Davlatning inqirozga qarshi choralari
– makroiqtisodiy kategoriya bo‟lib,
korxonalarni inqirozdan himoya qilish, bankrotlikni oldindan yo‟qotish yoki inqiroz
ostida faoliyat ko‟rsatayotgan korxonalarni istiqboldagi faoliyatini to‟xtatish uchun
davlatning tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy sohadagi harakatlarini hosil qiluvchi
munosabatlarni aks ettiradi.
“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил
www.iqtisodiyot.uz
2011-2015-yillar davrida O„zbekiston iqtisodiyotida islohotlar miqyosini
kengaytirish va chuqurlashtirish bo„yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturini amalga
oshirish doirasida faqatgina so„nggi yilning o„zida tadbirkorlikka yanada keng erkinlik
berish, xususiy mulk ustuvorligini ta‟minlash va uning huquqiy muhofazasini
kuchaytirish, korxonalarning moliya-xo„jalik faoliyatiga davlat va nazorat qiluvchi
idoralar aralashuvini kamaytirishga oid aniq chora-tadbirlar ro„yobga chiqarildi [7].
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga
qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‟yicha Dastur ishlab
chiqilmoqda. Shu borada, dastlab hisob kitoblarga ko‟ra, umumiy qiymati 24 milliard
AQSH dollaridan ziyod bo‟lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida ish olib
borilmoqda Jumladan, bunda yangi qyrilish loyhalari – 18,5 milliard dollarni,
modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‟yicha
loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi.
O‟zbekiston Respublikasi Prizidentining 2008-yil 19-noyabrdagi PF-4010-sonli
“Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to‟g‟risidagi tartibni tasdiqlash
to‟g‟risida”gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini
tiklash bo‟yicha bir qator imtiyozlar (ko‟maklar) berilgan. Jumladan, ushbu
Farmoyishga ko‟ra bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xo‟jalik yurutuvchi
subyektlar:
qo‟shimcha qiymat solig‟idan ozod qilindi;
yil davomida foyda solig‟i, yagona soliq to‟lovi, mulk solig‟i va yer solig‟larni
to‟lashdan ozod qilindi;
boshqaruv kompaniyalariga berilganda foyda solig‟i va yagona soliq to‟lovidan
ikki yil davomida ozod qilindi.
Shuningdek, meyoriy hujjatlar orqali tijorat banklariga ham muayyan imkoniyatlar
berilgan. Jumladan:
|