|
Mamuniylar davrida ijtimoiy madaniy xayotningOriental Renaissance: Innovativemamuniylar-davrida-ijtimoiy-madaniy-xayotning-o-ziga-xos-jihatlariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
128
w
www.oriens.uz
October
2021
992 yil Shimoliy va Janubiy Xorazm xukmdorlari o‘rtasida boshlangan urushda
Shimoliy Xorazm xukmdori Ma’mun ibn Ma’mun g‘alaba qozonadi va xorazmshox
A
unvonini qabul qilib, Gurganchni poytaxt deb e’lon qiladi.
Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Gurganch butun Markaziy Osiyoda
yirik iqtisodiy, siyosiy markazlardan biriga aylanadi. Xuroson,. Movarounnaxr,
Xindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlar karvonlari shaxarda to‘xtab, Ustyurt orqali
Volga bo‘yiga chiqib, Qopa dengiz atrofiga, Evropa tomon yo‘l olardilar. Ustyurtdagi
o‘sha davrda serqatnov bo‘lgan karvon yo‘llarining qoldiqlariga ko‘ra, ular
Xorazmdan chiqib, ikki tomonga ketgan: biri Uchquduq, Buloq, Qushbuloq, Beleuli
orqali shimoliy-g‘arbga, ikkinchisi Mang‘ishloq tarafga yo‘nalgan. Bu yo‘llar
bo‘ylab toshdan tiklangan istexkomlar va karvonsaroylar joylashgan. Shuningdek, bu
xududda Alan qal’a, Shemaxa qal’a, Devkesgan qal’a-shaxarlari xarobalari, Urga,
qiyayo‘l, qoraumbat, Shibindi soqchi minoralari, Puljoy, qoraumbat, qiyayul qal’alari
qoldiqlari topilgan. Ma’mun ibn Muxammad (992-997), Ali ibn Ma’mun (997-
1009)lar davlat mustaqilligini yanada mustaxkamlab, uning xarbiy qudratini
oshirdilar. Endi qo‘shni bo‘lgan, Xurosonda yaqinda tashkil topgan g‘azna podsholigi,
arab xalifaligi, Kiev Rusi xam uni tan olar edi. Xorazm boshqa davlatlar siyosatiga
xam faol ishtirok etadigan bo‘ldi. Xatto Kiev knyazi Vladimir Xorazmga o‘z
vakillarini yuborganligi xaqida ma’lumotlar bor. Ma’muniylar mamlakat xududini
xam ancha kengaytirishga muvaffaq bo‘ldilar: endi Xorazm Sirdaryo, Kaspiy (Xozor)
dengizi, Volgabuyi oraliqlarini o‘z ichiga olgan edi.
Chet davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy aloqalarning o‘sishi, mamlakat
mustaqilligining mustaxkamlanishi o‘lkada ilm-fan, madaniyatning yuksalishiga xam
o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Xorazmliklar
uzoq
o‘lkalarga borib savdo qilishlari
natijasida o‘zga xalqlap madaniy xayoti bilan tanishish imkoniga ega bo‘lganlar.
Xorazmda osoyishtalik va tinchlik qo‘shni mamlakatlar olimlari, shoiru
san'atkorlarini o‘ziga tortar edi.
Markaziy
Osiyo
qadimdan
ilm-ma’rifat
maskani
sifatida
shuxrat
qozonganligidan chet davlatlar toliblari o‘lkadagi Buxoro, Samarqand, Gurganch
shaxarlari madrasalarida taxsil olganlar.
Bu yirik shaxarlarda tilshunoslar tomonidan xind, fors, yunon va boshqa tillarda
bitilgan asarlar arab tiliga tarjima qilingan, boy kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan.
997 yil boshida xorazmshox Ma’mun ibn Muxammad vafot etib, taxtga Abu-l-
Xasan ibn Ma’mun o‘tirgach, Beruniy Xorazmga qaytib keladi. Lekin Gurganchga
kelmay, eski poytaxt Kotga keladi. Yangi xorazmshoh bu payt yaqin qo‘shni
mamlakatlar bilan yaxshi aloqalar o‘rnatib, Gurganchga olimlar va adiblarni to‘play
|
|
|