Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Italiya va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)

11.6.Italiya va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti 
Italiya va Yaponiyani dunyoni yangidan qayta taqsimlash kabi 
agressiv intilishlar birlashtirar edi. Bu mamlakatlar, Germaniyadan 
farqli o‘laroq, Birinchi jahon urushida g‘oliblar lagerida edi. 
Italiya 
Birinchi jahon urushida katta talofatlar ko‘rgan Italiyada katta 
iqtisodiy va siyosiy inqirozlar yuzaga keldi, va uning natijasida 20-
yillarning boshida hukumat tepasiga fashistlar keldi. Iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solishning totalitar tizimini yaratilishi 
korporativ shaklda amalga oshirilib, u shaklan fashistlar Germani-
yasidan katta farq qilmaydi, hamda boshqaruvni markazlashtirish, 
militarizatsiyalash maqsadida mamlakatning barcha resurslarini 
konsentratsiyalashuvi vazifasini amalga oshirgan. Etatistik tizim-
larning ikki shaklini o‘xshashligi Germaniyada hukumat tepasiga 
Gitler kelganidan so‘ng Mussolinining diktatorlik hukumati bilan 
harbiy-siyosiy alyans tuzilishiga olib keldi. 
Yaponiya 
Yaponiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish variantining o‘ziga xos-
ligi, hamda hukumatning mamlakatni Tinch okeani hududi va Jan-
ubi-Sharqiy Osiyoda yetakchilik o‘rinlarda emasligidan noroziligi 
yapon iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish variantini 
nemis va italyan variantlari bilan yaqinlashtirdi. 
Urushlar orasidagi davrda harbiy radikal kayfiyatdagi “yosh 
ofitserlar” guruhi mamlakat siyosatiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ush-
bu guruhning ta’siri 1927 yilda bosh vazir lavozimiga general 
131



G.Tanakaning kelishi bilan kuchaydi. 1931 yilda Manjuriyani ok-
kupatsiya qilinishi mamlakat iqtisodiyotini militarizatsiya tomon 
yetakladi. 
Yaponiya xo‘jalik munosabatlariga ta’sir etib yuqori darajada 
etatizatsiyalashgan tizimni joriy etilishida Dzaybatsuni

hukmron-
ligi muhim rol o‘ynadi.

Yaponiya va barcha militaristik mamlakatlarning tajribasi dav-
lat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning ushbu variantini 
istiqbolsiz va noto‘g‘ri ekanligini namoyon etdi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə