Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)

O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1. Buyuk inqiroz davridagi doktrinalarning asosiy mazmuni 
nimadan iborat? 
2. Franklin Ruzveltning “yangi kursi”ni mazmun-mohiyati 
nimadan iborat? 
3. Angliyada aksilinqiroz chora-tadbirlarining xususiyatlari 
nimada? 
4. Fransiyada xalq fronti dasturini amalga oshirilishning 
ahamiyati nimada? 
5. Fashizm iqtisodiy siyosatining mazmuni nimada? 

Dzabaysu – imperator xonadoni va markaziy boshqaruv apparati bilan qarindoshlik 
rishtalari uzviy bog‘langan universal monopoliya (konglomerat). 

Заславская М.Д. История экономики: Учебное пособие для бакалавров / 
М.Д.Заславская. – М.: “Дашков и К°”, 2013. –С.191. 
132


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG 
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 
IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG DUNYONING 
Yetakchi MAMLAKATLARI IQTISODIY 
RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 
Tayanch atamalar va iboralar: 
Marshall rejasi, amerika ta’siri, 
“yangi marralar” dasturi, reyganomika, retsessiya, “Tetcherizm”, 
Neoliberalizm, integratsiya 
■ Reja: 
12.1. AQSh iqtisodiy qudratining o‘sib borishi 
12.2. Yetakchi mamlakatlarning rivojlanishi dinamikasi va 
shakllari 
12.3. Integratsiya jarayonlari 
12.1. AQSh iqtisodiy qudratining o‘sib borishi 
Ikkinchi jahon urushi oqibatida bir qator mamlakatlarning, bir-
inchi navbatda Yaponiya va G‘arbiy Germaniyaning iqtisodiyoti 
uzoq muddatga izdan chiqqan edi. Fransiya va Buyuk Britaniyan-
ing pozitsiyasi sezilarli bo‘shashgan edi. Urush kapitalistik takror 
ishlab chiqarishni tartibga solishni bozor mexanizmlari shakllarini 
buzdi yoki to‘liq ishdan chiqartirdi, ko‘pchilik mamlakatlarning 
xo‘jalik faoliyatida tushkunlik yuzaga keldi. 
AQSh – Ikkinchi jahon urushidan kuch-quvvatga to‘lib chiqqan 
jahondagi yagona mamlakat edi. Undan tashqari, urush davrida 
mamlakatning milliy daromadi ikki barobar o‘sdi. Urushdan so‘ng 
AQShga kapitalistik dunyo sanoat mahsulotining 60%, oltin zax-
irasining 2/3 va eksportning 1/3 to‘g‘ri kelgan edi. Belgiyalik tarix-
chi va iqtisodchi olim German Van der Bee quyidagi fikrni bildir-
gan edi: “Qo‘shma shtatlar urushdan kuchayib chiqishdi”
1
. Shu sa-
babdan urushdan so‘ng mamlakat o‘z iqtisodiyotini xalq iste’moli 
mahsulotlari ishlab chiqarishga tez o‘tkazishga imkon topdi. 1947 
yilning o‘rtalariga kelib bu o‘tish to‘liq yakunlandi. Uning asosini 
quyidagi omillar tashkil qildi: 
● davlat boshqaruvining yaxshi tashkil etilganligi; 

http://www.historicus.ru/789 
133



● frontdan qaytgan askarlar uchun rekonversiya dasturlarin-
ing mavjudligi; 
● xususiy iste’molni jadal o‘sishi; 
● zaxira va uskunalarga investitsiyalarni jadal o‘sishi; 
● xukumat siyosati ta’sirida tovar va xizmatlar eksportini 
rivojlanishi. 
AQSh Yalpi ichki mahsuloti (YaIM) indeksi o‘sdi. 
Texnologik ustunlik va eng yuqori mehnat unumdorligi, 
mo‘l foydalar mamlakat ichida va uni tashqarisida yangi kapital 
qo‘yilmalarni moliyalashtirish imkonini berdi. 
AQShning urushdan keyingi davrdagi tashqi iqtisodiy siyo-
satida G‘arbiy Yevropa alohida o‘rin egallaydi. Urushdan keyingi 
davrda AQSh ushbu hudud bilan aloqalarida yetakchilik qilishdan 
nisbatan tenglik munosabatlarigacha bo‘lgan bosqichlarni bosib 
o‘tdi. 
◄ Marshall rejasi “Yangi marralar”.

Bu bosqichda AQSh o‘zining G‘arbiy Yevropadagi ittifoqdosh-
larini ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlashtirish bo‘yicha say’i-harakat-
larini amalga oshirdi. 1947 yilning 5 iyunida ikkinchi Jahon urush-
idan so‘ng “Yevropani tiklanish dasturi” sifatida 
Marshall rejasi 
taqdim etildi. Uning nomi rejani ishlab chiqqan AQSh davlat kotibi 
Dj.Marshallga atab qo‘yilgan edi. Reja bo‘yicha ma’lum bir shartlar 
bo‘yicha zayom va kreditlar ajratilishi nazarda tutilgan edi. Mar-
shall rejasida 16 ta yevropa mamlakatlari ishtirok etishga rozilik 
bildirdilar. 1948 yil apreldan 1952 yil fevralgacha G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlari (Angliya, Fransiya, Gollandiya, Ispaniya, G‘arbiy Ger-
maniya) Marshall rejasi doirasida 17 mlrd.dollar olishdi. Shu bilan 
bir vaqtda amerika biznesi o‘z manfaatini ko‘zlagan holda G‘arbiy 
Yevropa korxonalarini sotib olardi. 
G‘arbiy Yevropa kapitalizmi holatini mustahkamlash, mint-
aqada Amerika ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan rejani amalga 
oshirish maqsadida maxsus Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 
(YIHT-OEES)

tashkil etilib, u mablag‘larni taqsimlash va ulardan 
foydalanish sharoitlarini nazorat qilish bilan shug‘ullandi. 

Заславская М.Д. История экономики: Учебное пособие для бакалавров / 
М.Д.Заславская. – М.: “Дашков и К°”, 2013. –С.235. 

1961 yildan IHTT (OESR) – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti. 
134


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG 
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 
Koreyadagi urush (1950-1953 yy.) Amerika iqtisodiyotiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatdi: harbiy ehtiyojlar uchun ishlovchi sanoat hajmi 
kengaydi, aholi bandligi oshdi. AQSh sanoatiga 30 mlrd.doll. in-
vestitsiya qilindi, ya’ni butun Ikkinchi jahon urushi davridagidan 
ko‘p. 
Ijobiy iqtisodiy kon’yunkturaga qaramasdan, AQShga 54 ming 
halok bo‘lganlar va 103 mingta yarador bo‘lganlarni vujudga 
keltirgan Koreya urushi, mamlakatda shuhrat qozonmadi. Bu 1952 
yildagi saylovda demokratlarni mag‘lub bo‘lishiga olib keldi. 
Hukumat iqtisodiyotda 
monetaristik siyosatga 
asoslanar edi. 
Tartibga solishning moliyaviy markazlari yordamida 1953-1954 
yy.dagi iqtisodiy tushkunlik va 1957-1958 yy.dagi uchinchi urush-
dan keyingi retsessiya yengib o‘tildi. 
Urushdan keyingi birinchi o‘n yillikda jahon kapitalistik 
xo‘jaligida AQShning yetakchilik holati shubhasiz edi. Lekin 
G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy ko‘tarilishi va Yaponiyaning sanoat 
sakrashi ushbu holatni sezilarli darajada o‘zgartirdi. 
50-yy.larning ikkinchi yarmida AQSh iqtisodiyotiga ilmiy-tex-
nika inqilobi (ITI) katta ta’sir ko‘rsatdi. ITIning tarkibiga ishlab 
chiqarishni avtomatlashtirish, EHMdan foydalanish, ishlab chiqar-
ishni intensifikatsiyalashtirish va konsentratsiyalashtirish kiradi. 
Buning natijasida, bir tomondan, ishlab chiqarish jadal rivojlandi 
va turmush sifati oshdi, ikkinchi tomondan, ishsizlik ko‘paydi, iqti-
sodiy o‘sish sur’atlari pasaydi. 
Davlat oldida turgan yangi vazifalar 60-yy. boshidagi 
Dj.Kennedining “Yangi marralar” dasturida o‘z aksini topdi. Das-
tur bir guruh neoliberal iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilgan 
edi. Ular yuqori darajada bandlik va barqaror narxlar zarurati 
sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida tovar 
va xizmatlar taklifi va jami talab o‘rtasida muvozanatni saqlashga 
qaratilgan bosqichma-bosqich rivojlanishni nazarda tutishgan 
edi. Dastur asosida 
defitsitni moliyalashtirishni keynsian g‘oyasi 
yotardi. 1962-1963 yy.da ijtimoiy dasturlar sohasida chora-tadbir-
lar amalga oshirildi. Yirik biznes vakillariga imtiyozlar berildi. 
Umuman olganda “Yangi marralar” siyosati ijobiy natijalar 
berdi. 1964 yilda sanoat ishlab chiqarishi indeksi 1961 yildagi 
ko‘rsatkichdan 20%ga oshdi. Jahon kapitalistik eksportida AQShn-
ing ulushi sezilarli darajada qisqardi: 1960 yilda – 18%, 1980 yilda 
– 12%. 1950 yilda AQShdan mehnat unumdorligi darajasi bo‘yicha 
135



2-5 marotaba orqada bo‘lgan yetakchi kapitalistik mamlakatlar, 
80-yy.lar boshlariga kelib ushbu farqni butunlay bartaraf etishdi. 
Jahon kapitilistik xo‘jaligida AQShning yetakchilik roli havfi ish-
lab chiqarishni tarmoq tarkibini o‘zgartirishga, fan sig‘imi yuqori 
bo‘lgan tarmoqlarga yo‘naltirilgan sanoatni qayta qurishga, ilm-
iy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ga xarajatlarni 
oshirishga, ilmiy-texnika progressini rag‘batlantirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar kompleksini qabul qilishga majbur qildi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə