|
![](/i/favi32.png) Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bilim olish huquqiga ega.
2. Ahmedov – O‘zbekiston Respublikasining fuqarosiMantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)
1. O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bilim olish huquqiga ega.
2. Ahmedov – O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi.
3. Demak, Ahmedov bilim olish huquqiga ega.
Bu xulosada 2 asos va xulosa (natija) mavjuddir, ya’ni u uch hukmdan iborat. 1-2-hukmlar
asoslar, 3-hukm esa natija, shu natijaning asoslardan mantiqiy ravishda kelib chiqish jarayoni
xulosalashdir.
Mantiqiy kelib
chiqish deb asoslardan xulosani keltirib chiqarish jarayoniga aytiladi.
Mantiqiy kelib chiqish asoslar va xulosa o‘rtasida mazmun jihatidan bog‘lanish, o‘zaro aloqa
bo‘lishini talab qiladi. Aks holda xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Xulosa chiqarishning bir qancha
turlari
mavjuddir:
1. Asoslar soniga ko‘ra
xulosa chiqarish ikki turga bo‘linadi: bevosita va bavosita (vositali)
xulosa chiqarish.
Bevosita xulosa chiqarish
deb faqat bir asosdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosa chiqarishga
aytiladi.
Bevosita xulosa chiqarish
to‘rt usulda
sodir bo‘ladi: 1) aylantirish, 2) almashtirish, 3)
predikatga qarama-qarshi qo‘yish, 4) mantiqiy kvadrat bo‘yicha.
Aylantirishda
asos sifatida olingan tasdiq hukm inkor hukmga va aksincha aylantiriladi.
Bunda hukmning ma’nosi o‘zgarmaydi, faqat uning sifati o‘zgaradi. Masalan: Barcha
matematiklar masalalar yechishni yaxshi bilishlari lozim. Demak, masalalar yechishni yaxshi
bilmaydiganlar matematiklar emas. Yaxshi ishlangan g‘o‘za serhosil bo‘lmay qolmaydi. Demak,
yaxshi ishlangan g‘o‘za serhosil bo‘ladi.
Almashtirish
da
asos sifatida
olingan hukmning sub’ekti va predikati o‘rinlari
almashtiriladi. Masalan: Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot qonunlari to‘g‘risidagi fandir. Demak,
badiiy adabiyot qonunlari to‘g‘risidagi fan adabiyotshunoslikdir.
Зарурий
Бевосита хулоса
чиқариш
Чинлик
даражасига
кўра
Эхтимолий
Билвосита хулоса
чиқариш
Дедуктив хулоса
чиқариш
Индуктив хулоса
чиқариш
Аналогия
Асосларнинг
сонига кўра
Фикрнинг ҳаракат
йўналишига кўра
|
|
|