|
Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йилsxema
“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил
www.iqtisodiyot.uz
Korxonalar o‟rtasidagi to‟lov intizomining buzilishi bo‟yicha ziddiyatlar vujudga
kelishi respublika uchun korxonalarni inqirozdan chiqarish va sog‟lomlashtirishda yangi
institutsional-huquqiy tizimining zarurligini ko‟rsatdi. Bundan tashqari, MDHning
boshqa davlatlarida ham bu tizimga e‟tibor qaratila boshlagan edi[8].
Mahalliy organlar va tarmoq tuzilmalari rahbarlari tomonidan sifatsiz maxsulotni
ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko‟rib ishlayotgan
korxonalrni saqlab qolish uchun urinishlariga mutlaqo yo‟l qo‟yib bo‟lmaydi. Bunday
korxonalari soni bugungi kunda 200 tadan oshib, ularning aksariyati yengil va oziq-
ovqat sanoatida saqlanib qolmoqda. Holbuki bu sohalarda tez o‟zgaruvchan bozor talabi
texnika va texnologiyalar uzog‟i bilan 5-7 yilda, rivojlangan mamlakatlarda bundan ham
qisqa muddatlarda o‟zgartirishni talab etadi. Bunday vaziyatda mazkur korxonalarni
bankrot deb e‟lon qilish yo‟li bilan tubdan o‟zgartirish darkor.
Bu borada O‟zbekiston Respublikasi Prizidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-
4053 sonli “Iqtisodiyotni real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada
oshirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi Farmonida ko‟zda tutilgan iqtisodiy nochor
korxonalarni moliyaviy sog‟lomlashtirish, modernizatsiya, texnik-texnologik jihatdan
yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‟larini kengroq jalb qilishni yo‟lga
qo‟yish tadbirlari muhim hisoblanadi.
1.
Bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70 % va undan ortiq qismini bank
kreditlari tashkil etsa, y holda korxonani tijorat banklari balansiga berish.
2.
Bankrot korxonani ayksion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan va
tegishli majburiyatni o‟z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish.
3.
Bankrot korxonani tanlov savdolar orqali tijorat banklariga “nol” qiymatda
investitsion majburiyat sharti bilan sotish.
Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish
hamda yangi xo‟jalik faolyatini yo‟lga qo‟yish jarayonlarini sezilarli darajada
tezlashtiradi.
|
|
|