Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 347,16 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü347,16 Kb.
#167144
  1   2   3   4   5
Axborot xavfsizligi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
MA’MURIY ISLOHOTLAR DOIRASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVINI SAMARALI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari 2-ilovaga muvofiq;
Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil etish va nomlash dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Raqamli texnologiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasi 4 — 4b-ilovalarga muvofiq;
Raqamli texnologiyalar sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, aholi, tadbirkorlik subyektlari hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarni raqamlashtirish, shuningdek, raqamli xizmatlar va servislardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) raqamli xizmatlar va servislar ko‘rsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi hisoblanadi;
Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish bosqichlari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi;
2023-yil 1-dekabrga qadar fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi;
2024-yil 1-yanvarga qadar raqamli xizmat va servislar, elektron to‘lovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy ta’minot shakli joriy etiladi.
3. “Raqamli hukumat” tizimi doirasida:
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan shakllantiriladigan davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirish hamda hududlarni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi;
b) qog‘ozsiz ish yuritishga o‘tish jarayonini jadallashtirish maqsadida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi negizida ishlab chiqilgan “edo.ijro.uz” moduli orqali elektron hujjat aylanish tizimiga:
2023-yil 1-sentabrdan boshlab ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari;
2024-yil 1-maydan boshlab ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo‘linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar to‘liq o‘tkaziladi.
4. Belgilansinki:
a) 2023-yil 1-avgustdan boshlab davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi;
ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan loyiha uchun bevosita mas’ul xodimlarni moddiy rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish tavsiya etiladi;
b) 2023-yil 1-sentabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot tizimlarida “Raqamli hukumat” tizimining yagona identifikatorlari hamda ma’lumotnomalar va tasniflagichlar registri axborot tizimida joylashtirilgan yagona umumdavlat ma’lumotnomalar va tasniflagichlardan foydalanishlari shart.
5. 2024-yil 1-yanvardan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi funksiyalari xususiy sektorga o‘tkazilsin:
aloqa sohasidagi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
aloqa sohasidagi mahalliy, shaharlararo va xalqaro tarmoqlarni loyihalashtirish.
6. Belgilab qo‘yilsinki, 2023-yil 1-avgustdan boshlab:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda tashkilotlarning budjetdan tashqari va ish haqi fondi doirasidagi budjet mablag‘lari hisobidan lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama to‘lanadi. Bunda, xalqaro sertifikat ro‘yxati Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan shakllantiriladi va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
Raqamli texnologiyalar vazirligining axborot texnologiyalari hamda raqamli xizmatlar joriy etilishi holatini baholash reytingi bilan qamrab olinmagan davlat organlari rahbarlarining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga ushbu idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan har oyda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 30 foizi miqdorida ustama haq to‘lanadi.
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan har yarim yilda inson omilisiz shakllanadigan aholi va tadbirkorlik subyektlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi raqamli xizmatlar va servislardan qoniqish darajasi reytingi e’lon qilib boriladi.
8. Raqamli texnologiyalar vazirligi va keng jamoatchilikning 7-may sanasini O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 7-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Raqamli texnologiyalar vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 347,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə