Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
125
w
www.oriens.uz
October
2021
ko‘chiradi. Uning vorislaridan Ali ibn Ma’mun (997-1009) va Ma’mun
II ibn
Ma’mun (1009-1017) davrida Xorazmda qadimiy davlatchilik tizimi va madaniy-
ma’rifiy an’analar
qaytadan tiklandi, shahar hayoti, savdo
va hunarmandchilik har
qachongidan rivoj topdi. Arab tarixchisi Istaxriy asarida X asr boshlarida Xorazmda 9
dan 13 gacha shahar borligi qayd etilgan bo‘lsa, shundan yarim asr o‘tgach shaharlar
soni uch marta o‘sgan yoki 40 taga yetgan. Gurganj, Xiva, Kat, Hazorasp,
Ardaxushmison (Vayangan), Kardaranxos (Qalajiq) kabi
shaharlar Sharqning yirik
savdo-iqtisodiy va madaniyat markazlariga aylandi. Xorazmliklar hatto uzoq
Ispaniyagacha borib savdo va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yganlar. Ayniqsa poytaxt
Gurganjning
mavqei oshdi, shaxarda obodonchilik va me’moriy qurilishlar rivoj
topdi, qo‘plab go‘zal
saroylar, karvon saroy,
maxobatli masjidu madrasalar,jamoat
binolari va bozor rastalari bunyod etildi. Bu Xorazmda XII-XIII asrlarda rivoj topgan
bunyodkorlik ishlarining debochasi edi.
Dostları ilə paylaş: