Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)

Nyu-York, Chikago, Filadelfiya. 
Ammo qishloq 
112


10-MAVZU. ETAKCHI KAPITALISTIK 
MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) 
aholisi soni shaharnikidan ko‘proq edi, va bu ko‘rsatkich bo‘yicha 
AQSh Germaniya va Angliyadan orqada edi. 
Qishloq xo‘jaligi. Agrar sektor infratuzilmasi intensiv rivojlandi 
– elevatorlar, muzlatkich omborlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlar-
ini saqlanishini ta’minlovchi turli texnik vositalar. 
1870-1900 yy.da o‘zlashtirilgan yangi yerlar Germaniya, Fran-
siya va Angliya maydonlarini qo‘shib hisoblanganidan katta edi. 
Fermerlar soni 1860 yildagi 2 mln.dan 1900 yilda 5,7 mln.ga etdi. 
Mamlakat qishloq xo‘jaligi rayonlarini iqtisodiy asosli rav-
ishda ixtisoslashuvi xo‘jalik yuritishni ratsionalligini ta’minladi. 
Bug‘doy yetishtirish bo‘yicha rayonlar (O‘rta G‘arb, Kaliforniya
Dakota, Nebraska), jo‘xori yetishtirish bo‘yicha rayonlar (Ayova, 
Nebraska, Kanzas) shakllandi. Amerika bo‘g‘doyining sifati yuqori 
va tannarxi past edi, bu bug‘doy eksportini oshirishni taqazo etdi. 
Bug‘doy yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha AQSh jahonda bir-
inchi o‘ringa chiqdi. 
AQShning agrar sektorida ham ishlab chiqarishni konsentratsi-
yalashuvi jarayoni bo‘ldi. Mayda va kichik fermer xo‘jaliklari texni-
kani qo‘llashning moddiy imkoniyatlariga ega emasdilar, natijada, 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxlari pasaymas edi. 
Amerika eksporti. Sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini 
o‘sishi Amerika eksportini kengayishiga olib keldi. Eksport-import 
nisbati o‘zgardi. 1876 y.da tovarlarni olib chiqish summasi olib 
kirish summasidan oshib ketdi. Eksport tarkibi tez sur’atlar bilan 
o‘zgara boshladi. Fuqarolik urushi vaqtida eksportda xom ashyo 
katta ulushga ega bo‘lgan bo‘lsa, bu bosqichda og‘ir sanoat tar-
moqlari mahsulotlari eksporti oshib bordi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə