|
Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йилsxema
“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил
www.iqtisodiyot.uz
uchun 316 milliard so‟m hajmidagi invеstistiya kiritildi va buning natijasida 9 mingdan
ziyod yangi ish o‟rni yaratildi [10].
Davlat tomonidan iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklari balansiga sotib
yoki berib sog‟lomlashtirish, shunungdek, imtiyozli kreditlar ajratish orqali moliyaviy
yordam ko‟rsatish jarayonlari yaxshi yo‟lga qo‟yilganligini isbot qilmoqda.
Davlat tomonidan korxonalarni inqirozdan saqlash va sog‟lomlashtirish ishlari
bankrotlik institutiga asoslanadi.
Bankrotlik instituti
–
xo‟jalik yurityvchi subyektlar o‟rtasidagi munosabatlar
amaliyoti va huquqiy tartibga solish tizimida nisbatan yangi institut bo‟lib, bozor
iqtisodiyoti sharoitida uning o‟rni va rivoji alohida ahamiyat kasb etadi. Shu ma‟noda
bankrotlik institutini to‟laqonli o‟rganish va tahlil etish maqsadga muvofiqdir.
To‟lovga qodir bo‟lmagan xo‟jalik yurituvchi subyektlarning bankrotlik
mexanizmini shakllantirish O‟zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishining muhim
shartlaridan biri hisoblanadi. Ushbu mehanizm yordamida samarasiz bo‟lgan
mulkdorlarni almashtirish, korxonalarni tugatish, ijtimoiy muhim ahamiyat kasb
etadigan
va
daromad
keltiradigan
korxonalarni
saqlab
qolish,
mulkchilik
munosabatlarining barqarorligini ta‟minlash hamda ish bilan bandlikni kafolatlash
maqsadi nazarda tutilgan.
Bankrotlik instituti asosan ikki xil yo‟l bilan iqtisodiyotga ta‟sir qiladi va uni
sog‟lomlashtiradi. Bularga:
Birinchidan,
to‟lovga qodir bo‟lmagan qarzdorlarni tijorat faoliyatini tugatish;
Ikkinchidan,
iqtisodiy nochor axvolga tushib qolgan xo‟jalik yurituvchi
subyektlarga o‟z faoliyatini qayta tashkil qilish va to‟lov qobiliyatini tiklashga
imkoniyat berish. Bundan Respublikamizning bankrotlik instituti ham qarzdorni ham
kreditorni manfaatini himoya qilishni ko‟zlaganligini ko‟rishimiz mumkin. Shunday
qilib, Respublikamizda inqirozga qarshi choralarni amalga oshirishning tub mohiyati
bankrotlik instituti va “Bankrotlik to‟g‟risidagi Qonun” ning amal qilish mexanizmiga
tayanadi.
|
|
|