|
![](/i/favi32.png) Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasiikki turi
mavjuddir: 1. To‘liq induksiya, 2. To‘liqsiz induksiya
To‘liq induksiyaMantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)ikki turi
mavjuddir: 1. To‘liq induksiya, 2. To‘liqsiz induksiya
To‘liq induksiya
shunday xulosa chiqarishdirki, unda ma’lum sinfga taalluqli hodisalardagi
belgi va xususiyatlarning takrorlanishidan bu belgi va xususiyatlar barcha sinfga xosligi to‘g‘risida
xulosa chiqariladi.
To‘liq induksiya yopiq, cheklangan guruhdagi kam sonli hodisalarni tekshirishda
qo‘llaniladi. Bunda xulosa yakunlangan, natija to‘liq bo‘ladi. Masalan: Quyosh sistemasidagi
planetalar miqdori, uchburchaklarning xillari, dunyodagi davlatlar soni, ma’lum territoriyadagi
sanoat korxonalari miqdori va hokazo. Masalan:
Rossiya Federatsiyasi o‘z konstitutsiyasiga ega.
Belorussiya o‘z konstitutsiyasiga ega.
Ukraina
o‘z konstitutsiyasiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z konstitutsiyasiga ega.
Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Ukraina va O‘zbekiston Respublikasi mustaqil
davlatlardir.
Demak, barcha mustaqil davlatlar o‘z konstitutsiyalariga egadir.
To‘liqsiz induksiya
miqdor jihatidan ko‘proq, hajm jihatidan kengroq bo‘lgan hodisalarni
tekshirishga tatbiq etiladi. Bunda xulosa to‘liq yakunlanmagan bo‘ladi.
To‘liqsiz induksiyada sinfga oid ayrim hodisalar va ularning xossa- xususiyatlarini
o‘rganib, ular qolgan boshqa hodisalarga ham hosdir, degan umumiy xulosa chiqariladi.
To‘liqsiz induksiya ko‘pincha tanlab olish metodi orqali sodir bo‘ladi.
Tanlab olish usuli jihatidan
to‘liqsiz induksiya ikki turga bo‘linadi: a) oddiy sanash
induksiyasi (enumerativ induksiya yoki ommaviy induksiya), b) istisno qilish yo‘li bilan hosil
qilingan (eliminativ) yoki ilmiy induksiya.
Ommaviy induksiya
bir-biriga o‘xshash hodisa qayta-qayta takrorlansa, u hamma vaqt shu
tarzda hosil bo‘ladi, degan xulosaga asoslanadi. Masalan: ba’zan kun botgandan so‘ng osmonda
qizil shafaq hosil bo‘ladi. Bundan ertaga shamol esishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|