|
Mamuniylar davrida ijtimoiy madaniy xayotningOriental Renaissance: Innovativemamuniylar-davrida-ijtimoiy-madaniy-xayotning-o-ziga-xos-jihatlariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
127
w
www.oriens.uz
October
2021
Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa shuning singari katta
shaharlarda Movaraunnaxr va Xorazmdan borib, fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z
hissasini qo‘shgan avlod-ajdodlarimiz soni borgan sayin ko‘payib bordi.
Xususan, bu borada Bag‘dod shahri Sharqning ilm-ma’rifat markazi sifatida
katta ahamiyat kasb etdi. IX asrda bu shaharda Bayt-ul-Hikmat (Donishmandlar uyi)-
sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi.
Xorazmda ham podsho Ma’mun ibn Ma’mun davrida Donishmandlar uyi tashkil
etildi. Urganchda tashkil etilgan bu Bayt-ul-Hikma-Ma’mun akademiyasi (Xorazm
akademiyasi) deb nomlanadi. Bog‘dod va Urganchdagi Donishmandlar uyida o‘z
vaqtida nomlari dunyoga mashxur ulug‘ alloma va mutafakkirlar tahsil ko‘rganlar.
Ular orasida Axmad Farg‘aniy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammor,
Abu Saxl Masixiy, ibn Iroq kabi ulug‘ va buyuk zotlarning nomlari bor.
Movaraunnaxr va Xurosonda IX-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotda yuz bergan ijobiy yutuqlar va muvaffaiyatlarning asosiy omili va
sababchisi bu erda markazlashgan mustaqil davlatlarning vujudga kelganligi
ekanligini alohida ta’kidlash zarur.
O‘z mavqei va tutgan o‘rni jihatidan xalqaro maydonda katta e’tibor va nufuzga
ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi samoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar
va
xorazm
shoxlar
davlatlari
davrida
mamlakatda
davlat
hokimniyati
mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barkororlik vujudga keldi.
Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj topdi, hunarmandchilik va savdo taraqqiy etdi,
madaniyat gurkirab o‘sdi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Qiet, Kesh, Naqshab,
G‘azna, Panjikent, Binokent, Shosh, Termiz, Kuva, Kabadien, Boykent va boshqa
shaharlar savdo-tijorat, xunarmandchilik va madaniyat markazlari sifatida dong
taratganlar. Somoniylar poytaxti Buxoro dunyoda ikkinchi Makka hisoblangan.
Xullas, arablar istilosidan so‘ng IX-XII asrlarda mahalliy hukmdorlar boshchiligida
vujudga kelgan markazlashgan davlatlar davrida mamlakatda vujudga kelgan
ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy qulay vaziyat shunday muhitni yaratdiki,
natijada bu mintaqadan o‘z qobiliyatlari, erkin va betakror ijodlari, ulkan madaniy-
ma’rifiy durdonalari bilan jahon madaniyati tsivilizatsiyasi xazinasiga bebaxo hissa
qo‘shgan ajoyib allomalar, fan va madaniyat sohiblari, olimu donishmandlar, mumtoz
adabiyot daholari kamolotga etdilar.
O‘lkada xunarmandchilik xam taraqqiy etgan. Buxoro, Samarqand, Gurganch
xunarmandlari o‘z ustaxonalarini orolbuyi, volgabuyidan tortib, to Xitoygacha
bo‘lgan xududda tashkil qilganlar. Ular sifati o‘sha davr uchun ancha yuqori bo‘lgan
urush anjomlari, xujalik buyumlarini ishlab chiqarganlar.
|
|
|