Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Dalillash (argumentlash) 
- bu lot. argymentatio – dalil, argument keltirish bo‘lib, qaysidir 
hukmning haqiqatligini boshqa haqiqiy va u bilan bog‘liq hukmlar yordamida asoslashdan iborat 
mantiqiy operatsiyadir. Argumentlash tarkibida 
tezis
– mulohaza yoki mulohazalar tizimi hamda 
dalil yoki argument
– tezisni asoslash uchun keltirilgan fikr-mulohazalar bo‘ladi. 
“Dalillash” atamasi protsessual huquqda ikki ma’noda ishlatiladi: 
Jinoyat yoki fuqarolik ishining muhim jihatlari haqidagi axborotning tashuvchilari 
bo‘ladigan faktik holatlarni ifodalash uchun (masalan, ayblanuvchining jabrlanuvchi nomiga 
bildirgan do‘q-po‘pisasi; jinoyat sodir etilgan joyda qoldirilgan izlar va shu kabilar);
Ishga tegishli bo‘lgan faktik holatlar haqidagi axborot manbalarini ifodalash uchun 
(masalan, guvohlarning ko‘rsatmalari, yozma hujjatlar va shu kabilar). 
Dalillanganlik talabi sudda ishlarning ko‘rib chiqilishidagi bilimga ham qo‘yiladi; agar 
jinoyat yoki fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarori sudda ishning ko‘rib chiqilishi jarayonida ob’ektiv 
va har tomonlama asoslangan bo‘lsa, unda bunday qaror adolatli hisoblanadi. Dalil dalillash 
jarayonining turlaridan biridir. 
Mantiqiy uslublar bilan bir qatorda ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan nutqiy, emotsional-
psixologik va boshqa nomantiqiy uslublar va usullar qo‘llaniladigan qandaydir hukmlarni 
asoslaydigan operatsiya dalillash deyiladi. “Dalillash” tushunchasi “dalil” tushunchasiga nisbatan 
ancha keng (jinsli) tushunchadir. 


Isbot –
biror fikrning to‘g‘riligini amaliy tajribada ilgari chinligi tasdiqlangan boshqa bir 
to‘g‘ri fikr vositasi bilan asoslab berish. Isbot 
ikki xil
bo‘ladi: 1) moddiy (ashyoviy) va 2) mantiqiy 
isbot.
Moddiy isbot
buyum va hodisalarning tabiiy xossa-xususiyatlari asosida ish ko‘radi. U 
ko‘pincha tabiiy va texnikaviy tadqiqotlarda, sud-meditsina ekspertizasida ishlatiladi.
Mantiqiy isbot 
fikrlar, hukmlar va xulosalar orqali tafakkur qonunlari, qoidalari yordamida 
isbot qilishdir. U isbotning oliy turidir. Chunki ashyoviy (moddiy) isbot natijalarini tafakkurda 
umumlashtirish, mantiqiy tahlil qilish ishlari ham mantiqiy isbotni talab qiladi va u orqali amalga 
oshiriladi.
Mantiqiy isbot biror fikr yoki bilimning chinligini boshqa hukmlar, fikrlar va bilimlar 
yordamida asoslab berishdir.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə