Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Ilmiy induksiya 
jarayonida kuzatilgan fakt va hodisalar chuqur, har tomonlama tekshiriladi, 
tahlil qilinadi. Tasodifiy, ikkinchi darajali, nomuhim, nozaruriy belgilar, aloqalar tashlanib, 
zaruriy, eng muhim, barqaror belgilar, aloqalar e’tiborga olinadi. Voqea-hodisalarning ichki 
sababiyatlari, qonuniyatlari, mohiyati ochiladi. Shu orqali ilmiy nazariyalar vujudga keladi.
Analogiya (qiyos)
 
buyum va hodisalarning o‘xshashligi va tafovutini bilish uchun 
qo‘llaniladigan usul bo‘lib, unda juz’iy bilimdan juz’iy bilimga qarab xulosa chiqariladi. 
Analogiya 
traduktiv
(lot. traductio – joylashtirish) xulosa chiqarishdir.
Analogiya yo‘li bilan buyumlarning o‘xshash belgilariga asoslanib, ehtimoliy xulosa 
chiqariladi. Masalan: Yer va Mars planetalari bir-birlariga o‘xshash xususiyatlarga ega. 
Chunonchi, bahor va yoz oylarida bu planetalarning ustki qismi ko‘m-ko‘k rangga, kuzda sariq, 
qishda esa oq rangga ega bo‘ladi. Bu o‘xshashlikdan xulosa chiqarib, ehtimol, Marsda ham 
Yerdagidek organik hayot mavjuddir, degan fikrga kelamiz. 
O‘xshatiladigan yoki qiyoslanadigan ob’ektlar xarakteriga ko‘ra 
ikki xil 
analogiyani 
farqlaydilar: a) narsalar analogiyasi va b) munosabatlar analogiyasi. 


Narsalar analogiyasi 
ikki yakka buyum va hodisani solishtirib xulosa chiqarish usulidir. 
Masalan: nur va tovush o‘zaro o‘xshash bo‘lgan to‘lqinli tabiatga ega.
Munosabatlar analogiyasi 
bir juft buyum va hodisalarning o‘xshash munosabatlariga 
asoslanib xulosa chiqarishdir. Masalan, ota va o‘g‘il, bobo va nevara, ustoz va shogird o‘rtalaridagi 
munosabatlar. 
Analogiyaning yana quyidagi 
turlari 
mavjuddir: 
a) 
oddiy (sodda) analogiya
– buyum va hodisalarning o‘xshash belgi va xususiyatlaridan 
ularga xos umumiy belgi va xususiyatlar to‘g‘risida xulosa chiqarish. Masalan, temir va berilliy 
deyarli bir xil fizik xossalarga ega. 
b) 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə