Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)

Yevropa er-
kin savdo assotsiatsiyasi 
(
YESA
), 
YIH
ga kirmagan mamlakatlarni 
(Avstriya, Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shveysariya, Shvetsiya) 
birlashtirgan bo‘lib ingliz tovarlari uchun qulay muhit yarata olma-
di. Shu sababdan 1961 yildan Angliya 
Umumiy bozorga 
qo‘shilish 
140


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG 
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 
bo‘yicha muzokaralarni olib borishni boshladi, va muzokaralar 
faqatgina 1973 yilga kelib muvaffaqiyat bilan tugadi. 
XX asr 60-70-yy.ning ikkinchi yarmida mamlakat iqtisodiyoti 
murakkab holatda edi. Bunga 1973 yildagi jahon energetik inq-
irozi, 1975 yildagi siklik inqiroz, va leyboristlar hukumatining ijti-
moiy dasturlarga katta xarajatlari sababchi bo‘ldi. 
◄ “Tetcherizm”.

1979 yilda Angliyada M.Tetcher boshchiligidagi hukumat rah-
barlik qila boshladi. “Tetcherizm” tushunchasi, huddi “reygano-
mika” kabi, jahon iqtisodiy adabiyotiga kirib, iqtisodiy siyosatning 
yangi konseptual ko‘rinishlarini (neoliberalizm

yoki “yangi kon-
servatizm” doirasida, neokeynsian tartibga solish konsepsiyalari-
dan voz kechganlikni) aks ettira boshladi. 
Neokeynschilar 
– Keynsning izdoshlari, ular Keynsning samar-
ali talab nazariyasini to‘ldirishgan va aniqlashtirishgan edi. Ular 
tomonidan turli kon’yunktura holatlarida (pasayishda va o‘sishda) 
iqtisodiyotni davlat budjeti orqali tartibga solish nazariyasi yara-
tilgan edi. 
Siyosat borasida Reygan va Tetcher chin konservator edilar. 
Amalga oshirilgan raqobatni qo‘llab-quvvatlash siyosati, Amerika 
va Britaniya iqtisodiyotiga jo’shqinlik bag‘ishladi. Reygan soliqlar-
ni qisqartirish bo‘yicha keng miqyosli dasturni amalga oshirishini 
va pul muomilasi sohasida monetaristik siyosat o‘tkazishini e’lon 
qildi. Buyuk Britaniya va GFR AQShdan o‘rnak olishdi. Monetaris-
tik siyosat oqibatlari IHTT (OESR) mamlakatlarida uzoq muddatli 
stagnatsiyani, ishsizlikni o‘sishini yuzaga keltirdi. Ammo importni 
kamayishi va neft eksport qiluvchi mamlakatlarga sanoat mahsu-
lotlari sotilishini ko‘payishi natijasida IHTT savdo balansi yaxshi-
landi. Soliqlarni pasaytirilishi kapital qo‘yilmalarni o‘sishiga, iqti-
sodiy faollikni oshishiga olib keldi. 

История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. 
Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- С.467. 

Neoliberalizm – iqtisodiyot fani va xo‘jalik faoliyatini boshqarish amaliyotidagi 
yo‘nalish bo‘lib, uning namoyondalari o‘zini-o‘zi tartibga solish, ortiqcha 
bo‘ysundirishdan ozod bo‘lish tamoyilini yoqlaydilar. Neoliberalizmga asosan uch 
maktab kiritiladi: chikago (Milton Fridmen), london (Fridrix fon Xayek), frayburg (Valter 
Oyken, Lyudvig Erxard). 
141



Tetcher davrida Buyuk Britaniya iqtisodiyotida tarkibiy 
o‘zgarishlar, ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash amal-
ga oshirildi. Yalpi ichki mahsulotni o‘sishi G‘arbiy Yevropadagi 
eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi, mehnat unumdorligi oshdi. 80-
yillar boshlaridan iqtisodiy o‘sish boshlandi. 
◄ Fransiya iqtisodiyotining taraqqiyoti. 
Urush va to‘rt yil davomidagi okkupatsiya mamlakat iqtisodi-
yotiga katta zarar yetkazdi. 1944 yilda Sharl de Goll boshchiligida 
muvaqqat hukumat tashkil etildi va u 1946 yilga qadar faoliyat 
ko‘rsatdi. Hukumat tarkibiga aholining turli qatlamlari manfaat-
larini aks ettiruvchi turli partiyalar vakillari kirdi. 
Hukumatda moliya-iqtisod sohasidagi masalalar bo‘yicha fikr-
lar birdamligi yo‘q edi. Milliy iqtisodiyot vaziri P.M.Frans tomoni-
dan taklif etilgan pul islohoti, inflyasiyani oldini olish maqsadida 
ish haqi va narxlarni muzlatilishini, bank hisob raqamlarini yo-
pish, banknotalarni majburiy tarzda almashtirishni nazarda tut-
gan edi, lekin bu islohot de Goll tomonidan rad etildi. U moli-
ya vaziri R.Pleven tomonidan ishlab chiqilgan islohot loyihasini 
qo‘llab-quvvatladi. Ushbu islohot asosida katta hajmda ichki zay-
omlar chiqarish nazarda tutilgan edi. Kommunistlar va hukumat-
dagi ba’zi “so‘llar” muhim vazifa tariqasida xususiy mulkni davlat 
mulkiga aylantirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish 
qayd etishardi. 
1945-1947 yy. davomida mamlakatda fransuz sanoatining 1/5 
qismi davlat mulkiga o‘tkazildi. Boshqa rivojlangan mamlakatlar 
kabi xususiy mulkni davlat mulkiga o‘tkazish sanoatning boshqa 
asosiy tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatmadi. Davlat mulkiga o‘tkazish 
jarayonining cheklangan xarakterga egaligiga qaramasdan, u 
ma’lum bir darajada monopoliyalarning hukmronligini cheklash 
imkonini berdi, ikkinchi tomondan esa milliy iqtisodiyotga kapital 
qo‘yilmalar oqimini o‘sishiga olib keldi. 40-yy. oxiriga kelib mam-
lakat iqtisodiyoti tiklandi. 
1947 yil kuzida yangi moliya vaziri R.Mayer qat’iy cheklangan 
narxlar tizimini bekor qilib, turli valyuta kurslarini joriy etadigan 
rejani olg‘a surdi. Uning siyosati muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 
1947-1955 yy.da o‘zaro yordam borasida keng shartnoma va 
kelishuvlar tizimi yaratildi. 
142



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə