“Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2016 йил
www.iqtisodiyot.uz
chiqarish korxonalarida to‟gri tashkil etilganligi esa uni ma‟lumotlar bilan ta‟minlovchi
tizimning axborotlarini ishonchliligi va o‟z vaqtida yetkazib berilishi bilan tavsiflanadi.
Bu tizimning ajralmas qismlaridan biri korxonalarni tashhislash jarayonidir.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida korxonalarda, aynan shu tizimni
kamchiliklardan xoli faoliyat yuritishi korxonaning muvaffaqqiyatli biznes kaliti va uni
yo‟lga qo‟yish muhim tadbir ekanligi davr talabiga aylandi. Keyingi vaqtlarda bozorning
va umuman iqtisodiyotning tezkorlik bilan o‟zgarishi jarayonida korxonalar ham shu
tezlikda ildamlik bilan harakat qilishlari, aks holda esa qarorlarning kech qabul qilinishi
natijasida ishlab chiqilgan mahsulotning raqobatbardoshligini pasayib ketishi ayni
haqiqatdir[6].
Davlatning inqirozga qarshi choralarini qaysi yo‟nalishda bo‟lishi iqtisodiyotni
tubdan tahlil qilish va aniq vaziyatlarga asosan baholashga bog‟liq. Choralar qanchalik
darajada aniq ishlab chiqilsa, uning samaradorligi ham shunchalik yuqori bo‟ladi.
Inqirozga qarshi choralarning maqsadi va joriy vaziyatga oid holatdan kelib
chiqib, ular myayyan yo‟nalish va strategiyaga asoslangan bo‟ladi. Bankrotlik
jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarning manfaatlaridan kelib chiqib, inqirozga qarshi
choralar:
1.Kreditorlar manfaatlarini himoya qilishga.
2.Qarzdor ma‟nfaatini himoya qilishga qaratilgan bo‟ladi.
Mazkur yo‟nalishlar jahonning eng rivojlangan davlatlari tomonidan sinalgan
bo‟lib, AQSH, Fransiya va Yaponiya tajribasida inqirozga qarshi choralar qarzdorga
qaratilgan va shu sababdan ham, ularning maqsadi qarzdorni sog‟lomlashtirish
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: