Isbot –
biror fikrning to‘g‘riligini amaliy tajribada ilgari chinligi tasdiqlangan boshqa bir
to‘g‘ri fikr vositasi bilan asoslab berish. Isbot
ikki xil
bo‘ladi: 1) moddiy (ashyoviy) va 2) mantiqiy
isbot.
Moddiy isbot
buyum va hodisalarning tabiiy xossa-xususiyatlari asosida ish ko‘radi. U
ko‘pincha tabiiy va texnikaviy tadqiqotlarda, sud-meditsina ekspertizasida ishlatiladi.
Mantiqiy isbot
fikrlar, hukmlar va xulosalar orqali tafakkur qonunlari, qoidalari yordamida
isbot qilishdir. U isbotning oliy turidir. Chunki ashyoviy (moddiy) isbot natijalarini
tafakkurda
umumlashtirish, mantiqiy tahlil qilish ishlari ham mantiqiy isbotni talab qiladi va u orqali amalga
oshiriladi.
Mantiqiy isbot biror fikr yoki bilimning
chinligini boshqa hukmlar,
fikrlar va bilimlar
yordamida asoslab berishdir.
Dostları ilə paylaş: