Mamlakatimizning turli hududlarida ganchkorlik



Yüklə 441,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix31.05.2023
ölçüsü441,75 Kb.
#114687
1   2   3   4
mamlakatimizning-turli-hududlarida-ganchkorlik-sanatinining-rivojlanish-tarixi

ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1205
ganchning ajoyib xususiyatga ega ekanligini bilib saroylar va boshqa joylarni bezay 
boshlaganlar.
Varaxshadan VII—VIII asrlarga oid ganch o‘ymakorligi namunalari topilgan. 
Ularda qushlar, hayvonlar, baliqlar, o‘simliksimon va geometrik shakllar tasvirlangan. 
X—XI asrlarda naqqoshlik, yog‘och, tosh va ganch o'ymakorligi yanada rivojlandi. 
Murakkab abstrakt tasvirni aks ettiradigan naqshlar paydo bo‘ldi. Ganch o'ymakorligi 
ishlari uyning ichki va nam tegmaydigan tashqi qismida ham qo‘llanildi. Termiz 
maqbaralaridagi ganch o‘ymakorlik san’atirii o‘sha davrning yuqori cho‘qqisi desa 
bo‘ladi.
XIII asrda ganchkorlik san’ati yanada yuksaldi. Bunga Afrosiyobdan topilgan 
ajoyib ganch o‘ymakorligi ishlari misol bo‘la oladi. XIV-XVIII asrlarda ham 
binolarning ichki qismlarini bezatishda ganchkorlik san’atidan foydalanilgan. 
Ganchkorlikning gullab-yashnagan davri XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlari 
bo‘ldi. XIX—XX a srlard a buyuk ganch o‘ymakorlaridan Abdurahim Hayotov, Usta 
Murod, Usta Fuzayl, Usta Hayot Nosir, Usta hoji Hafiz, Usta Nasrulloboy, Usta 
Abdujalil, Usta Azim, Usta Omonullo, Usta Shamsiddin G ‘ofurov, Usta Ibrohim, Usta 
Savri, Usta Abdufattoh va boshqalar faoliyat ko‘rsatdilar. XX asr boshlaridagi ishlarda 
o‘yma relyefli mayin uslub paydo bo‘ldi. Rangli ganchlar, bo‘yoqlar, naqsh va tasvirlar 
qo‘llanila boshladi.
0‘zbekistonda o‘ziga xos ganchkorlik maktablari mavjud bo‘lib, har – bir 
hududning alohida uslublari bo‘lgan va bu uslublar bir-biridan tubdan farq qilgan. 
Shulardan biri Xorazm ganchkorlik maktabidir. Xorazm me’morchiligida 
geometrik naqshlarga keng o ‘rin berilgan bo‘lib, ular boshqa viloyatlarga qaraganda 
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o‘simliksimon naqshlar spiral shaklida 
aylanmaligi, dinamikligi bilan farq qiladi.Islimiy naqshlar ko‘pincha yaxlit-yaxlit 
turunj, madohil, qalampir, bodomga o‘xshash tanob shakllarining takrorlanishidan hosil 
bo'ladi. Ba’zi hollarda turunj, madohil tanoblari o‘rniga yulduzsimon girihlar ham 
ishlatiladi. Islomiy naqshlarda novda juda ko‘p ishlatilib, marg‘ula, barg, uch barg, 
shukufta, oygul, no‘xot gul, kurtak va g‘unchalar ko‘p qo‘llaniladi. Xiva 
ganchkorligidagi eng xarakterli tomonlardan biri naqshlarning erkin va harakatchanligi, 
jo‘shqinligidir. Bu maktab ustalari naqshlarni ko‘p hollarda ko‘k va yashil rang bilan 
bezaganlar. Ro‘zimat Masharipov, Karimbergan Rahimov, Karimbergan Polvonov, 
Yusuf Xudoyberganov, Bekjon Yoqubov, Odamboy Bobojonov, Odamboy Yoqubov 
kabilar Xorazm ganchkorlik maktabi namoyandalaridir.
Agar ganchkorlikga chuqurroq nazar soladigan bo‘lsak Buxoro ganchkorlik 
maktabi bu sohada eng mashhuri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buxoro maktabi ishlari 
o‘yma ganchlarning yirikligi, mayinligi, jozibadorligi va boshqa tomonlari bilan ajralib 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 441,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə