Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


Predikatga qarama-qarshi quyishda



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Predikatga qarama-qarshi quyishda 
sub’ekt bilan predikat bir-biriga qarama-qarshi 
qo‘yiladi. Masalan: Barcha vrachlar oliy tibbiy ma’lumotga egadirlar. Demak, oliy tibbiy 
ma’lumotga ega bo‘lmagan hech bir kishi vrach emas.
Mantiqiy kvadrat bo‘yicha xulosa chiqarish 
A, E, I, O qat’iy hukmlar xususiyatlarini 
hisobga olgan holda sodir bo‘ladi («Hukm» mavzusiga qarang).
Bavosita xulosa chiqarish
ikki yoki undan ortiq asoslar orqali sodir bo‘ladi. Masalan:
Barcha fanlar olam va uning qonunlarini o‘rganadi.
Fizika fandir.
Demak, fizika olam va uning qonunlarini o‘rganadi.
2
.
Asoslar va xulosaning xarakteriga, ya’ni fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra
xulosa 
chiqarish uch turga bo‘linadi: deduktiv, induktiv va traduktiv (analogiya) xulosa chiqarishlar.
Deduktiv xulosa chiqarish
(lot. deductio – keltirib chiqarish) deb umumiy hukm
bilimlardan xususiy hukm, bilimlarga o‘tish orqali xulosa chiqarishga aytiladi. Masalan:
Barcha fanlar o‘z tadqiqot ob’ektlariga ega.
Tarix – fan. 
Demak, tarix o‘z tadqiqot ob’ektiga ega. 
Deduktiv xulosa chiqarish asoslari xarakteri jihatidan oddiy (sodda yoki qat’iy) hamda 
murakkab hukmlardan iborat bo‘lishi mumkin. 
Deduktiv xulosa chiqarishning eng oddiy shakli qat’iy (kategorik) sillogizmdir. 
Sillogizm 
(grekcha syllogismos – sanab chiqish) deb deduktiv xulosa chiqarishning shunday 
shakliga aytiladiki, unda umumiy termin bilan bog‘langan ikki qat’iy (sodda) hukmlardan yoki 
asoslardan uchinchi hukm –xulosa chiqariladi.
Sillogizmda
 
umumiy hukmdan juz’iy hukmga qarab xulosa chiqariladi.
Sillogizmning asoslari chin bo‘lsa, xulosasi ham doim chin bo‘ladi. Agar asoslardan biri 
ehtimoliy bo‘lsa, xulosa ham ehtimoliy bo‘ladi. Masalan:
Barcha shoirlar she’r yozishadi. 
Karimov, ehtimol, shoirdir. 
Demak, Karimov, ehtimol, she’r yozadi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə