Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

2. Chetdan isbot etish
deb tezisning chinligini unga qarama-qarshi bo‘lgan boshqa tezis 
(antitezis)ni keltirish va zid qo‘yish orqali dalillashga aytiladi.
Isbotning bu turi mantiqning uchinchisini istisno qonuniga asoslanadi. Bu qonunga binoan, 
bir vaqtda yo tezis, yoki antitezis chin bo‘lishi mumkin emas. Agar antitezisning xatoligi 
aniqlansa, unda tezis chin bo‘ladi va aksincha.
Mantiqiy isbotni amalga oshirish muayyan 
qoidalar
ga amal qilishni taqozo etadi. Bu 
qoidalar uch guruhga bo‘linadi:
1. Tezisga taalluqli qoidalar

1. Tezis aniq va ravshan hukmlardan iborat bo‘lmog‘i lozim. Aks holda tezisni isbot qilib 
bo‘lmaydi. Bu qoidani buzish tezisdan qochish (chetga chiqish yoki tezisni yo‘qotib qo‘yish) 
xatosiga olib keladi. 
2. Tezis isbotning boshidan oxirigacha asl ma’nosida ishlatilishi lozim. Aks holda tezisdan 
qochish, fikr chalg‘ishi va noizchilligi xatolari sodir bo‘ladi. 
2. Argumentlarga taalluqli qoidalar: 
3. Har qanday isbot va raddiyada asoslar yoki dalillar shak-shubhasiz chin hukmlar
bilimlardan iborat bo‘lmog‘i lozim. Yolg‘on, xato hukmlar, fikrlar orqali hech qanday fikrni isbot 
etish yoki rad qilish mumkin emas. 
4. Dalillar tezisni asoslash uchun yetarli bo‘lishi kerak. Dalillar yetarli bo‘lmasa, tezisni 
to‘lig‘icha asoslab bo‘lmaydi. Dalillar haddan tashqari ko‘p, ortiqcha bo‘lsa ham tezisni asoslash 
ishi qiyinlashadi. Bu yerda ham o‘ziga yarasha me’yor, chegara, «oraliq, oltin halqa» bo‘lishi 
kerak.
3. Demonstratsiyaga taalluqli qoidalar: 
5. Asosli fikr izchil, mantiqiy tuzilgan va ishonchli bo‘lishi, asoslardan qonuniy suratda kelib 
chiqadigan bo‘lishi lozim. Aks holda zo‘rma-zo‘raki, sun’iy va xato xulosa chiqarish, asoslashda 
sakrash kabi xatolar sodir bo‘ladi. 
Raddiya 
deb biror tezisning noto‘g‘riligini yoki asossizligini isbotlaydigan mantiqiy usulga 
aytiladi.
Raddiya isbotni qayta tekshirib ko‘rish, aniqlash va mustahkamlash usulidir. Masalan: 
«Yupiter planetasining yo‘ldoshlari bor», degan tezisni quyidagicha isbotlash mumkin: 
Barcha planetalarning yo‘ldoshlari bor. 
Yupiter planetadir. 
Demak, Yupiterning ham yo‘ldoshlari bor. 
Ushbu isbotni tahlil qila turib, «Barcha planetalarning yo‘ldoshlari bor», degan asosning 
noto‘g‘riligini aniqlash mumkin. Bu fikrning raddiyasini quyidagicha tuzish mumkin: 
Ma’lumki, Veneraning yo‘ldoshlari yo‘q. 
Venera planetadir. 
Demak, ba’zi planetalarning yo‘ldoshlari yo‘q.
Raddiya orqali chiqarilgan xulosa yordamida «Barcha planetalarning yo‘ldoshlari bor», 
degan fikr xato ekanligini aniqlaymiz.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə