|
Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йилsxema
“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил
www.iqtisodiyot.uz
keladi hamda bozor ishtirokchilari o‟rtasidagi sog‟lom raqobat muhitini shakllantiradi.
Natijada bozor ishtirokchilari faoliyatida bankrotlik jarayonlari faollashadi.
Prezidentimiz o‟z ma‟ruzasida alohida qayd etganlaridek, «2010-yilda va keyingi
yillarda bank tizimida ipoteka va iste‟mol kreditlari bo‟yicha qaytarilmagan kreditlar
hajmining o‟sishi oqibatida bankrotlikning yangi to‟lqini xavfi vujudga kelishi
mumkin». Darhaqiqat, inqiroz xatari jahon iqtisodiyotiga tahdid solib
kelmoqda. Bu
jihat sanoat korxonalarida iqtisodiy nochorlikka, bankrotlikka qarshi chora-tadbirlar
faolligini oshirishni talab etadi.
Bugungi kunda ba‟zi sanoat korxonalarida iqtisodiy nochorlikka, bankrotlikka
qarshi boshqaruv siyosati yo‟lga qo‟yilgan bo‟lsa-da, bu holat inqirozga qarshi
boshqaruvning zamonaviy talablariga to‟liq javob bermaydi. Ta‟kidlash joizki, 2009-
2013-yillarda samarasiz ishlayotgan 172 ta korxona tijorat banklari balansiga o‟tkazildi.
Ularning 112 tasida ishlab chiqarish faoliyati tiklandi va yangi mulkdorlarga sotildi.
Banklar balansida qolgan korxonalarning 43 tasida esa ishlab chiqarish faoliyati tiklandi,
yana 17 ta korxonada bu borada ish olib borilmoqda.[2]
Fikrimizcha, mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy nochor
korxonalarni sog‟lomlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy nochor
korxonalarni o‟z vaqtida aniqlash, tahlil etish, sog‟lomlashtirish chora-tadbirlarini
amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiy ko‟rsatkichlari o‟sishida, aholi turmush tarzini
yaхshilanishida, ishsizlik masalasi, jahon standartlariga mos, raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish kabi masalalarni ijobiy hal etilishida yordam beradi.
Mavzuni yoritib berish uchun restruktrizatsiya, bankrotlik, sanatsiya shu va
shunga o‟xshash bir qancha terminlar ma‟nosi, ularning ahamiyati, korxona faoliyatida
bankrotlik holatlarini tahlil qilish, qanday sharoitda qo‟llash kabi masalalarga oydinlik
kiritish maqsadida, ularni nazariy jihatdan yoritish maqsadga muvofiqdir. 2002- yildan
boshlab respublikamizda 120 dan ortiq iqtisodiy nochor va past rentabelli yirik sanoat
korxonalarida moliyaviy sog‟lomlashtirish va restrukturizatsiya ishlari olib
borilmoqda[3].
|
|
|