Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)

11.5.Germaniya iqtisodiyoti 
Urushdan keyingi iqtisodiyot. Birinchi jahon urushi davrida 
Yevropa mamlakatlari ichida eng etatizatsiyalashgan iqtisodiyot 
Germaniyaniki edi. Bunga sabab faqatgina nemis tarixiy maktabi-
ning “tarbiyaviy proteksionizm” konsepsiyasi asosida rivojlanay-
otgan nemis kapitalizmining o‘ziga xos siyosiy shakli emasdi. 
Balkim Germaniya tomonidan olib borilgan urushda uzoq davr 
mobaynida resurslarga bo‘lgan katta ehtiyoj ham katta ahamiyat 
kasb etdi. 
Urushda mag‘lub bo‘lish natijasida siyosiy tizimni barbod 
bo‘lishi, katta hajmda inson va moddiy yo‘qotishlar, Versal tinch-
lik shartnomasining Germaniya uchun og‘ir shartlari uzoq davom 
etgan urushdan keyingi inqiroz va keyinchalik mamlakat iqtisodi-
128


11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA 
TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI 
yotini stagnatsiyasining asosiy omillari hisoblanadi. Faqatgina 20-
yillarning o‘rtalariga kelib sog‘lomlashuv boshlanib, sanoatning 
monopollashgan tarmoqlarida ijobiy siljishlar yuzaga keldi, tashqi 
savdo oboroti o‘sa boshladi. 
Daues va Yung rejalari. Bu davrda AQSh va Yevropaning 
yetakchi mamlakatlari Germaniya mag‘lubiyati natijasida buzilgan 
kuchlar balansini tiklash tarafdori edilar. Shu bilan birga Germani-
yadagi ijtimoiy tanglikni susaytirish, mamlakatni SSSR bilan yaqin-
lashuviga to‘sqinlik qilish, hamda sotsializmni G‘arbiy Yevropaga 
kirib borishini oldini olishga harakat qilindi. 
Aynan shu maqsadda yangi reparatsion reja qabul qilinib, unga 
xalqaro ekspert kengashi rahbari, amerikalik bankir Ch.Daues 
nomi berilib – Daues rejasi (1924-1929 yy) deb nomlandi. Ushbu 
reja reparatsion to‘lovlar shartlarini yengillashtirishni nazarda tut-
gan edi. Ushbu rejada yana amerikalik kreditorlar tomonidan Ger-
maniya budjetini kuchaytirish maqsadida katta hajmdagi kred-
itlarni ajratish va iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni 
jalb qilish nazarda tutilgan edi. 
Ushbu rejani amalga oshirish davrida Germaniya AQSh va, qis-
man, Buyuk Britaniyadan 21 mlrd.marka hajmida kreditlar olishdi. 
Germaniyadagi noqulay iqtisodiy holatni hisobga olgan holda 
kreditor-mamlakatlar moliyaviy ekspertlari Germaniya reparatsion 
to‘lovlar tizimini o‘zgartirish to‘g‘risida qarorni qabul qilishdi. 
Daues rejasi 1929 yilda Yung

rejasi bilan almashtirildi. Yangi 
yordam rejasi reparatsiylarning umumiy hajmini chegaraladi va 
korxonalar foydasidan reparatsion fondga ajratmalarni qisqartirdi, 
natijada iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirish mumkin bo‘lgan 
mablag‘lar tejab qolindi. Bir vaqtning o‘zida Germaniya iqtisodi-
yoti ustidan moliyaviy nazorat qisqartirildi. Ammo inqiroz davri-
dan Yung rejasi deyarli bekor qilindi. 
1929-1933 yy.dagi inqiroz. Fashizmning iqtisodiy siyosati 
Iqtisodiy jihatdan zaif Germaniya iqtisodiyotining qaramlilik 
darajasi 1929-1933 yy.dagi inqirozni chuqurlashuvi darajasini bel-
gilab berdi. Inqiroz eng quyi nuqtasiga 1932 yilda etdi, va birinchi 
navbatda sanoat sektorini (68 mingta korxona bankrot bo‘ldi), 
bank sohasini izdan chiqardi, katta ishsizlikni keltirib chiqardi 

O.Yung Xalqaro ekspertlar kengashining yangi raisi, Morgan elektrotexnik tresti 
prezidenti, moliyachi 
129



(taxminan 8 mln.kishi). Inqirozni boshidan kechirayotgan yetakchi 
mamlakatlar tomonidan yordamni to‘xtatilishi Germaniyaning ho-
latini og‘irlashtirdi. 
Veymar respublikasi hukumatining iqtisodiy inqirozga qarshi 
samarali kurasha olmasligi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni kes-
kinlashuvi, monopoliyalarni jahon bozorlarida yo‘qotgan pozitsi-
yalarini tiklab olishga intilishi, hukumat tomonidan Germaniyan-
ing ichki muammolariga befarqligi mamlakatda 1933 yilda fashis-
tlar rejimini o‘rnatilishining asosiy sababi hisoblanadi. 
Fashizmning iqtisodiy siyosati yorqin ifodalangan etatistik 
xarakterga ega. Gitler hukumat tepasiga inqirozni yakunida kel-
gan bo‘lsa ham, yangi qabul qilingan antiinqiroz chora-tadbirlari 
favqulotda xarakterga ega edi, unga mamlakatni iqtisodiy o‘sish 
holatiga olib chiqish bilan birga uni harbiy-siyosiy izga o‘tkazib, 
yo‘qotilgan bozorlar va hududlarni qaytarishi, mamlakat hududini 
yanada kengaytirishi, va dunyoda hukmrolikni ta’minlashi zarur 
edi. 
Ushbu strategiya mamlakatni inqirozdan chiqarish shakllari 
va metodlarini belgilab berdi, uning asosiy mazmuni iqtisodi-
yotni to‘liq militarizatsiyalashdan iboratdir. Shu maqsadda ger-
man fashistlar tomonidan harbiy jihatdan muhim bo‘lgan og‘ir va 
yoqilg‘i sanoati tarmoqlarini tiklash, harbiy texnika ishlab chiqar-
uvchi korxonalar yaratishga harakat qilindi. 
Shu sababdan, german fashistlar iqtisodiyotni davlat tomoni-
dan tartibga soluvchi qudratli apparat yaratishdi, unda moli-
yaviy, xom ashyo, ishlab chiqarish, oziq-ovqat, inson va boshqa 
resurslar mujassamlashgandir. Iqtisodiyotni majburiy kartel-
lashtirish to‘g‘risidagi, Germaniya iqtisodiyotini organik tuzilishi 
to‘g‘risidagi, imperiyani himoyalash to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar 
sanoat salohiyatining 2/3 qismini davlat tomonidan qat’iy nazorat 
qilinishiga imkon berdi. Milliy mehnatni tashkil etish to‘g‘risidagi 
qonun majburiy mehnat tizimini shakllanishiga me’yoriy asos 
yaratdi. 
Germaniya iqtisodiyotini boshqarish yagona markazdan – 
Bosh xo‘jalik kengashidan amalga oshirilar edi, u moliyaviy, inson, 
va xom ashyo resurslarini birinchi navbatda harbiy kompleksga 
ajratilishini ta’minladi. 
Shunday qilib, fashizm diktaturasi sharoitida, keng miqyosli 
harbiy investitsiyalarni amalga oshirish ilojsizligi, boshqa davlatlar 
130


11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA 
TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI 
tomonidan yordam berish to‘xtatilganligi, mamlakatni yakkalanib 
qolinishi (avtarkiyasi) davlat tomonidan boshqarish metodlari 
yaqqol aks etgan ma’muriy shaklni oldi. 
Iqtisodiyotni militarizatsiyalash siyosatini davom ettirilishi 
optimal xo‘jalik tuzilmalarini tiklanishi, ichki va tashqi bozorlarni 
kengayishi, moliya tizimini sog‘lomlashtirilishi masalalarini hal et-
madi. German fashistlari hukumati bu muammolarni hal etishga 
intilmasdi ham. 
Tashqi agressiyani rivojlantirilishi iqtisodiyotdagi halokatli 
holatni vaqtinchalik saqlab turishga imkon berar edi. Shu sabab-
dan 1935 yildan boshlab Germaniya harbiy mojarolarga aralasha 
boshladi va oxir oqibatda Ikkinchi jahon urushini boshlab berdi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə