Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Yirik industrial mamlakat - AQShning iqtisodiy



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)

11.2.Yirik industrial mamlakat - AQShning iqtisodiy 
taraqqiyoti 
Birinchi jahon urushidan oldin va urush davridagi iqtisodi-
yot. Birinchi jahon urushi boshida AQSh jahonning yirik indus-
trial mamlakati hisoblanib, unga jahon sanoat ishlab chiqarishin-
ing 35% to‘g‘ri kelardi. Rivojlangan qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, 
qulay tabiiy-iqtisodiy muhit, Janubiy Amerikaning bitmas-tugan-
mas bozorining yaqinligi, urush holatidagi Yevropaning uzoqligi 
XX asr boshidayoq AQShga jahonda yetakchilikka erishishga im-
kon berdi. 
Yevropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq AQSh Birinchi jahon 
urushida deyarli qatnashmadi, 1917 yilning 6 apreliga qadar 
121



neytral pozitsiyani ushlab turdi. AQSh armiyasi bevosita harbiy 
harakatlarni 1918 yilning yozida boshladi, va Yevropa mamlakat-
lariga nisbatan kam talofatlar ko‘rdi (taxminan 120 ming kishi). 
Birinchi jahon urushi oxiriga kelib AQSh o‘zining tashqi qarzini 
yarmini qoplash imkoniyatiga ega edi, va yirik kreditorga aylanish 
imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1918 yilda AQSh jahon oltin zaxirasining 
yarmiga ega edi. 
Inqirozli holatlar. Boshqa mamlakatlardagi kabi AQShda ham 
iqtisodiyot tarmoqlari rivojida nomutanosibliklar sezila boshlan-
di. Bu hol xo‘jalik faoliyatiga davlatning faol aralashuviga sabab 
bo‘ldi. 
XIX asrning oxiridayoq Amerika hukumati monopoliyalarni 
iqtisodiyotga salbiy ta’siri bilan kurash olib bora boshladi. 
Urushdan keyingi davrda taraqqiyot. Prosperiti
1
. Urushdan 
keyingi davrda ko‘pchilik mamlakatlarda inqirozli holatlar harbiy 
talofatlar, konversion jarayonlar natijasida yuz berib ijtimoiy inq-
irozga olib keldi. Lekin bu hol AQSh uchun xos emasdi. 
AQSh inqirozni juda qisqa muddatlarda engib 1923 yildayoq 
iqtisodiyotni jonlanishi kuzatildi. 1929 yilning oxiriga qadar iqti-
sodiyotda 
prosperiti 
davri hisoblandi.

Taraqqiyotning asosi esa yangi tarmoqlarning (avtomobil, 
elektrotexnik, kimyo, radiotexnika va boshq.) jadal rivojlanishi bi-
lan bog‘liq. 
1929-1933 yy. Jahon inqirozi. 1929-1933 yy. Jahon inqirozi 
AQShda boshlanib bu mamlakat iqtisodiyotining barcha jab-
halariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. 1929 yilning 25 oktyabrida Nyu-
York fond birjasida birja spekulyantlari tomonidan sun’iy narxlari 
oshirilgan aksiyalar kursini keskin pasayib ketishi natijasida saro-
sima vujudga keldi. 
Zarar 15 mlrd.doll. hajmida hisoblandi. “Qora juma” XX asr 20-
yy.dagi iqtisodiy o‘sishning yakunlanishini va chuqur iqtisodiy in-
qirozni boshlanishini anglatardi. 
Buyuk Depressiya 
deb nomlangan iqtisodiy inqiroz xalq 
xo‘jaligining barcha tarmoqlarini qamrab oldi. To‘rt yil ichida 

prosperiti (ingl, prosperity) - taraqqiyot 

Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., 
доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. -
С.240. 
122


11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA 
TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI 
mamlakatda sanoat ishlab chiqarishi 46,2%ga qisqardi. Avtomo-
bilsozlik eng katta talofat ko‘rdi (ishlab chiqarish 80%ga qisqardi), 
cho‘yan eritish 79%ga qisqardi, po‘lat eritish 76%ga, neft qazib 
olish 78%, ko‘mir qazib olish 59%ga qisqardi. 
F. Ruzveltning “Yangi kurs”i. Franklin Ruzveltni 1933 yilda pr-
ezidentlikka saylanishida “Yangi kurs” deb nomlangan samarali 
aksilinqiroz dasturi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. “Yangi kurs”ni 
avvalgi aksilinqiroz dasturlaridan prinsipial farqi shundaki Ruz-
velt bozordagi jarayonlarni mustaqil ravishda tartibga solinishini 
rad etdi va davlatni xo‘jalik munosabatlariga faol aralashuvini tan 
oldi. 
“Yangi kurs” avvaldan o‘ylab chiqilgan islohotlar tizimi 
bo‘lmasdan empirik xarakterga ega edi. Buni ushbu siyosat-
ning g‘oyasini ifodalovchi asosiy manba bo‘lgan Dj.Keynsning 
“Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” kitobini 1936 yilda 
chop etilganligi ham isbotlaydi. Islohotlar boshlanganiga ikki yil 
bo‘lgandan keyingina aksilinqiroz siyosat tizimli xarakterga ega 
bo‘la boshladi. 
Ruzveltning birinchi islohotlari bank va moliya tizimini 
sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan edi. 1933 yil martida mam-
lakatda barcha banklar faoliyati to‘xtatildi. Bu banknotalarni olt-
inga aylantirish va ularni chetga olib chiqib ketishga to‘siq bo‘ldi. 
Mazmunan bu choralar dollarning oltin standart tizimiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatib milliy valyutani qadrsizlanishiga olib keldi. Ban-
knotalarni oltin bilan ta’minlash metodidan voz kechmagan hol-
da AQSh hukumati tashqi bozorlardan oltin sotib olishni amalga 
oshirdi, natijada ichki bozorda uning narxi pasaydi va 1934 yil 
yanvarida mamlakat valyutasini devalvatsiyasini 41% darajasida 
amalga oshirishga erishildi. 
“Yangi kurs” siyosatini qo‘llab hukumat mamlakatning eksport 
imkoniyatlarini kengayishiga, milliy ishlab chiqaruvchilarning ho-
latini yaxshilanishiga erishdi, spekulyativ kapital faoliyati sohasini 
toraytirdi, investitsion jarayonni jonlanishi uchun shart-sharoit 
yaratdi. Sanoat ishlab chiqarishini jonlanishi ko‘pchilik muammo-
larni hal etilishiga asos bo‘ldi. 
Ruzveltning aksilinqiroz agrar siyosati 1933 yil bahorida AQSh 
Kongressi tomonidan qabul qilingan qishloq xo‘jaligini tartibga 
solish to‘g‘risidagi qonun asosida amalga oshirildi. Agrar sektorni 
Qishloq xo‘jaligini tartibga solish Ma’muriyati 
boshqarardi. Ortiq-
123



cha ishlab chiqarish inqirozini engib o‘tish uchun o‘z xo‘jaliklarida 
ishlab chiqarishni qisqartirayotgan fermerlarga mukofotlar va 
kompensatsiyalar berish tizimi ishlab chiqildi. 
“Yangi kurs” AQShni ijtimoiy yo‘naltirilgan davlatga aylanishini 
boshlab berdi. Siyosatning ijtimoiy yo‘naltirilganligi islohotlarn-
ing ikkinchi bosqichidayoq ustuvor holatni egalladi. Stagnatsiya 
sharoitida 1935 yil yozida mehnat munosabatlari to‘g‘risida Mil-
liy qonunni qabul qilinishiga erishildi. Bu qonun tarixga Vagner 
qonuni sifatida kirdi (senator R.Vagner nomi bilan nomlangan). 
Kasaba uyushmalari tuzilishi qonuniy deb tan olindi, ular ish beru-
vchilar oldida yollanma ishchilar manfaatlarini jamoa shartnoma-
larini tuzish orqali amalga oshirar edi. 
1936 yilda Ijtimoiy ta’minot to‘g‘risida qonun qabul qilindi. 
Unga binoan qarilik pensiyasi va ishsizlik, kasallik va nogironlik 
nafaqalari joriy etildi. Ammo qonun savdo va xizmat sohalarida 
band bo‘lganlarga ta’sir etmas edi. 
Ikki yildan so‘ng AQShda 
Adolatli mehnat sharoitlari to‘g‘risida 
qonun 
qabul qilindi. Unda mehnat haftasining uzunligi 44 soat 
hajmda belgilandi, federal ahamiyatdagi korxonalarda ish haqin-
ing minimal va maksimal chegaralari belgilandi, bolalar mehnati 
taqiqlandi. 
Ruzvelt siyosatining asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini in-
qirozdan olib chiqishga yo‘naltirilgan edi. Shu bilan birga, xususiy 
mulkka, ish kuchini sotish va sotib olishga asoslangan bozor mex-
anizmlari tiklandi. Shu sabadan mamlakatni sotsilizatsiyalashtirish 
maqsad qilib qo‘yilmagan. 
Umuman olganda davlat aralashuvi siyosati AQShga iqtisodi-
yotni inqirozli holatdan chiqarish imkonini berdi (ba’zi Yevropa 
mamlakatlariga nisbatan sekinroq bo‘lsa ham). 1937 yilga kelib 
AQSh bir necha iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 1929 yildagi poz-
itsiyaga chiqib oldi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə