim shakli bo`yicha umumta`lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining 2 
yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi. 
O‘rta professional ta’lim
kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida 
davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy 
o`rta, o`rta maxsus ta`lim hamda boshlang`ich professional ta`lim negizida amalga oshiriladi. 
O‘rta maxsus professional ta’lim
texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-
shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari 
bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Oliy ta`lim 
bakalavriat ta`limy o`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha 
yuqori malakali kadrlar tayyorlashini ta`minlaydi.Oliy ma`lumotli kadrlarni tayyorlash oliy 
ta`lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. 
Oliy ta`lim ikki bosqichga-bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. 
Bakalavriat 
oliy ta`lim yo`nalishlaridan biri bo`yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka 
va ko`nikmalar beradigan, o`qish davomiyligi kamida 3 yil bo`lgan tayanch oliy ta`limdir. 
Magistratura 
tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo`yicha o`qish 
davomiyligi kamida 1 yil bo`lgan oliy ta`limdir. 

Yüklə 239,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə